Eenxat tushunchasi va texnik vositalarini tanlash
Mustаqil yechish uchun misоllаr
Download 339.5 Kb.
|
2. Amaliy mashg\'ulotlar qogozga chiqarish kerak
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY MASHG’ULOT №8 SHAHAR ELEKTR ISTE’MOLCHILARIDA EENHAT BO’YICHA ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLINI HISOBLASH (3-QISM) Reja
- 8.1. Nazariy qism
7.3. Mustаqil yechish uchun misоllаr.
1-misol. Bolalar bog’chasi uchun 200 o’rinli iste’mol soni xizmat ko’rsatish kuchiga ega. Ushbu jamoat binosni ta’minlash liniyasi elektr yuklamasini va oy davomidagi kuniga 8 soatlik elektr energiyaga to’lovini aniqlang. 2-misol. Mehmonxona uchun 350 o’rinli iste’mol soni xizmat ko’rsatish kuchiga ega. Ushbu jamoat binosni ta’minlash liniyasi elektr yuklamasini va oy davomidagi kuniga 16 soatlik elektr energiyaga to’lovini aniqlang. 3-misol. Oliy o’quv yurtlari uchun 1000 o’rinli iste’mol soni xizmat ko’rsatish kuchiga ega. Ushbu jamoat binosni ta’minlash liniyasi elektr yuklamasini va oy davomidagi kuniga 8 soatlik elektr energiyaga to’lovini aniqlang. 4-misol. Gaz plitali oshxona uchun 280 o’rinli iste’mol soni xizmat ko’rsatish kuchiga ega. Ushbu jamoat binosni ta’minlash liniyasi elektr yuklamasini va oy davomidagi kuniga 10 soatlik elektr energiyaga to’lovini aniqlang. AMALIY MASHG’ULOT №8 SHAHAR ELEKTR ISTE’MOLCHILARIDA EENHAT BO’YICHA ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLINI HISOBLASH (3-QISM) Reja: 8.1. Nazariy qism. 8.2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr. 8.3. Mustаqil yechish uchun misоllаr. 8.1. Nazariy qism Shaharlarda lift qurilmalari xarakteristikalari. Ko’p qavatli ma’muriy va turar-joy binolari, o‘quv yurtlari va magazinlarda odamlar va yuklarni tez va oson xarakatlanishi uchun vertikal harakat qiluvchi transport vositasi o‘rnatiladi. Vertikal harakat qiluvchi transportning asosiy afzalliklaridan biri - bu uning jihozlarini nisbatan kichik joyni egallashidadir. Vertikal harakatlanuvchi transportning bu jihati sanoatda va turar-joylarda ko‘plab qo’llashni taqozo etmoqda. Barcha 5 qavatdan yuqori bulgan turar-joylar binolari bunday transportlar bilan ta’minlanadi. Ba’zi bir vaziyatlarda masofaga ham odam va yukni ko’tarib chiqish uchun harakat vositalaridan foydalanishga to’g’ri keladi. Bunga kasalxonalar, invalidlar shifoxonasi, omborxonalar misol bo’la oladi. Vertikal harakat vositasi eng ko’p foydalaniladigani liftlardir. Lift deb shaxtaning ichida vertikal yo’nalishda harakat qiladigan, ichida odam yoki yukni bir qavatdan ikkinchi qavatga olib o’tuvchi qurilmaga aytiladi. Ko’p qavatli binolar uchun tezyurar liftlarning konstruksiyasi ishlab chiqilgan. Bu liftlar o‘zgarmas tok yuritgichlari bilan jihozlangan bo‘lib, harakatlanish tezligi 0,71; 1; 1,4; 2,5; 3,5 m/sek. ni tashkil qiladi. Ishlatilishiga qarab liftlar odam tashuvchi (kasalxona liftlari-bunday liftlarning bir ko‘rinishi), yuk hamda odam tashuvchi va yuk liftlariga bo‘linadi. Odam tashuvchi liftlar odamlarni qo‘l yuki bilan tashish, shuningdek, odam va yukning vazni liftning yuk ko‘tarish qobiliyatidan oshmasligi sharti bilan uy-ro‘zg‘or buyumlarini tashishga mo‘ljallangan. Kabinaning harakatlanish tezligiga ko‘ra liftlar quyidagicha bo‘lish mumkin: -sekin harakatlanuvchi – tezligi 0,75 m/sek gacha. Ular odatda, uncha baland bo‘lmagan kam yo‘lovchili va lift tez-tez ishlatiladigan binolarda qo‘llaniladi; -tez harakatlanuvchi – tezligi 0,75-1,5 m/sek. Ular balandligi 14 dan 20 qavatgacha bo‘lgan va ko‘p odamlar qatnaydigan binolarga xizmat ko‘rsatadilar; -yuqori tezlikli – tezligi 1,5 m/sek dan yuqori. Ular balandligi 20 qavatdan yuqori bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi. Liftlarning elektr jihozlari deganda lift qurilmalarida ishlatiladigan elektr mashinalar, elektr apparatlar, uskuna va elektr o‘tkazgichlar majmui tushuniladi. Elektr jihozlar liftning elektr yuritmasi yordamida lift yuk yoki odamlar bilan yuqoriga yoki pastga tashishga mo‘ljallangan. Yuritma dvigatel yoki bir necha elektr mashinalardan tashkil topgan bo‘ladi. Elektr dvigatel tarmoqdan olinuvchi elektr energiyani kabina harakatlanishining mexanik energiyasiga aylantirib beradi. Liftning elektr yuritmasini boshqarish, ya’ni uni o‘chirish va yoqish, harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirish, liftning tezlashtirish va sekinlashtirish, ishga tushirish apparatlari yordamida amalga oshiriladi. Elektr jihozlari, shuningdek, avtomatik boshqarish apparatlarini ham o‘z ichiga oladi. Liftning tuzilishi shunday bo‘lishi kerakki, undan foydalanish yo‘lovchilar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar hayotiga xavf tug‘dirmasligi kerak. Bu elektr va mexanik qurilmalarni o‘z ichiga oluvchi avtomatik himoya va blokirovka vositalari orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy lift, undan foydalanish qulay bo‘lishi uchun, avtomatik tarzda signali beruvchi vositalari bilan jihozlanadilar. Liftning elektr mashinalari va apparatlari turli xil joylarda joylashadilar: mashina bo‘limida, shaxta va kabinada. Alohida qurilmalarning o‘zaro elektr bog‘lanishi uchun, liftning elektr jihozlari xonasida alohida o‘ringa ega bo‘lgan, elektr yuritmadan foydalaniladi. 9 qavatli binolarda har bir podyezdda bittadan 320 kg yuk ko‘tarish qobiliyatili, 0,71 m/sek tezlikda harakatlanuvchi va quvvati 3,5-4,5 kVt li yo‘lovchi liftlari o‘rnatiladi. 10-12 qavatli binolarda har bir podyezdda ikkitadan 320 kg yuk ko‘tarish qobiliyatili, 1 m/sek tezlikda harakatlanuvchi va quvvati 7 kVt li yo‘lovchi liftlari o‘rnatiladi. Balandligi 13 dan 20 qavatgacha bo‘lgan binolarda har bir podyezdda 3 tadan lift – 2x320 kg va 1x500 kg, tezligi 1m/sek, 11,2-17 kVt li liftlar o‘rnatiladi.21 dan 25 qavatgacha bo‘lgan binolarda har bir podyezdda 4 tadan – 2x320 kg va 2x500 kg, tezligi 1m/sek, 30kVt va undan katta liftlar o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda balandligi 17 dan 25 qavatgacha bo‘lgan binolarda yangi yuk ko‘tarish qobiliyati 500 kg li va tezligi 1,4 m/sek li ancha tezyurar liftlar qo‘llanilmoqda. Liftning quvvati quyidagi formuladan aniqlanadi: bu yerda, Kt – talab koeffitsiyenti; nl – lift qurilmalarining soni; Pni – bitta liftning o‘rnatilgan quvvati, kVt. 1 – ilova Bino lift uskunalarining talab koeffitsienti.
2 – ilova Turar-joy binolarining bir seksiyasida liftlar soni va ularning dvigatellarini nominal quvvati.
Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling