Education in Malaysia


-modda. Sudda bolalar tarbiyasi bilan bog’liq nizolarni ko’rishda vasiylik va homiylik organining ishtiroki


Download 1.82 Mb.
bet70/124
Sana15.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1484351
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   124
88-modda. Sudda bolalar tarbiyasi bilan bog’liq nizolarni ko’rishda vasiylik va homiylik organining ishtiroki
Sud tomonidan bolalar tarbiyasi bilan bog’liq nizolar ko’rilayotganda, bolaning himoyasi uchun kim da’vo taqdim qilganligidan qat’i nazar, ishda ishtirok etish uchun vasiylik va homiylik organi jalb qilinishi kerak.
Vasiylik va homiylik organi bolaning hamda uni o’z tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxs (shaxslar)ning turmush sharoitlarini tekshirishi va tekshirish natijalarini hamda unga asoslangan nizo mohiyatiga oid xulosasini sudga taqdim qilishi shart.
89-modda. Bolalarni tarbiyalash bilan bog’liq ishlar bo’yicha sudning hal qiluv qarorlarini ijro etish
Bolalarni tarbiyalash bilan bog’liq ishlarga doir sudning hal qiluv qarorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochisi tomonidan ijro qilinadi.
Agar ota-ona (bolani o’z qaramog’iga olgan boshqa shaxs) sudning hal qiluv qarori ijro etilishiga to’sqinlik qilsa, unga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qo’llaniladi.
Bolani olish va uni boshqa shaxs (shaxslar)ga berish bilan bog’liq sudning hal qiluv qarorlarini majburiy tartibda ijro etish albatta vasiylik va homiylik organining hamda bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs ishtirokida, zarur hollarda esa, ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Sudning bolani olish to’g’risidagi hal qiluv qarorini bolaning manfaatlariga zarar etkazilmagan tarzda ijro etishning imkoni bo’lmaganda, bola sudning ajrimiga ko’ra tarbiyalash muassasasiga, davolash muassasasiga, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasiga yoki shunga o’xshash boshqa muassasaga vaqtincha joylashtirilishi mumkin.
13-bob. Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari
90-modda. Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari
Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo’lish huquqiga ega emas.
Ota-ona ham voyaga etmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo’lish huquqiga ega emas.
Ota-ona va bolalarning ular o’rtasidagi umumiy mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan belgilanadi.
Voyaga etmagan bolalar o’z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta’minot olish huquqiga ega. Voyaga etmagan bolalar ta’minoti uchun olingan mablag’, pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bo’lib, bolaning ta’minoti, tarbiyasi va ta’lim olishi uchun sarflanishi kerak.
Voyaga otmagan bolalarning mol-mulkini tasarruf etishga doir vakolatlar amalga oshirilayotganda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar qo’llaniladi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling