Education in Malaysia


-modda. Tug’ilishni qayd etish bilan bir vaqtda otalikni belgilash


Download 1.82 Mb.
bet102/124
Sana15.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1484351
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124
208-modda. Tug’ilishni qayd etish bilan bir vaqtda otalikni belgilash
Agar ota-ona bolaning tug’ilishini qayd etish bilan bir vaqtda otalikni belgilash haqida birgalikda ariza bersalar, ota haqidagi ma’lumotlar berilgan ariza asosida yoziladi, bolaga familiya ota-onaning kelishuviga binoan beriladi.
209-modda. Tug’ilish qayd etilganidan keyin otalik belgilanishi munosabati bilan o’zgartishlar kiritish
Ota-onaning arizasi, sudning hal qiluv qarori, otaning arizasiga asosan (ona vafot etganda, uning turar joyini aniqlashning imkoniyati bo’lmaganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onalik huquqidan mahrum qilinganda) tug’ilish dalolatnomasi yozilgan joyda tug’ilish to’g’risidagi yozuvlar daftariga ota to’g’risidagi ma’lumotlarni kiritish yo’li bilan otalik belgilanadi.
210-modda. Farzandlikka olingan bolaning tug’ilish to’g’risidagi yozuvlar daftariga o’zgartishlar kiritish
Tuman, shahar hokimining farzandlikka olish to’g’risidagi qaroriga ko’ra, tug’ilish to’g’risidagi dalolatnoma yozuvi turgan joydagi fuqarolik holatlarini yozish organi tug’ilish to’g’risidagi yozuvlar daftariga zarur o’zgartishlar kiritadi.
211-modda. Farzandlikka olish bekor qilinganida yoki u haqiqiy emas deb topilganida sudning hal qiluv qarorlarini ijro etish
Farzandlikka olish sudning hal qiluv qarori bilan bekor qilinganida yoki u haqiqiy emas deb topilganida, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi farzandlikka olish haqidagi barcha yozuvlarni bekor qiladi va bolaning tug’ilishi to’g’risidagi dastlabki yozuvlarni tiklaydi.
25-bob. Nikoh tuzilganligini qayd etish
212-modda. Nikoh tuzilganligini qayd etish joyi va vaqti
Nikohni qayd etish nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Alohida hollarda nikohni qayd etish kasalxona yoki uyda amalga oshiriladi.
Nikohni qayd etish tantanali vaziyatda amalga oshirilishi mumkin.
Nikohlanuvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh qayd etilishidan bir oy ilgari nikohga kirish to’g’risida ariza beradilar.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling