Tuzuvchi: Sultonboyeva Nafosat qAbul qildi: aliyeva gulnora Reja: - 1.Klaster tushunchasi,shakillanishi,maqsadi.
- 2. Xorijiy va mahalliy tadqiqodchilar tahlillarida “klaster” tushunchasi.
- 3.Ishlab chiqarishda yuqori texnologiyalarning qo‘llanilishi.
Klaster tushunchasi: - “Klaster”atamasi fransuzcha so‘z bo‘lib, “bog‘lam” , ”guruh” , “to‘planish” ma‘nolarini beradi. Klaster nazariyasi asosi bo‘lib,Alfred Marshallning XlX asr oxirida yozilgan “Iqtisodiyot prinsiplari” nomli asarida (1890) ixtisoslashgan tarmoq_sohalarining alohida hududlarda uyg‘unlashishi to‘g‘risidagi fikr mulohazalari hisoblanadi.
- “Klaster” nazariyasini o‘rganish jahon jamiyatida tez suratlarda o‘sib bormoqda va uni amaliyotda qo‘llash esa milli va mintaqavaiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishiga aylanmoqda.
- 1980_yillardan keyin “Klaster nazariyasi” ning rivojlanishida 3 ta muhim (Amerika, Britaniya va Skandinaviya va boshqalar) maktablar yutuqlarini ko‘rishimiz mumkin.
- “Klaster” tushunchasi ilk bor 1990-yilda Maykl Porter tomonidan “Davlatlarning raqobatdosh afzalligi” nomli asarida keltirilgan. O‘zbekiston respublikasida klasterlar tizimi 2017-yilda joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2978-son qarori asosida Buxoro viloyatida “VST cluster” MCHJ QK hamda 2017-yil 15-sentyabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarori asosida “Bek cluster” MCHJ QK paxta-to‘qimachilik klasterlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etildi. Klaster tizimi yaxshi natija ko‘rsatganidan keyin, mamlakatimiz bo‘ylab turli klasterlar tashkil etildi. Bugungi kunda respublikada paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik va meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyat olib bormoqda.
Klaster tizimi - Bu xom-ashyo yetishtirishdan boshlab to qayta ishlangan tayyor mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab olgan bir butun tizim.
- Klaster – bu qo‘shilgan qiymat zanjirining barcha ishtirokchilarini (fermerlar, qayta ishlovchi korxona, eksportyor) bir maqsad sari jamlagan korxonalar guruhi.
- QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI TOMONIDAN RESPUBLIKA BO‘YICHA TASHKIL ETILGAN KLASTERLAR
- Umumiy soni: 463 ta. Biriktirilgan yer maydoni: 2210385 ga. Shundan klasterlarda 282004 ga, 75283 ta fermer xo‘jaligida 1930975 ga.
- Mahsulot yetishtirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jalb qilish orqali agrotexnik tadbirlarni yangilash, hosildorlikni bir necha barobar oshirish.
- Mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va yakunda olinadigan tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish.
- Kam xarajat qilib, ko‘p daromad olish. Mahsulot yetishtiruvchilarning moliyaviy xolatini yaxshilash.
- Mahsulot yetishtiruvchilar moddiy-texnik bazasini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va uskunalari bilan boyitish. Infratuzilma obyektlarini yangilashdan iborat.
Xorijiy va mahalliy tadqiqodchilar tahlillarida “klaster” tushunchasi.
“Klaster” _ Bitta sohaga birlashgan va bir_biri bilan uzviy alohida bo‘lgan korxonalar guruhi
“Klaster”_ Bitta geografik hududdda joylashgan va bitta tarmoqni tashkil qiladigan korxonalar guruhi
“Klaster_Maxsus sohalar bo‘yicha bitta geografik hududda faoliyat yuritayotgan,bir _biri bilan bog‘liq bo‘lgan va bir_birini to‘ldiruvchi kompaniyalar,institutlar guruhi.
“Klaster”_ gorizantal va vertikal ravishda funksional bog‘liq bo‘lgan korxonalar guruhi
“Klaster”_ jamoaviy,xususiy va yarim jamoa ko‘rinishida bir _biri bilan bog‘liq va o‘zaro bir_birini to‘ldiruvchi korxonalar,tadqiqot va rivojlanish institutlari guruhi.
“Klaster”_tijorat va notijorat tashkilotlari guruhi bo‘lib, u guruhda faoliyat yuritayotgan har bir korxonaning raqobatbardoshligini ta‘minlashga xizmat qiladi.
Ishlab chiqarishda yuqori texnologiyalarning qo‘llanilishi
Mineral xom_ashyo kompleksidan unumli foydalanish.
Import o‘rnini bosadigan tovarlarni ishlab chiqarish
Fan_texnika taraqqiyotini jadallashtirish imkoniyatlari-
ning o‘sishi
Yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish
Tashqi savdo siyosatini yanada rivojlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |