Eenxat tushunchasi va texnik vositalarini tanlash
Download 339.5 Kb.
|
2. Amaliy mashg\'ulotlar qogozga chiqarish kerak
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1. Nazariy qism
AMALIY MASHG’ULOT №6
SHAHAR ELEKTR ISTE’MOLCHILARIDA EENHAT BO’YICHA ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLINI HISOBLASH (1-QISM) Reja:
6.2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr. 6.3. Mustаqil yechish uchun misоllаr. 6.1. Nazariy qism Shahardagi bino va inshootlarning ichki va tashqi elektr tarmoqlarini loyihalash vaqtida kutilayotgan elektr yuklamalarni to‘g‘ri aniqlash barcha shahar elektr ta’minoti masalalari kompleksining ratsional yechimi asosidir. Shahar tarmoqlarining jamoat va turar-joy binolarining hisobiy elektr yuklamalari Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) 2.04.17 – 98 «Turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari. Loyihalash me’yorlari» bilan reglamentlanadi. Xonadonlarning elektr energiya qabul qilgichlaridan vujudga keluvchi transformator podstansiyalarining ta’minlovchi liniyalarida, kirishlarida va 0,4 kV tarmoq shinalarida hisobiy elektr yuklamani quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi, kVt: bu yerda, Psol.xon - xonadon elektr qabul qilgichlarining solishtirma hisobiy elektr yuklamalari, havoni konditsionerlarining mavjudligi, ishlatilayotgan oshxona plitalarining turiga va ulangan xonadonlar soniga qarab jadvaldan olinadi, kVt/xonadon nxon - TP tarmog‘iga ulangan xonadonlar soni. Turar-joy binosining kirishiga, liniyasiga yoki TP ning 0,38 kV kuchlanishli shinalariga keltirilgan kuch elektr qabul qilgichlarning hisobiy yuklamasi talab koeffitsienti usuli bœyicha aniqlanadi. Lift qurilmalarining ta’minlov liniyasining hisobiy yuklamasi Ph.l. quyidagi formuladan aniqlanadi, kVt: bu yerda, Kt.l – talab koeffitsiyenti, QMQ ning tegishli jadvalidan aniqlanadi; nl – liniya bilan ta’minlanuvchi liftlar soni. Sanitar-texnik qurilmalar elektr yuritgichlarining ta’minlov liniyasi hisobiy yuklamasi ularning o’rnatilgan quvvati bo’yicha, talab koeffitsiyentini hisobga olgan holda tegishli ma’lumotnomadan aniqlanadi. Ta’minlov liniyasi kirishlaridagi, TP ning TQ 0,38 kV li shinalaridagi maishiy pol usti elektr plitalaridagi hisobiy yuklamalar quyidagi formula orqali aniqlanadi, kVt: bu yerda, Ph.pl – pol usti elektr plitalarining hisobiy yuklamasi, kVt; Pn.pl – elektr plitasining o’rnatilgan quvvati, kVt; npl – elektr plitalar soni; Kt.pl – talab koeffitsiyenti, QMQ ning tegishli jadvalidan aniqlanadi. Ta’minlovchi liniyalar, TP ning TQ 0,38 kV shinalari va kirishlari uchun yo’laksimon turdagi yotoqxonalarning umumiy yoritishining hisobiy yuklamasi, QMQ ning 7-jadvalidan aniqlanuvchi yoritgichlarning o’rnatilgan quvvati Pn ga bog‘liq bo’lgan talab koeffitsiyenti Kt ni hisobga olgan holda aniqlanadi. Turar-joy binolari umumfoydalanuv xonalarining, shuningdek yotoqxonalarning yashash xonalarining guruhiy yoritish tarmoqlari hisobiy yuklamasini talab koeffitsiyenti birga teng bo’lgan svetotexnik hisob bo’yicha aniqlash kerak. Turar-joy binosining hisobiy yuklamasi Ph.t-j (xonadonlar va kuch qurilmalarining) quyidagi formula orqali aniqlanadi, kVt: bu yerda, Ph.xon – xonadon elektr qabul qilgichlarining hisobiy yuklamasi, kVt; Ph.kuch – kuch elektr qabul qilgichlarining hisobiy yuklamasi, kVt. EENHAT bo’yicha iste’mol qilingan elektr energiya narxi Nee=Ph∙t∙α ifodaga asosan aniqlanadi. Bu yerda, Ph – iste’mol qilingan aktiv quvvat, kVt t – vaqt, soat. α – 1 kVt∙soat elektr energiyaning narxi, so’m/kVt∙soat. 1 – ilova Ko‘p qavatli nohiyada turar-joy bino kvartiralarning hisobiy elektr yuklamasi, kVt/kvartira.
Izoh: Hisobiy yuklamalar yashash maydoni 30 m2 bo‘lgan kvartiralar uchun keltirilgan. 2 – ilova Bino lift uskunalarining talab koeffitsienti.
3 – ilova Turar-joy binolarining bir seksiyasida liftlar soni va ularning dvigatellarini nominal quvvati.
Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling