Eenxat tushunchasi va texnik vositalarini tanlash
Download 339.5 Kb.
|
2. Amaliy mashg\'ulotlar qogozga chiqarish kerak
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Nazariy qism
AMALIY MASHG’ULOT №4
MAISHIY ISTE’MOLCHILAR POG‘ONALARIDAGI EENHAT DA ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLINI HISOBLASH (1-qism) Reja:
4.2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr. 4.3. Mustаqil yechish uchun misоllаr. 4.1. Nazariy qism Ma’ruza mashg’ulotidan ma’lum bo’ldiki, tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilmaydigan barcha boshqa II, III, IV tarif guruh iste’molchilari elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladi. Bir stavkali tarif hisob-kitob davrida iste’mol qilingan har bir kVt/s elektr energiyasi uchun to‘lovdan iborat. Tarif o‘zgarganda, tarif o‘zgargan sanagacha iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi oldingi to‘lov vaqtidan boshlab o‘rtacha sutkalik iste’mol bo‘yicha aniqlanadi va unga eski tarif bo‘yicha haq to‘lanadi. Hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari to‘lov kunida yozib olingan deb hisoblanadi. Tariflar o‘zgargandan keyin iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori uchun yangi tarif bo‘yicha haq to‘lanadi. Maishiy iste’molchi o‘z xohishiga ko‘ra, 2 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to‘lab qo‘yishi mumkin va bunda tarif o‘zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi. Arifmetik xatoliklar, tariflarni noto‘g‘ri qo‘llash tufayli paydo bo‘ladigan kam va ortiqcha to‘lovlar tegishli tarif bo‘yicha kVt soatlarda qayta hisoblab chiqiladi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan da’vo muddati doirasida ko‘rsatkichlardagi tafovut yoki qo‘shimchalar bilan birgalikda hisobga olinadi. Maishiy iste’molchilar to‘lov bo‘yicha qarzdor bo‘lganda, to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydilar. Penya hisobga olish pribori ko‘rsatkichlari yozib olingandan keyin va amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblardan so‘ng, shuningdek, belgilangan tartibda kiritilgan oldindan to‘lov hisobga olingan holda, hisob-kitob davridan keyingi oyning 11-kunidan boshlab maishiy iste’molchining aniqlashtirilgan qarzdorlik (to‘lanmangan qarz) summasidan undiriladi. Penyani hisoblash uchun qarzdorlik hosil bo‘lgan oy aniqlanadi va qarz to‘langan har bir oy bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun penya shu oydan boshlab hisoblanadi. Iste’mol qilingan elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyga propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi. Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling