Education in Malaysia


-modda. Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuvga binoan to’lanadigan alimentlar miqdori


Download 1.82 Mb.
bet82/124
Sana15.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1484351
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124
133-modda. Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuvga binoan to’lanadigan alimentlar miqdori
Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuvga binoan to’lanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar.
Voyaga etmagan bolalarga aliment to’lash to’g’risidagi kelishuvga binoan to’lanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo’lgan miqdordan kam bo’lmasligi kerak.
134-modda. Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuvga binoan aliment to’lash usullari va tartibi
Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv bo’yicha aliment to’lash usullari va tartibi shu kelishuv bilan belgilanadi.
Alimentlar:
aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlarda;
vaqti-vaqtida pul bilan to’lanadigan qat’iy summada;
bir yo’la pul bilan to’lanadigan qat’iy summada;
mol-mulk bilan yoki kelishuvda qayd etilgan boshqa usullarda to’lanishi mumkin.
Aliment to’lash haqidagi kelishuvda aliment to’lashning turli usullarini birga qo’shib qo’llash nazarda tutilishi mumkin.
Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv bo’yicha to’lanadigan aliment miqdorini indekstsiya qilish shu kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Agar aliment to’lash to’g’risidagi kelishuvda indekstsiya qilish tartibi ko’rsatilmagan bo’lsa, indekstsiya ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
18-bob. Alimentlarni to’lash va undirish tartibi
135-modda. Alimentni ixtiyoriy to’lash
Aliment to’lashi shart bo’lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o’z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag’ olayotgan joyida to’lanadi.
Voyaga etmagan bolalar uchun olinadigan aliment arizaga muvofiq ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda ushlab qolinadi.
Alimentning ixtiyoriy ravishda to’lab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi da’vo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Kiritilgan o’zgartishlar va qo’shimchalar bo’yicha xronologik jadvalga qarang

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling