3 bosqich
– Peyer pilakchalari va follikulalaridagi nekrotik massalarini ajrab
tushishi natijasida yara o’chog’lari xosil bo'ladi. Bu kasallikni 3 – xaftasiga to’g’ri
keladi. Demarkasion yalig’lanish soxasida birlamchi tirqishlar xosil bo'ladi, keyin
esa nekrotik massalar tamomila ko’chib tushadi.
4 bosqich
– toza yaralar xosil bo’lish bosqichi. Yaralar ancha xarakterli
joylashadi: chetlari notekis, yumaloqlangan, tubi muskul qavatidan xosil bo'ladi,
muskul tolalarini tutamlari yaqqol ko’rinib turadi. Ba'zan yarani seroz pardadan
xosil bo’lgan tubi osongina yoriladi. Bu xavfli bo'lib ichakni teshilishiga olib
borishi mumkin.
5 - bosqich
- yaralarni anatomik jixatdan bitishi. Yaralar chetlaridan boshlab
granulyasion to'qima va limfoid xujayralar bilan to’lib boradi. Yara o’rnida nozik
yamoq qoladi, pilakcha to'qimasi qisman tiklanadi va bir oz pigmentlanib qoladi.
Bu bosqichlarni xammasi yonbosh ichakni pastki bo’limida aniqroq kuzatiladi.
O’zgarishlar yonbosh ichakni yuqori bo’limida sustroq bo'ladi, chunki bu yerda
jarayon faqat miyasimon bo’rtish bilan cheklanadi. Ingichka va yo’g’on ichakni
solitar follikulalarida jarayon Peyer pilakchalaridagi o’zgarishlar kabi bo’ladi.
Ich terlamadagi
umumiy o’zgarishlar uni xarakterli belgilaridan, shuningdek infektsion jarayon
uchun tipik belgilaridan iborat bo'ladi: unga teridagi toshmalar, ichki a'zolarda ich terlama
granulemalarini xosil bo’lishi, taloqni giperplaziyasi va a'zolardagi distrofik o’zgarishlar va
boshqalar kiradi. Teridagi toshma -
ekzantema
doimiy va xarakterli belgi bo'lib, kasallikni 7-11
kunida tana terisida, asosan qorinda paydo bo'ladi. Bu kichkina dog’lar 2-3 mm diametrli bo'lib,
teridan sal ko’tarilib turadi va barmoq bilan bosilganda yo’qoladi. Ekzantemali soxalar gistologik
Do'stlaringiz bilan baham: |