Effect Edu mchj xalqaro innovatsion universitet 60410400 Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar Fanidan
Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir
Download 0.99 Mb.
|
Mamataliyev Asliddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Shina» topologiyasi
Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir:
«Shina» (bus), hamma kompyuterlar bitta aloqa yo‘liga parallel ulangan va axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o‘zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi (4.1.1-rasm); 4.1.1-rasm. «Shina» tarmoq topologiyasi. «Yulduz» (Звезда, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi kompyuterlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o‘z aloqa yo‘llaridan foydalanadi (4.1.2-rasm); 4.1.2-rasm. «Yulduz» tarmoq.topologiyasi. «Halqa» (кольцо, zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keyingi kornpyuterga uzatadi, axborotni esa, zanjirda bitta oldinda joylashgan kompyuterdan oladi va bu zanjir yopiq, ya’ni halqasimondir (4.1.3-rasm). Amalda ba’zi hollarda asosiy topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatilishi mumkin, lekin ko‘pchilik tarmoqlar sanab o‘tilgan uch turdagi topologiyadan foydalanadi. Endi sanab o‘tilgan tarmoq turlarining xususiyatlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz. «Shina» topologiyasi (ba’zi hollarda «umumiy shina» ham, deb ataladi) o‘z tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda bo‘lishini va barcha abonentlar teng huquqliligini taqozo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yo‘li bitta. Aks holda, uzatilayotgan axborot ustma-ust bo‘lishi natijasida o‘zgaradi (konflikt, kolliziya holatlari). Shunday qilib. bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks rejimida arnalga oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning o‘zida emas, navbat bilan ikki yo‘nalishda ham amalga oshiriladi. «Shina» topologiyasida markaziy abonent bo‘lmagani uchun puxtaligi bois boshqa topologiyaga nisbatan yuqoridir. Markaziy kompyuter ishdan chiqqan holatda boshqarilayotgan sistema ham o‘z vazifasini bajarishdan to‘xtaydi. «Shina» tarmog‘iga yangi abonent qo‘shish ancha oddiydir va uni tarmoq ishlab turgan vaqtda ham qo‘shish mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan «Shina»da eng kam uzunlikda kabellar ishlatiladi. Shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikki chetdagi kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham qulay emas. Mumkin bo‘lgan konfliktlarni hal qilish har bir abonentning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologiyasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir. Lekin «Shina» topologiyasida mahalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. «Shina» dagi kompyuterlarning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi mumkin. Kabellarni uzilishi ham qo‘rqinchli emasdek tuyiladi, chunki biz uzilish bo‘lganda, ikkita ishga layoqatli alohida shinaga ega bo‘lamiz. Lekin elektr signallarni uzun aloqa yo‘lidan tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan holda «Shina» oxirlariga maxsus moslashtirilgan qurilmalar, ya’ni terminator ulanishi lozim (2.1.1-rasmda to‘rtburchak shaklda ko‘rsatilgan). Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo‘lining oxiridan aks sado tarqaladi va surilish hosil bo‘lishi natijasida tarmoqda aloqa amalga oshishi mumkin bo‘lmay qoladi. Shunday qilib, kabel shikastlanganda yoki uzilish hosil bo‘lganda, aloqa yo‘lining moslashuvi buziladi va hattoki, o‘zaro ulangan kompyuterlar o‘rtasida ham axborot almashinuvi to‘xtaydi. «Shina» kabelining xohlagan qismida yuz bergan qisqa to‘qnashuv natijasida butun tarmoqning ish faoliyati to‘xtaydi. «Shina»dagi tarmoq qurilmalaridan birontasi buzilgan taqdirda uni ajratib qo‘yish qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulanganligi sababli ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas. «Shina» topologiyali tarmoqning aloqa yo‘lidan axborot signallari o‘tish davomida so‘nish yuzaga keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara qo‘yiladi. Bundan tashqari. abonent tarmoqdan turli amplitudali signal oladi, buning sab.abi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan kompyuterlar orasidagi masofaga bog‘liqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni qabul qilish qurilmalariga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablarni oshiradi. «Shina» topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun ko‘pincha bir necha segmentlar ishlatiladi (har bir segment alohida shinani tashkil qiladi), bu sigmentlar 4.1.4-rasm. Repiter yordamida segmentlarni «Shina» ga ulash. o‘zaro maxsus signallarni tiklovchi qurilma-repiterlar yoki takrorlovchi qurilmalar orqali ulanadi (4.1.4-rasmda ko‘rsatilgan). Lekin bu usulda tarmoqni uzunligini cheksiz oshirib bo‘lmaydi, chunki aloqa yo‘lida signalni tarqalish tezligining chegarasi mavjuddir. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling