Eftaliylar davlati va turk xoqonligi


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana12.12.2020
Hajmi0.71 Mb.
#165359
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston hududidagi ilk orta asr davlatlari eftaliylar davlati va turk xoqonligi (1)


So’g’diylar dehqonchilik va bog‟dorchilik, ayniqsa uzumchilikda 

nihoyatda  omilkor  edi.Chorvachilikda  mayda  va  yirik  shohli  hayvonlar 

bilan  bir  qatorda  ot,  hachir  eshak  va  tuyalar  boqilardi.  Ayniqsa 

So‟g‟dning  hisori  qo‟ylari  va  tulporlari  juda  mashhur  edi.  So‟g‟d 

shaharlari  bu  davrda  hunarmandchilikning  markaziga  aylanadi.  Ularda 

to‟qimachilik, kulolchilik, ko‟nchilik, chilangarlik, taqachilik, najjorlik, 

qurolsozlik  va  zargarlik  yuqori  darajada  rivojlangan  edi.  So‟g‟d 

tog‟laridan  oltin,  jez,  novshadil  va  yalama  tuzlar  kavlab  olinardi. 

Shaharlarda  hunarmandchilikning  yuksalishi  o‟z  navbatida  ichki  va 

tashqi savdo aloqalarining kengayishiga imkon beradi. So‟gddan Sharqiy 

Osiyo  va  Xitoyga  qimmatbaho  toshlar  va  ulardan  yasalgan  zeb-ziynat-

lardan tortib, turli-tuman matolar va dorivorlargacha olib chiqilardi. 



Tohariston  nisbatan  mustaqil  hokimliklarning  bir  nechtasi 

Toharistonda  joylashgan  edi.  Balx  shahri  Toxariston  poytaxti  bo‟lgan. 

Tohariston  avval  eftaliylar,  so‟ngra  Turk  xoqonligi  tomonidan 

bo‟ysundiriladi.  Manbalarda  ta‟rif  etilishicha,  Tohariston  aholisi  budda 

diniga e‟tiqod qilgan. Tohariston 25 xarfdan iborat yozuvga ega bo‟lgan. 


 

40 


Aholisi  ip  va  ipak  matolardan  kiyingan.  Tog‟liklari  po‟stin  va  jun 

chakmon  kiyishgan.  Tohariston  aholisining  asosiy  qismi  o‟troq 

dehqonchilik  bilan  shug‟ullangan.  U  yerda  ayniqsa  qurolsozlik  yuksal-

gan.  Chokarlari  kamon,  gurzi,  cho‟qmor,  xanjar,  shamshir  va  sovutlar 

bilan qurollanardi. 

Toharistonda  shishasozlik  va  to‟qimachilik  ham  ancha  rivoj 

topgan  edi.  Tohariston  ko‟p  mamlakatlar  bilan  savdo  aloqalari  olib 

borgan, o‟z chaqa tangalari ichki savdo muomalasida yurgan.  



Farg’ona hukmdorlari “ixshid” deb atalgan. Farg‟ona yerlari juda 

hosildor, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. 

Koson,  Axsikat  va  Quva  kabi  yirik  markaziy  shaharlarida  hunarmand-

chilikning  turli  sohalari  rivoj  topib,  uning  mahsulotlari  ichki  va  tashqi 

bozorlarda  juda  xaridorgir  bo‟lgan.  Qo‟shni  mamlakatlarga  bo‟yoq, 

rangli shisha buyumlar va dori darmonlar chiqarilgan. 

Farg‟ona  vodiysida  o‟troq  aholi  bilan  bir  qatorda  chorvadorlar 

ham  yashagan.  Qurama  va  Qoramozor  tog‟lari  yonbag‟rida  qadimdan 

yilqichilik bilan shug‟ullangan. Bu yerda ko‟paytirilgan tulpor otlarning 

dong‟i jahonga taralgan.  



Choch  va  Iloq.  Chirchiq  va  Ohangaron  vodiylarida  ikkita 

hokimlik  mavjud  bo‟lgan.  Manbalarda  ulardan  Choch,  ikkinchisi  Iloq 

mulki  nomlari  ostida  tilga  olinadi.  Chochning  markazi  Choch  shahri 

bo‟lib,  hukmdori  “tudun”  deb  yuritilardi.  Iloqning  markazi  Tunkat, 

hokimlari  “dehqon”  deb  atalardi.  V  asrda  ular  Eftaliylar  davlatiga,  VI 

asrda  esa  G‟arbiy  turk  xoqonligiga  bo‟ysundiriladi.  Choch  va  Iloq 

sertarmoq  xo‟jalikka  ega  bo‟lib,  sug‟orma  dehqonchilik,  chorvachilik, 

hunarmandchilik,  konchilik,  ichki  va  tashqi  savdo  yuksak  darajada  edi. 

Choch va Iloq tog‟lari oltin, kumush, rangli ma‟danlar, temir va jilvador 

chaqmoq toshlarga boy edi. Karvon yo‟lining o‟lka orqali o‟tishi Choch 

va  Iloqqa  ichki  va  tashqi  savdo-sotiqning  kengayib,  shaharlarining 

gavjumlashuviga  imkon  beradi.  Choch  tudunlari  old  tomoniga 

mulkdorning  surati,  orqasiga  gajak  dumli  bars  yoki  qoplon  tasviri, 

ba‟zan sulolaviy ayri tamg‟a tushirilgan chaqa tangalar zarb etganlar. 

Ilk  o‟rta  asrlarda  O‟rta  Osiyo  hokimliklarida  ma‟lum  tartibdagi 

boshqaruv  ma‟muriyati  tashkil  topgan  edi.  Boshqaruv  ma‟muriyatining 

asosiy  vazifasi  fuqarolardan  boj,  soliq  va  yasoqlarni  o‟z  vaqtida  yig‟ib 

olish,  jamoat  ishlariga  ularni  safarbar  etishdan  iborat  bo‟lgan.  Kirim-

chiqimlar aniq va ravshan qayd etilib, hujjatlashtirilgan. Ularga barmoq 

bosilib,  hatto  muhr  bilan  tasdiqlab  qo‟yilgan.  V-VII  asrlarda  O‟rta 



 

41 


Osiyoda,  bir  tomondan,  yerga  egalik  qilish  munosabatlarining 

o‟rnatilishi va mustahkamlanib borishi, ikkinchi tomondan ko‟chmanchi 

chorvadorlarning  beto‟xtov  shiddat  bilan  kirib  kelishi  va  o‟troqlashuvi 

shahar  va  qishloqlarning  qiyofasi  va  aholisining  turmush  tarzi-yu 

ahvoliga jiddiy ta‟sir ko‟rsatadi. Ziroatkor yerlar kengayib, dehqonchilik 

vohalarining  suv  ta‟minoti  tubdan  yaxshilanadi.  Tog‟oldi  maydonlariga 

suv  chiqarib,  yangi  yerlar  o‟zlashtirildi.  Shaharlar  gavjumlashdi. 

Qishloqlarda “ko’shk”“qasr”, “qo’rg’on” va “qo’rg’oncha”, nomlari 

bilan shuhrat topgan istehkomli turar joylar qad ko‟tardi. Ko‟shk, qasr va 

qo‟rg‟onlar  ko‟proq  yirik  sug‟orish  shoxobchalari  boshida,  markaziy 

shaharlarning  tevarak-atrofida  hamda  dehqonchilik  vohalari  chegaralari 

bo‟ylab joylashgan edi. Suv chiqarib obod etilgan vohalar bo‟ylab katta-

kichik  qal‟alar,  mayda  qo‟rg‟onchalar  quriladi.  Ko‟shk  va  qasrli 

qo‟rg‟onlarda  mulkdor  dehqonlar,  qo‟rg‟onchalarda  esa  ziroatchi 

mehnatkash aholi yashar edi. 

Istehkomli  qasr,  qo‟rg‟on  va  ko‟shklar  asosan  tashqi  dushman 

xujumiga  qarshi  mudofaa  inshooti,  chokarlar  to‟planadigan  joy, 

ma‟muriy  markaz  hamda  oziq  –ovqat  va  qurol-yarog‟  saqlanadigan 

ombor  vazifasini  o‟tagan.  O‟rta  asrlarda  shaharlar  uch  qismdan  iborat 

bo‟lgan. Ular “ark”, “shahriston”, “rabod” deb yuritilgan. Shaharlarning 

uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o‟rab olingan. Ularning 

bir  nechta  darvozalari  bo‟lgan.  Shahar  devorlari  bo‟ylab  oqib  o‟tgan 

anhor handaq vazifasini bajargan.  

 

Turk xoqonligida madaniy va ma’naviy hayot 

 

Bu  davrda  So‟g‟d,  Xorazm  va  Tohariston  aholisining  alohida-



alohida  yozuvlari  bo‟lib,  so‟g‟d  va  xorazm  yozuvlari  qadimgi  oromiy 

yozuvi  asosida  maydonga  kelgan  edi.  Tohar  yozuvi  baxtar  yozuvi 

asosida shakllangan edi. Xat, xujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar 

asosan  charm,  yog‟och  va  sopolga  va  kamdan-kam  xollarda  qog‟ozga 

bitilardi. Chunki qog‟ozning bahosi nihoyatda baland edi. Ayrim bitiklar 

esa  xatto  podsho  saroylari  va  ibodatxona  devorlariga  ham  yozilar  edi. 

Ular  orasida  elchilijk  maktublari,  xo‟jalik  kirim-chiqimlari,  yuridik 

shartnomalari,  astronomik  xujjat,  tarixiy  yodnomalar  hamda  diniy 

aqidalar  bitilgan  nodir  qo‟lyozma  topilmalar  bor.  Bizning  zamonimiz-

gacha  saqlanib  qolgan  sug‟d  yozuvlari  Panjikent  yaqinidagi  qal‟ai 

Mug‟da, Sharqiy Turkistondagi Turfon shahri yaqinida, Samarqandning 

qadimiy xarobasi Afrrosiyobda qayd etilgan.  



 

42 


Ularda So‟g‟dning siyosiy, tarixiy, huquqiy qonunlari, iqtisodiy va 

diniy  e‟tiqodlari  xususida  muhim  ma‟lumotlar  keltirilgan.  So‟g‟dda 

o‟g‟il bolalar 5 yoshga to‟lgach, yozuv va hisobga o‟rgatilar, so‟ngra ular 

yigirma  yoshga  kirganlarida  savdo  ishlarini  o‟rganish  uchun  o‟zga 

mamlakatlarga  jo‟natilar  edi.  So‟g‟d  xati  asosida  uyg‟ur  va  turk 

yozuvlari shakllangan. Uyg‟ur yozuvidan esa o‟z navbatida keyinchalik 

mo‟g‟ul va manchjur xatlari paydo bo„lgan.  

So‟g‟diylarning  kattagina  guruhi  doimo  turk  hoqonlarining 

qarorgohida  yashagan.  Ularning  ayrimlari  saroy  ayonlar  va  ma‟murlari 

qatoridan  o‟rin  egallab,  maslahatchi,  elchi  xat  va  savdoga  o‟rgatuvchi 

ustoz vazifasini bajarganlar. 

Shunugdek, ko‟k turk xati ham qo‟llanilgan bo‟lib, turklarning bu 

yozuvi  biri  ikkinchisiga  tutashib  ketgan  38-40  ta  harfdan  iborat  edi.  U 

tosh va yog‟ochlarga o‟yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko‟k 

turk  bitiklari  (Qultegin  va  Bilgaxoqon  bitiklari)  Oltoy  va  Sharqiy 

Turkistondan  Tashqari,  Yettisuv,  Farg‟ona  va  Zarafshon  vodiylaridan 

topib o‟rganilgan. Ular qabr toshlari, sopol va metal buyumlar, yog‟och 

hamda tanga pullarga bitilgan. 

VI-VII  asrlarda  O‟rta  Osiyoda  zardushtiylik,  buddaviylik, 

xristianlik, moniylik va qam (shomonlik) kabi bir necha mahalliy dinlar 

mavjud  bo‟lgan.  Aholining  ko‟pchiligi  zardushtiylik  diniga  e‟tiqod 

qilgan.  Zardushtiy  dinida  yaratuvchanlik  qudratiga  ega  tangri-

Axuramazda  bo‟lib,  u  odam  va  odmzodning,  tabiat  va  jamiyatdagi 

barxha  hodisalarning  yaratuvchisi sifatida  targ‟ib qilingan.  Axuramazda 

yorug‟lik,  farovonlik,  sihat-salomatlik,  tinchlik  va  boshqa  barcha  ezgu 

hodisalar  tangrisi  sifatida,  zulmat,  ochlik,  urush,  o‟lim,  yomon  ishlar, 

qabih  niyatlar  va  qabohatliklarning  homiysi  Axriman  bilan  doimo 

uzluksiz  kurash  olib  borgan.  Zardushtiylik  e‟tiqodi  bo‟yicha  olov 

nihoyatda  muqaddas  hisoblangan.  Quyosh  olamga  hayot  bag‟ishlaydi. 

Uning nuri bilan barcha jonzod uyg‟onadi va yashnaydi. Axuramazdadan 

tashqari,  zardushtiylarning  Mitra,  Farna,  Nana  yoki  Nohud,  Mirrix  va 

Xubbi kabi mahalliy ezgulik tangrilari ham bo‟lgan.  

Bu  davrda  aholi  orasida  budda  dinining  ham  mavqei  past  emas 

edi.  Garchi  u  So‟g‟dda  juda  kam  tarqalgan,  ammo  O‟rta  Osiyoning 

janubiy  viloyatlarida,  xususan  Toharistonda,  Farg‟ona  va  Yettisuvda 

hamda sharqiy Turkistonda, ayniqsa shahar aholisi o‟rtasida keng tarqal-

gan  edi.  VI  asr  oxiri,  VII  asr  boshlarida  ayrim  G‟arbiy  turk  xoqonlari 

budda dinini qabul etib, butxonalarning qurilishida homiylik qiladilar.  



 

43 


Yozma  manbalardan  ma‟lum  bo‟lishicha,  O‟rta  Osiyo  viloyat-

larida  bu  davrda  xristian  dinining  nestorian  ta‟limotiga  e‟tiqod  qiluvchi 

jamoalarning  soni  ham  oz  emas  edi.Samarqand  viloyatining  Urgut 

tumani  So‟g‟ddagina  emas,  balki  butun  O‟rta  Osiyoda  nestorianlik 

markazlaridan  hisoblanar  edi.  Qo‟shtepa  yodgorligida  topilgan  xum 

parchasida  xristianlikning  asosiy  udumlaridan  biri  –  cho‟qintirish 

marosimi  tasvir  etilgan.  Unda  chap  qo‟lida  injil,  o‟ng  qo‟lida  esa  xoch 

tutgan  uzun  kiyimdagi  rohib  xochini  boshyalang  tiz  cho‟kib  turgan 

kishining boshi uzra tutib turibdi. 

Ilk  o‟rta  asrlarda  Orta  Osiyo  xalqlarining  mafkuraviy  hayotida 

moniylik  dini  ancha  chuqur  ildiz  otgan  edi.  Moniylik  dini  ta‟limoti 

bo‟yicha olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi – yorug‟lik va 

ezgulik  hamda  zulmat  va  yovuzlikdan  iboratdir.  Ibodat,  ro‟za  sadaqa 

moniylik  dinining  arkoni  hisoblangan.  Bu  dinga  asos  slogan  Moniy 

tarixiy  shaxs  bo‟lib,  u  Bobilda  (216-274-y.)  dunyoga  kelgan.  U  o‟z 

targ‟ibotini  Midiya  va  Forsda  boshlagan.  Biroq  Eronda  uning  ta‟limoti 

otashparastlarning  ashaddiy  ruhoniylari  tomonidan  qaashatgich  zarbaga 

uchraydi.  Keyinchalik  bu  mazhab  tarafdorlari  O‟rta  Osiyoning  janubiy 

viloyatlari va Sharqiy Turkistonda qaror topadi.  

VI-VII  asrlarda  Moniy  dini  Murg‟ob  vohasi  orqali  Tohariston, 

So‟g‟d,  Sharqiy  Turkiston  va  Xitoyga  yoyiladi.  Moniy  ta‟limotida 

tasviriy san‟atga va musiqaga katta ahamiyat beriladi. Diniy targ‟ibot va 

marosimlarda, ayniqsa tasviriy san‟atdan keng foydalanilgan. 

  Turk  xoqonligining  chorvador  aholisi  qadimdan  moniylk  diniga 

sig‟inib  kelgan.  Bu  din  jon  va  ruhlarga,  ota  bobolar  ruhiga  sig‟inish 

e‟tiqodini  tarbiyalagan.  Qadimgi  turklar  o‟z  dinini  “qam”  deb 

yuritganlar.  Chunki  ularda  “shomon”  degan  so‟z  bo‟lmagan.  Bu  din 

koinotni  yo‟qlikdan  bor  qilgan  Ko‟k  Tangriga  e‟tiqod  qiluvchi  yakka 

xudolik  dini  hisoblanadi.  Chorvador  ko‟chmanchi  aholi  Tangriga 

bag‟ishlangan  marosimlar  o‟  tkazib,  qurbonliklar  qilishgan.  Masalan, 

Ko‟k  Tangri  sharafiga  qurbonlik  uchun  qora  qashqa  ot  so‟yilgan.  Bu 

diniy e‟tiqodlarning omixtasi asosida O‟rta Osiyi xalqlarining moddiy va 

ma‟naviy madaniyati rivoj topdi.  

Tasviriy  san‟atning  rassomlik  va  haykaltaroshlik  kabi  bir  qator 

tarmoqlari ravnaq topdi. Ular o‟z davrida sodir bo‟lgan o‟zgarishlardan 

dalolat  beradi.  Surxon  vohasida  Bolaliktepa  va  Zarafshon  vodiysida 

Panjikent,  Varaxsha  va  Asfrosiyob,  Farg‟ona  vodiysida  Quva 

xarobalarida  hamda  boshqa  yodgorliklardan  topib  o‟rganilgan  devoriy 



 

44 


suratlar,  haykallar  va  ganchkoriy  naqshlar  o‟sha  zamonning  yuksak 

san‟at  asarlaridan  xisoblanadi.  Devoriy  tasvirlar  o‟sha  zamonning  o‟ta 

murakkab  hayoti,  din-u  e‟tiqodi  va  tashqi  mamlakatlar  bilan  olib 

borilgan  aloqalardan  hikoya  qiluvchi  manba  hamdir.  Haykaltaroshlik 

rivojiga ayniqsa budda dini kuchli ta‟sir ko‟rsatgan. Farg‟ona vodiysida 

Quvadan  hamda  Qo‟rg‟ontepa  yaqinida  Ajinatepadan  buddaning 

bahaybat  haykallari  topib  o‟rganilgan.  Ajinatepadan  topilgan  budda 

haykallarining  bo‟yi  12  metrga  boradi.  Bu  davrda  badiiy  yog‟och 

o‟ymakorligi san‟ati ham yuqori darajada turgan. 

Ilk o‟rta asr ganchkorligi san‟atining nodir yodgorligi namunalari 

Varaxsha  topilmalari  orqali  tadqiq  etildi.  Turli  xil  geometrik  shakllar, 

mevali  daraxt  va  o‟simliklarning  o‟ymakor  naqshlari,  ov  manzarasi 

Buxoro  hukmdorining  Varaxshadagi  qarorgohining  hashamatli  saroy 

devorlarini bezab turgan.  

O'rta  Osiyoda  musiqa,  raqs,  qo'shiqchilik,  qiziqchilik,  dorbozlik 

kabi  san‟atning  turli  sohalari  ham  rivojlangan  edi.  Bu  davrda  san'at 

sohasida  Buxoro  qiziqchilari,  Samarqand  naychilari,  Toshkent  o'yinchi 

yigit va raqqosa qizlari bilan shuhrat topgan edi.  

Choch  o'yinchi  yigitlari  ijro  etgan  mashhur  “Choch  raqsi”  yoki 

doira  chertmasiga  imo  bilan  yelka  uchirib  tushadigan  o'ynoqi  “doira 

raqsi” Xitoy ayonlarini maftun etib, ularni hayratga solgan edi. Birgina 

Buxoro  shahrida  usta  hunarmandlar  tomonidan  o'n  turdagi  cholg‟u 

asboblari yasalgan.  

Shunday  qilib, VI-VIII  asrlarda  O‟rta  Osiyo  xalqlarining  ijtimoiy 

hayotida  yerga  egalik  munosabatlari  shakllanib,  mustahkamlanib  bordi. 

Iqtisodiy  hayotda  hunarmandchilik,  sug‟orma  dexqonchilik  va  chorva-

chilik rivoj topib, ichki va tashqi savdo kengaydi. Madaniy hayotda esa 

me‟morchilik,  xat-savod,  diniy  e‟tiqodlar,  tasviriy  san‟at  va  musiqa 

ravnaq  topib,  madaniy  aloqlar  jonlandi.  Natijada  ilk  o‟rta  asrlarning 

ma‟naviy  hayotini  o‟zida  mujassamlashtirgan  o‟ziga  xos  serqirra 

madaniyat yaratildi. 

 

Mavzularni o’rganish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar 

a)  ilk  o‟rta  asrlar  davlatlari  qatorida  nafaqat  Markaziy  Osiyo, 

balki  ko‟plab  Sharq  mamlakatlari  davlatchiligi  tarixida  o‟z  o‟rniga  ega 

bo‟lgan  eftaliylar  va  turk  xoqonligi  davlatlarini  kengroq  o‟rganish  va 

mustahkamlash  maqsadida  talabalar  o‟rtasida  savol-javob,  blits  so‟rov 

usulidan foydalanish; 



 

45 


b)  talabalarga  eftaliylar  va  turk  xoqonligi  davlatlarining  turli 

jabhalarini qamrab olishga oid krossvordlar tuzishni tavsiya etish; 

c)  eftaliy hukmdorlar va turk xoqonlarining faoliyatini yorituvchi 

jadvallar tuzish.  



 

Eftaliylar davlati mavzusiga doir 

Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi 

 

Bosqichlar 

vaqti 

Faoliyat mazmuni 



o‟qituvchi 

talaba 


1 bosqich 

Kirish 


(5 daqiqa) 

1.1. 


Mashg‟ulotning 

tashkiliy 

qismini 

o‟tkazadi. 

1.2.  Mashg‟ulot  mav-

zusi,  uning  maqsadi  va 

tuzilishi  bilan  tanishti-

radi. 


1.1.  Davomat  haqida  ma‟lu-

mot beradi.  

 

1.2.  O‟qituvchini  tinglaydi, 



kerakli  materiallarni  tayyor-

laydi.  


2 bosqich 

Ma‟ruzalarni 

tinglash 

va 


tahlil etish 

(25 daqiqa) 

2.1. Talabalarning mav-

zuga  tayyorgarligini  va 

ularning  guruh  bo‟lib 

ishlashlarini 

tashkil-

lashtiradi.  

2.2.  Mashg‟ulot  jarayo-

nida 


ma‟lumotlarni 

umumlashtiradi  va  xu-

losa qiladi.  

2.1.  Ma‟ruza  mazmuni  bilan 

tanishtiradi,  ma‟ruza  bahs-

larida ishtirok etadi.  

 

 

2.2.  Zarur  ma‟lumotlarni 



yozib boradi.  

3 bosqich 

Jadvallar 

tuzish 


(20 daqiqa) 

3.1.  Eftaliylar  davlati 

yuzasidan  klaster  o‟tka-

zish.  


3.2.  Talabalarning  yoz-

ma ishlarini tekshirish  

3.1.  Ilk  o‟rta  asr  davlat 

tuzilmalarini  sanab  o‟tadi, 

test ishlaydi. 

3.2.Jadvallarni 

izohlaydi 

misollar keltiradi.  

3.3.  Jadvallarni  ko‟chirib 

oladi 


 

46 


4 bosqich 

 Og‟zaki 

so‟rov 

(20 daqiqa) 



4.1.  Nazariy  materiallar 

bo‟yicha  savollar  be-

rish.  

 

4.1.  Savol-javobda  ishtirok 



etadi. 

 

5 bosqich 



Yakuniy 

bosqich 


(10 daqiqa) 

5.1. 


Mashg‟ulotni 

yakuniga 

yetkazadi, 

talabalarning  mustaqil 

ishlash 

qobiliyatlarini 

tahlil etadi. 

5.2.  Yangi  mustaqil  ish 

yuzasidan 

vazifalar 

beradi. 

4.1. Tinglaydi. 

 

 

 



 

4.2. Vazifalarni yozib oladi. 

 

Eftaliylar davlati mavzusi yuzasidan test savollari 

 

1.  Eftaliylar  davlatining  tarraqqiy  etgan  davri  nechanchi  asrga 



to’g’ri keladi? 

A. V asr   

B. IV asr 

C. V-VI asr 

D. VI asr. 

2. Eftaliylar arab manbalarida qanday atalganlar? 

A. Haytal 

B. Eftal  

C. Abdal 

D. Tetal 

3.  Eftaliylarning  tashqi  ko’rinishi  va  urf  –  odatlari  haqida  qaysi 

manbada ma’lumotlar keltirilgan? 

A. Bey-shi 

B. Rim tarixi 

C. Si-fan-chi 

D. Siyu Szi 

4. Eron shohi Shopurning sharqdagi janglari haqida qaysi asrda 

ma’lumotlar keltirilgan? 

A. Rim tarixi 

 

B. Si-fan-chi 



 

C. Armeniya tarixi 

D. Siyu Szi 

5.  Arman  manbalari  orqali  nomi  bizga  ma’lum  bo’lgan  asar 

qaysi? 

A.Geografiya 

 

 

B. Rastsaxun 



C.Armeniya Tarixi 

 

D.Rim Tarixi. 



6.  Sosoniylar  shohi  Pero’zning  eftaliylarga  qarshi  olib  brogan 

jangi haqidagi ma’lumotlar qaysi manbada keltirilgan?  

A. Geografiya 

 

 

B. Rastsaxun 



C.Armeniya Tarixi 

 

D.Xronika 



7.  Eftaliy  shohlar  haqidagi  ma’lumotlar  qaysi  hind  manbasida 

uchraydi? 

A. Mahabxorat.   

 

B. Radjatarangin 



C. Kuvalayamala  

 

D. Puran 



 

47 


8.  E.V.  Rtveladzening  fikricha  eftaliylar  baqtriyaning  mahalliy 

aholisi bo’lib o’zlarini qanday ataganlar? 

A. Abdal  

B. Eftal  

C. Baqtriy 

D. Alxon. 

9.  Bahrom  Go’r  nomi  bilan  mashhur  bo’lgan  forslar  shohi  kim 

edi? 

A. Pero‟z  

B. Shopur I 

C. Varaxran V  D. Yazdugird II 



10.  Eftaliy  shohi  Vaxshunvor  Eftalon  nechanchi  yili Toharistonni 

egallaydi? 

A. 457 yil 

B.452 yil 

C. 502 yil 

D. 456 yil 

11. V.A. Livshits ta’biricha Vaxshunvor Eftalon nomi so’g’dchada 

nima ma’noni anglatgan? 

A. Shohlikni himoya qiluvchi  

B. Oq shunqor 

C. Vaxsh xudosining suyuklisi 

D. Xush navo 

12. Eftaliylar va sosoniylar o’rtasidagi janglar qaysi sosoniy shihi 

davrida avj oldi. 

A. Yazdigird 

B. Varahran V  C. Pero‟z 

D. Qo‟mbiz 



13.  Sosoniy  shohlar  Pero’z  va  Xormizd  o’rtasidagi  jangda 

Pero’zning  g’alabasiga  katta  yordam  bergan  eftaliy  shohining  ismini 

toping. 

A. Vaxshunvor Eftalon   

B. Grumbat 

C. Faganish 

 

 

D. Varahran V 



14.  Sosoniy  shohi  Pero’zning  eftaliylarga  qarshi  ikkinchi  xujumi 

qachon boshlandi? 

A. 479 yil 

B. 482 yil 

C. 457 yil 

D. 456 yil 

15. Sosoniylar taxtiga Pero’zdan so’ng kim o’tirgan ? 

A. Xormizd 

B. Balash 

C. Yazdigird 

D. Qo‟mbiz 

16.  Sosoniylar  qaysi  eron  shohi  davrida  eftaliylarga  o’lpon 

to’lashdan ozod bo’ldilar? 

A. Xosrav I Anushirvon davrida   

B. Pero‟z davrida 

C. Xormizd davrida 

 

 

D. Varaxran V davrida 



17. Eftaliylar davrida Eronda qanday qo’zg’olon yuz berdi ? 

A. Mazdak boshchiligida  

B. Moniy boshchiligida 

 C. Muqanna boshchiligida 

D. G‟urak boshchiligida 

18. Sosoniy podsho Kubod qachon eftaliylarni tor-mor etadi? 

A. 520 yil 

B. 513 yil 

C. 567 yil 

D. 601 yil 

19. Eftaliylar qachon Gandharani egallaydilar? 

A. 457 yilda 

B. 512 yilda 

C. 460 yilda 

D. 457 yilda 


 

48 


20. 409-515-yillarda Gupta imperiyasini mag’lubiyatga uchratgan 

eftaliy shohi kim? 

A. Toraman 

 

 

B. Mihirakul 



C. Vaxshunvor Eftalon   

D. Faganish 



21. Eftaliy shohi Mihirakul nechanchi yillari taxtda o’tiradi? 

A. 513-533 yil 

 

 

B. 515-544 yil 



C. 509-513 yil 

 

 



D. 515-520 yil 

22.  Eftaliy  shohi  Mihirakul  o’z  davlatining  poytaxti  etib  qaysi 

shaharni egallaydi? 

A. Gandhara 

B. Radjastan 

C. Sind  

D. Sagala 

23.  Qaysi  hukmdor  davrida  eftaliylar  saltanati  o’zining  yuqori 

cho’qqisiga ko’tariladi? 

A. Mihirakul 

 

 

B. Vaxshunvor   



 

C. Toraman 

 

 

D. Faganish 



24.  Eftaliylar  davlati  tarkibiga  Urumchi  nechanchi  yillarda 

qo’shib olindi? 

A. 478-479 yilda  

 

B. 490-497 yilda 



C. 495-496 yilda  

 

D. 477-478 yilda 



25. Egtaliylar davlati elchilari nechanchi yilda Xitoyga boradilar? 

A. 516 yilda 

 

 

B. 497 yilda 



C. 530 yilda 

 

 



D. 457 yilda 

26.  VI  asr  ikkinchi  yarmiga  kelib  eftaliylar  qaysi  davlatning 

bosqiniga duchor bo’ladilar? 

A. Turk hoqonligi 

 

B. Xitoy imperiyasi 



C. Gandhara davlati 

 

D. Arab xalifaligi. 



27. Manbalarda ta’kidlanishicha eftaliylar davlati aholisi orasida 

oilaviy turmushda qanday ko’rinishlar mavjud bo’lgan? 

A. Poligamiya 

 

 

B. Endogamiya 



C. Poliandriya 

 

 



D. Ekzogamiya 

28.  Eftaliy  hukmdorlar  odatlariga  ko’ra  taxtga  kim  egalik  qilish 

huquqiga ega bo’lgan? 

A. Taxt otadan o‟g‟ilga meros bo‟lib o‟tgan 

B.  Taxtaga  sulolaning  munosib  kishisi  o‟tirish  huquqiga  ega 

bo‟lgan. 

C. Mamlakatning eng obro‟li kishisi o‟tirgan. 

D. Taxt uchun kurashda g‟olib bo‟lgan kishi o‟tirgan.  

 


 

49 


29. Eftaliylar davlatida mavjud bo’lgan kanurang unvoni qanday 

ma’noni anglatgan? 

A. Chegara soqchisi. 

 

B. Qo‟shin boshlig‟i 



C. Shohning yaqin kishisi 

D. Bosh vazir 



30. Eftaliylarda xvabular kimlar bo’lgan? 

A. Qo‟shin boshliqlari   

B. Oqsoqollar 

C. Amaldorlar 

 

 

D. Savdogarlar 



31.  Eftaliylar  davlatida  tuya  tasviri  tushirilgan  tangalar  qaysi 

hududda zarb etilgan? 

A. So‟g‟dda 

 

 

B. Buxoroda 



C. Chochda 

 

 



D. Chog‟aniyonda 

32.  Eftaliylar  davrida  qaysi  til  xalqaro  savdo  tili  sifatida  keng 

qo’llaninlgan? 

A. So‟g‟d tili 

 

 

B. Xitoy tili 



C. Xorazm tili 

 

 



D. Fors tili 

33. Eftaliylar yozuvi necha xarfdan iborat bo’lgan? 

A. 27 xarfdan 

 

 

B. 24 xarfdan 



C. 25 xarfdan 

 

 



D. 28 xarfdan 

34.  Eftaliylar  davlatida  qaysi  din  davlat  dini  sifatida  e’tirof 

etilgan? 

A. Moniylik 

 

B. Zardushtiylik 



C. Buddaviylik  

D.  Ko‟p  dinlar  mavjud  bo‟lgan  va  hech  biri  davlat  dini  sifatida 

e‟tirof etilmagan. 

35.  Eftaliylar  davriga  oid  devoriy  surat  tasvirlangan  Bolaliktepa 

yodgorligi qaysi hududda joylashgan? 

A. Surxondaryoda 

 

B. Samarqandda 



C. Xorazmda 

 

 



D. Buxoroda.  


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling