44
Boshlang‘ich balans deganda hisobot davri boshiga,
hisobot balansi
deganda esa hisobot davrining oxiriga tuzilgan balans tushuniladi. Hisobot
balansi keyingi davr uchun boshlang‘ich balans bo‘lib hisoblanadi.
Tugatish balansi – korxona tugatilishi sanasiga tuzilgan balans.
Birlashtirish balansi – ikki va undan ortiq
korxonalar bir-biri bilan
qo‘shilganda qo‘shilish sanasiga tuzilgan balans.
Ajratish balansi – bu korxona ixtiyoridan
mustaqil boshqa korxona
ajralib chiqganda bir – biriga mablag‘larni topshirish va qabul qilish
sanasiga tuzilgan balans.
Ma’lumotlarni jamlash darajasiga ko‘ra balans yig‘ma
va alohida
balans turlariga bo‘linadi.
Yig‘ma balans - bu bir tizim korxonalari balanslari moddalarini
gorizontal holda jamlash natijasida tuzilgan balans, masalan trest, konsern,
kompaniya, vazirlik va shu kabi yuqori
organlar tomonidan tuzilgan
balans.
Alohida balans –bu har bir xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan
tuzilgan balans.
O‘z qaramog‘ida sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan bosh
korxonalar
konsolidasiyalashtirilgan balans tuzadilar.
Subektlarni moliyalashtirilishiga qarab balans bir biridan tubdan farq
qiladigan davlat byudjetidagi muassasalar balansi va xo‘jalik
yurituvchi
subektlar balansiga bo‘linadi.
Hisob ma’lumotlarini jamlash sikllariga ko‘ra sinov balansi,
tuzatilgan sinov balansi va oxirgi yakuniy balans turlarini ajratish mumkin.
Sinov balansi – bu vaqtinchalik schyotlar yopilmasdan tuzilgan,
shuningdek hisobot davri oxirigaa ayrim schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblar
ma’lum sabablarga ko‘ra oxirigacha amalga
oshirilmagan holda tuzilgan
dastlabki balans
Do'stlaringiz bilan baham: