Education in Malaysia


-modda. Vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish


Download 1.82 Mb.
bet90/124
Sana15.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1484351
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   124
158-modda. Vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish
Vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish, agar uning ota-onasidan rozilik talab qilinmaydigan bo’lsa, vasiy yoki homiyning roziligi bilan amalga erishiladi.
159-modda. Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi
Bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi.
Ota-ona bolaning muayyan bir shaxs (shaxslar) tomonidan farzandlikka olinishiga rozilik berishlari yoki farzandlikka berishga rozilik bildirib, farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin.
Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi yozma shaklda bayon etilishi kerak.
Farzandlikka olish to’g’risida qaror chiqarilgunga qadar ota-ona o’z roziligini qaytarib olishga haqlidir.
160-modda. Ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish
Farzandlikka olish quyidagi hollarda:
ota-onaning kimligi noma’lum bo’lsa;
ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo’lsa;
ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo’qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bo’lsa;
ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo’lsa, ota-onaning roziligisiz amalga oshiriladi.
161-modda. Davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va ta’minotidagi bolalarni farzandlikka olish
Davlat bolalar muassasalarining tarbiyasi va ta’minotidagi bolalarni farzandlikka olish, agar ularning ota-onasi roziligi talab etilmaydigan bo’lsa, shu muassasa ma’muriyatining roziligi bilan amalga oshiriladi.
162-modda. Bolani takroran farzandlikka olish
Farzandlikka olish to’g’risidagi birinchi qaror sud tartibida bekor qilingandan keyingina bolaning takroran farzandlikka olishga yo’l qo’yiladi.
163-modda. Farzandlikka olish rad etilganligi ustidan shikoyat qilish
Tuman, shahar hokimining farzandlikka olishni rad etganligi ustidan farzandlikka olish haqida ariza bergan shaxs sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling