Ecologiya MurodovSh lot doc


Shunday qilib, ekotopning uchta komponenti (tuproq-


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/125
Sana03.06.2024
Hajmi1.27 Mb.
#1840550
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   125
Bog'liq
ekologiya

Shunday qilib, ekotopning uchta komponenti (tuproq- 
edafatop, suv- gidratop, iqlim-klimatop) mintaqaviydir. 
Bundan 
biotsenoz 
va 
umuman 
biogeotsenozlarning 
mintaqaviyligi kelib chiqadi.
Bir muncha yirik ekotizimlarning (biomlar) geografik 
(kenglik) mintaqaviyligi, hayvonot va o’simliklar dunyosi Yerning 
geografik qobig’ida morfologik bo’linishiga bog’liqdir. Ular 
qonuniyat bo’yicha bir-birini almashtiruvchi yo’l ko’rinishdagi 
katta maydonlarni egallaydi. Ularning har biri issiqlik, yorug’lik 
va suv rejimi, to’g’ri keladigan tuproq turi, o’zining flora va 
faunasiga ega. Kenglik bo’yicha, qutbdan ekvator yo’nalishiga 
qarab sobiq ittifoq hududi quyidagi mintaqalarga ajratilgan: 
muzlik, tundra, o’rmon tundrasi, tayga, Rus tekisligining aralash 
o’rmonlari, Uzoq Sharqning mussonli aralash o’rmonlari, 
subtropik cho’llar, o’rmon cho’l, cho’l, O’rta Yer dengizi va namli 
subtropiklarga. Chet el hududlari: tropik cho’l, savanna, yapaloq 
bargli o’rmon, tropik nam o’rmon va okean o’tloqlari 
mintaqalariga bo’linadi (Reymers, 1990). 
Tog’li hududlarning asosiy ekologik xususiyati shundaki, 
flora va fauna joylashishining balandlik mintaqaviyligi gorizontal 
mintaqaviylikning aks etishi bo’lib, toqqa ko’tarilgan sari 
mintaqalarning almashishi qonuniyati, ekvatordan qutbga qarab 
kenglik mintaqalarining ketma-ketligiga mos keladi. 
6.5 
Mintaqaviylikning 
vaqtinchalik 
jihatlari. 
K.K.Markov (1978) hammualliflari bilan geografik mintaqaviylik 
tarixini o’rganib, bir-birini almashtiruvchi ikkita geografik 
mintaqani aniqladi. 
Birinchi turdagi geografik mintaqa, Yer yuzasining 
(5570+30 yil) uzoq vaqt oralig’ida organizmlarni nurlantiradi, 
genli mutatsiya va xromosomali qayta qurilish chorlaydi. Moskva 
shahrida 1974 yilda «Kosmik omillar va organik dunyoning 
evolyutsiyasi» muammosi bo’yicha bo’lib o’tgan kengash 
qatnashchilari kosmik jarayonlar organizmlar evolyutsiyasi 
tahlilida deyarli e‘tiborga olinmaydi deb ta‘kidlaganlari bejiz 
emas. Bu jarayonlar vaqt bo’yicha o’zgarmas deb hisoblanganligi, 
haqiqatdan chuqur yanglishishga olib kelganligi ma‘lum bo’ldi. 
Bunga yaqqol misol – Yerning magnitli qutbi belgisining 
almashtirilishi - geomagnit maydoni inversiyasi nomini olib, uning 
keskinligi deyarli nol orqali o’tdi, bu esa magnit doirasining yo’q 
bo’lishiga olib keldi va qattiq nurlanish jadalligini kuchaytirdi. 
Shunga o’xshash inversiyalarga keskin faunistik o’zgarishlar 
xususan, dengizdagi sodda organizmlar - radiolyariy va 
foraminifer tur tarkiblarining global almashishiga olib keladi. 
Kanadalik olim R.Affen (1963) ma‘lumotlari bo’yicha, dengiz 
organizmlarining qirilib ketishi, qutbning o’zgarishiga bog’liq 
holda, eng kam deganda 6 marta sodir bo’lgan (taxminan 500 
mln. yil avval boshlangan). Yana bir kanadalik olim Ya.Kreyn 
hayvonlarning qirilib ketish sabablarini qutblarning almashish 
davrida magnit maydoni kuchlanishining pasayishida deb 
hisoblaydi. Bu shundaymi yoki yo’qmi tadqiqotlar, magnit 
maydoni suvning fizik-kimyoviy xususiyatlarining o’zgartirishini,
qonda oq zarrachalar miqdorini oshirishni (D. Barneti tajribasi) va 
mikroorganizmlarning nasliga ta‘sir etishini (CHuvaev, 1969) 
ko’rsatdi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling