Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


«Aktiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi  ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan:  I-


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

«Aktiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi 
ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan: 
I- 
bo‘lim. «Uzoq muddatli aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan ko‘p 
muddatda oborotda bo‘ladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar
moliyaviy va kapital investitsiyalar, shuningdek uzoq muddatli debitorlik 
qarzlar va muddati uzaytirilgan xarajatlarning qoldiq summalari 
ko‘rsatiladi. 
II- 
bo‘lim«Joriy aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan kam muddatda 
oborotda bo‘ladigan ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari, tayyor 
mahsulotlar va tovarlar, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlar va boshqa joriy 
aktivlarning qoldiq summalari ko‘rsatiladi. 
Balansning «Passiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini tashkil topish 
manbalarini turiga qarab quyidagi ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga 
asoslangan: 
I- 
bo‘lim. «O‘z mablag‘larining manbai». Ushbu bo‘limda ustav 
kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va 
xususiy kapitalning boshqa elementlarining qoldiq summalari ko‘rsatiladi. 
II- 
bo‘lim«Majburiyatlar». Ushbu bo‘limda korxonaning yuridik va 
jismoniy shaxslar oldidagi qarzlarining qoldiq summasi ko‘rsatiladi. 
Buxgalteriya balansida bo‘limlar bo‘yicha ma’lumotlar alohida 
qatorda, ikkala bo‘lim summalarining yig‘indisi alohida qatorda aks 
ettiriladi. 
Ayrim moddalar bo‘yicha qavs ichida o‘zaro ayirmalar ko‘rinishida 
ko‘rsatilgan schyotlar ularning birinchisi summasidan ikkinchisini 
summasini ayirib tashlagandan keyin qoladigan summani shu qatorga 
yozishni bildiradi. Bundan tashqari buxgalteriya balansida ma’lumotlar, 
mos ravishda, hisobot davr boshiga va hisobot davr oxiriga alohida 
ustunlarda ko‘rsatiladi. Bu balans moddalaridagi o‘zgarishlarni vizual 
nazorat qilib borish imkonini beradi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling