1.2 MАSАLАLАRNI YECHISH UCHUN MISОLLАR
1-Misol. AAshv-3*25 markali liniya uchun tok transformatorini tanlang?
Intt ≥ Irux
Liniya uchun ruxsat etilgan tok Irux=115 A bo‘lgani uchun Intt=150 A tok transformatorini tanlaymiz.
U holda, .
2-Misol. TNHDS-10000/110/35 transformator uchun tok transformatori tanlash.
Kuch transformatorining yuqori va past kuchlanish tomondagi nominal toklarini hisoblashdan boshlanadi:
A
A
TT larning birlamchi nominal toklari quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
demak,
demak,
Yuqori va past tomondagi TT larni transformatsiyalash koeffitsienti quyidagiga teng:
1.3 MUSTАQIL YECHISH UCHUN MISОLLАR.
1-Misol. AAshv-3*50 markali liniya uchun tok transformatorini tanlang?
2-Misol. TNHDS-25000/110/35 transformator uchun tok transformatori tanlash.
3-Misol. AC-120 markali liniya uchun tok transformatorini tanlang?
4-Misol. TNHDS-6300/35/10 transformator uchun tok transformatori tanlash.
5-Misol. AAshv-3*70 markali liniya uchun tok transformatorini tanlang?
6-Misol. TNHDS-1600/35/6 transformator uchun tok transformatori tanlash.
AMALIY MASHG’ULOT №2
KORXONA ELEKTR TARMOQLARI POG‘ONALARIDAGI EENHAT DA ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLINI HISOBLASH (1-qism)
Reja:
21.1.Nazariy qism.
2.2.Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr.
2.3.Mustаqil yechish uchun misоllаr.
2.1. Nazariy qism.
Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun I tarif guruhi iste’molchilari uchun tabaqalashtirilgan tarif qo‘llaniladi.
Tabaqalashtirilgan tarif sutkaning vaqt zonasi bo‘yicha iste’mol qilingan har 1 kVt/s elektr energiyasi uchun to‘lovdan iborat. Bunda:
- yarim tig‘iz davr- sutkaning yorug‘ vaqti (soat 900 dan 1700 gacha);
- tig‘iz davr-ertalabki va kechki maksimum (yagona elektr energetika tizimining maksimal yuklamalar soatlari soat 600 dan 900 gacha va soat 1700 dan 2200 gacha);
- tungi davr-sutkaning qorong‘i davri (yagona elektr energetika tizimining minimal yuklamalar soatlari soat 2200 dan 2400 gacha va soat 0000 dan 0600 gacha).
Bunda yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali tig’iz davr soatlarida foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali, eng kam yuklamali tungi davr soatlarda esa belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali va yarim tig‘iz davrda o‘rnatilgan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
Iste’molchining sexlari yoki obyektlari alohida joylashgan bo‘lsa va taqsimlovchi umumiy elektr tarmoqqa ega bo‘lmasa, bu sexlar yoki boshqa alohida obyektlar bo‘yicha hisob-kitoblar iste’molchining o‘zi bilan hisob-kitob qilishda qo‘llanadigan tarifdan qat’iy nazar, tegishli iste’molchilar guruhlari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |