«Aktiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi
ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan:
I-
bo‘lim. «Uzoq muddatli aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan ko‘p
muddatda oborotda bo‘ladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,
moliyaviy va kapital investitsiyalar, shuningdek uzoq muddatli debitorlik
qarzlar va muddati uzaytirilgan xarajatlarning qoldiq summalari
ko‘rsatiladi.
II-
bo‘lim. «Joriy aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan kam muddatda
oborotda bo‘ladigan ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari, tayyor
mahsulotlar va tovarlar, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlar va boshqa joriy
aktivlarning qoldiq summalari ko‘rsatiladi.
Balansning «Passiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini tashkil topish
manbalarini turiga qarab quyidagi ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga
asoslangan:
I-
bo‘lim. «O‘z mablag‘larining manbai». Ushbu bo‘limda ustav
kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va
xususiy kapitalning boshqa elementlarining qoldiq summalari ko‘rsatiladi.
II-
bo‘lim. «Majburiyatlar». Ushbu bo‘limda korxonaning yuridik va
jismoniy shaxslar oldidagi qarzlarining qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansida bo‘limlar bo‘yicha ma’lumotlar alohida
qatorda, ikkala bo‘lim summalarining yig‘indisi alohida qatorda aks
ettiriladi.
Ayrim moddalar bo‘yicha qavs ichida o‘zaro ayirmalar ko‘rinishida
ko‘rsatilgan schyotlar ularning birinchisi summasidan ikkinchisini
summasini ayirib tashlagandan keyin qoladigan summani shu qatorga
yozishni bildiradi. Bundan tashqari buxgalteriya balansida ma’lumotlar,
mos ravishda, hisobot davr boshiga va hisobot davr oxiriga alohida
ustunlarda ko‘rsatiladi. Bu balans moddalaridagi o‘zgarishlarni vizual
nazorat qilib borish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |