Egamqulov Sharof Botir o’g’li


Download 31.95 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi31.95 Kb.
#1345025
Bog'liq
Maqola. sharof


Maqsadni belgilash ta’limni texnologiyalashtirishning asosiy elementi. O’qitishni texnologiyalashtirishda metod va vositalar.
Egamqulov Sharof Botir o’g’li
Annotatsiya; ushbu maqolamda men o’quv maqsadlarini belgilash, maqsadga erishish yo’lini va usullarini tanlash, maqsadni aniqlashtirish va ta’limni texnologiyalashtirish metodika va vositalari shuningdek undan keyingi jarayon hisoblangan natijani baholash va o’zlashtirish darajasini aniqlashga doir fikr va mulohazalarni o’rganib, tadqiq qilganman va batafsil yoritganman.
Kalit so’zlar; maqsadni aniqlash, o’qitishni texnologiyalashtirish, zamonanaviy ta’lim tizimi, pedagogik maqsadlar, o’quv maqsadlari, nazorat ishlari, maqsadga erishish yo’li.
An'anaviy o’quv jarayonida biz ko'proq o’qituvchining mahoratiga suyanib samaraga erishishga harakat qilamiz. Buning uchun esa pedagog ma'lum tajriba orttirgan bo'lishi talab etiladi. Aniqlashtirilgan maqsadlar pedagogga nazorat ishini belgilashda, baholashda va usullarni aniqlashda katta imkoniyatlar yaratadi. Barcha etaplar bir maqsadga bo'ysunadi va yuqori natijani kafolatlaydi.
An'anaviy ta'lim tizimida va o’quv jarayonida umumlashtirilgan o’quv maqsadlari belgilanadi. Masalan: ekologik madaniyatni shakllantirish, suv havzalarini muhofaza qilish haqida tushuncha hosil qilish. Ko'rinib turibdiki, bunday qo'yilgan maqsad mavhum xarakterga ega, chunki tushuncha turli darajada hosil qilinishi mumkin. Bunday maqsadni tekshirish va baholash ham muammoli, maqsadni belgilash esa ishda noaniqlikni vujudga keltiradi. Natijada o'zlashtirish samaradorligi pasayadi.Bunday tizim pedagogik texnologiyani qoniqtira olmaydi (M.V.Klarin tizimi). AQSH va Angliyada o’qituvchi va talabalar uchun alohida aniqlashtirilgan maqsad rejalari tuzish qabul qilingan.
Ta’lim metodlari • Metod – grekcha Metodos so‘zidan olingan bo‘lib, izlanish yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi. • Ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo‘l-yo‘rig‘i. Ta‘lim usuli deganda, ta‘lim • Ta‘lim jarayonining qiziqarli va jarayonida o’qituvchi va samarali bo’lishida, o’quvchilarning kutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni maqsadga erishishga qaratilgan mukammal egallashlari uchun birgalikdagi faoliyatlari o’qituvchining asosiy vazifasi darsda tushuniladi. O’qitish usullari samarali usul-metodlardan foydalanib, ta‘lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi-talabalarning ilmiy o’quvchi-talaba faoliyatining salohiyatini oshirish, mustaqil hayotga qanday bo’lishini, o’qitish tayyorlash, shuningdek ularda axloqiy jarayonini qanday qilib tashkil sifatlarni tarkib toptirishdan iboratdir. etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. 1. Og’zaki metod-bilimlarni so’z bilan bayon qilish, darslik, ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash. 2. Ko’rgazmali metodlar- rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar. 3. Amaliy metodlar-mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar.
I. Y. Lerner va M. N. Skatkin o’qitish metodlarini quyidagilarga ajratadilar: tushuntirish- rasmlar metodi; tadqiqot metodi. qisman izlanish metodi; reproduktiv metod; muammoli bayon qilish metodi; S. I. Petrovskiy va Y. Y. Golant tasnifi • faol va passiv metodlarga bo’lish: Agar o’quvchilar mustaqil ishlasa, faol metodlar • laboratoriya metodi, kitob bilan ishlash Agar o’quvchilar faqat tinglasa va eshitsa, passiv metodlar • hikoya, ma’ruza, tushuntirish, namoyish qilish metodi, ekskursiya. Y. K. Babanskiyning tasnifi bo’yicha metodlar 3 ta katta guruhga bo’linadi O’quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish Bilishga doir o’yinlar, o’quv munozaralari, qiziq vaziyatlarni vujudga keltirish, rag’batlantirish, tanbeh berish va nazorat metodlari Nazorat va o’zini-o’zi nazorat qilish metodlari.
Ta‘limning amaliy metodlari. • O’qitishning amaliy usullariga yozma mashqlar (masalalar yechish, chizmalar tayyorlash), tajriba – laboratoriya tipidagi mashqlar (frontal tajribalar, laboratoriya ishlari, amaliyot, o’qitishning texnik vositalari va boshqalar); mehnat topshiriqlarini bajarish usullari kiradi. Amaliy metodlar o’qitishning og’zaki va ko’rsatmali metodlari bilan uzviy birlikda qo’llaniladi. O’qitishning amaliy usullaridan foydalanishning ijobiy tomoni o’quvchilarni tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni mustaqil kuzatishga bo’lgan qiziqishini kuchaytiradi, ularda mustaqillik, faollik va tashabbuskorlik ortadi. Amaliy ish tajribalari – ko’nikma, malakalari, hosil qilinadi va mehnat madaniyati rivojlanadi.
O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslublar. Bu uslub orqali o‘qituvchi o‘zi egallagan ma’lumot va ko‘nikmalarni o‘quvchilarning sezgi organlari orqali uzatish yo‘llarini qidiradi. Bunda o‘quvchilarning ishtiroki passiv bo‘ladi, ya’ni ular tinglaydilar, kuzatadilar va ma’ruzalarni yozib boradilar. Bu uslublar asosan o‘qituvchining qo‘yidagi faoliyat turlari orqali amalga oshiriladi: Og‘zaki o‘qitish usuli (ma’ruza, hikoya) Tasviriy ifodalarni qo‘llash usuli (illustratsiya) Bu faoliyat orqali yetkazilishi kerak Insonlar o‘rtasidagi eng sodda bo‘lgan bilim yoki malakalarni muloqot yo‘llaridan biri – og‘zaki tasvirlovchi rasmlar orqali nutq – og‘zaki ta’rif yoki asosiy o‘quvchilarning ko‘rish qobiliyati mazmunning ogzaki ifodasi ishga solinadi. O‘quvchilarga hisoblanadi. Bu uslub butunlay yetkazilmokchi bo‘lgan ma’lumotlar «so‘zlash» orqali amalaga tasvirlab berish orqali, turli simvollar oshiriladigan o‘qitishning eng yordamida yetkaziladi. Bunday rasmiy uslubi hisoblanadi. U 40 tasviriy ifodalar quyidagi vositalar daqiqa yoki undan uzoqroq yordamida amalga oshiriladi: doska, davom etadi va odatda maxsus oq doska, flipchart, video o‘quvchining ishtiroki uchun hech tasvir, videoproyektor, kodoskop, qanday imkoniyat kompyuter grafiklar, magnit taxta, qoldirmaydi. Bunda asosan rasmlar, suratlar, bo‘yoqli rasmlar, o‘quvchining eshitish qobiliyati grafik va jadvallar, diagrammalar, ishga solinadi. namunaviy va maxsus shaffof qog‘ozga tushirilgan tasvirlar. Namoyish etish usuli (demonstratsiya) O‘qituvchi ma’lum bir asbob yoki jihozdan foydalanish vazifasini yoki topshiriqqa aloqador harakatlarni namuna sifatida namoyish etib berishi mumkin. Yakka holda namoyish etish o‘quvchini ko‘rish qobiliyatidan foydalanishga undaydi. O‘quvchi markazda bo‘lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar. Bu uslublar qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. O‘quvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish o‘quvchini yuqori darajada rag‘batlantirilishi ilgari orttirilgan bilimni ham e’tiborga olinishi o‘qish shiddatini o‘quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi o‘quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi amalda bajarish orqali o‘rganilishi ikki taraflama fikrmulohazalarga sharoit yaratilishi o‘qituvching yengillik yaratib beruvchi shaxsga aylanishi O‘quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan, o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yetarli darajada o‘quvchilar ishtiroki va amaliyoti mavjud bo‘ladi, o‘qishni sog‘lom muhitda saqlab qolinishi.
Savol berish orqali o‘qitish usuli O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga savollarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi va bu bilan ularni berilgan ma’lumotni yana takrorlashga undaydi. Shu tariqa ularni o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan og‘zaki va boshqa aloqa uslublarini tushunib yetganliklari aniqlanadi. Muhokama usuli O‘quvchilarga suhbatlashish, masalalarga oydinlik kiritish, savollar berish, shuningdek ma’lumotni o‘zaro va o‘qituvchi bilan muhokama yo‘li bilan tahlil qilish taklifi kiritiladi. Suhbat usuli Mavzuga aloqador manbaviy ma’lumotlar beriladigan bir sharoitda va darsning bir qismi sifatida ana shu mavzu haqida tushuntirish berish muhim hisoblanadi. Odatda ma’ruza vaqti 30 daqiqadan uzoq bo‘lmasligi kerak va asosiy vaqt ma’ruza ta’riqasida va mashg‘ulot so‘ngida o‘qituvchiga savollar berish uchun bir oz vaqt ajratiladi. Roli o‘yinlar Tadqiqot usuli Ishbilarmonlik O‘zlashtirish yoki darajasining eng rolli(vaziyatli) yuqori cho‘qisi; O‘quv o‘yinlar – o‘quvchilarning guruhini muammoli olgan bilimlari ikki vazifaning bir asosida hali guruhga turidir. Faqat o‘rganilmagan bo‘lgan bu o‘rinda, kichik bir muammo holda, ustida yakka yoki matnli material biror o‘rniga birgalashib izlanish mavzu o‘quvchilar olib borishi; bo‘yicha tomonidan keltirilgan taxminni o‘zaro rollar izlab topilgan baxs, fikr o‘ynaladigan dalillar asosida almashinuv hayotiy vaziyat to‘g‘ri yoki tarzida sahnalashtinoto‘g‘riligini o‘tkaziladi. riladi. tekshirish; Baxsmunozara usuli Loyiha usuli Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Loyiha usulida o‘quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko‘proq ishtirok etadilar. Ta’lim oluvchilar ayrim kichik loyiqa ishlarini, diplom va kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda loyihalashtiradilar, mustaqil bajaradilar, ularni yozadilar, taqdimot qiladilar, qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar. Mustaqil o‘rganish usuli Ushbu usul ta’lim oluvchilarning o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishini, o‘z – o‘zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning mazmunini to‘liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir. Bu usul vaqti–vaqti bilan o‘tkazib turiladi, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amalaiy faoliyat bilan shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Har bir o‘quvchi alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajaradi. O‘qituvchi 15 o‘quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa- muloqot yordamida yo‘naltirib boshqaradi va nazorat qiladi.
Aqliy hujum dars mavzusiga oid qo‘yilgan muammoni yechish yoki savolga javob topish maqsadida g‘oyalarni jamlash va saralash usuli. qatnashchilar birlashgan holda yechimi noma’lum muammoni yechishga yoki savolga javob topishga harakat qiladilar. Eng maqbul yechimni topish bo‘yicha shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar. Pinbord usuli Bu usul aqliy hujum metodining bir ko‘rinishi bo‘lib, unda qo‘yilgan muammoni hal qilish bo‘yicha g‘oyalar alohida qog‘ozchalarda yozilib, doskaga mixlanib boriladi. Ikkinchi bosqichda esa, ular turli mezonlar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi, saralanadi va muayyan tartibda doskada joylashtiriladi. Boshqalarni o‘qitish orqali o‘rganish usuli Bu usulda ta’lim oluvchilar belgilangan mavzu yoki qo‘yilgan muammo bo‘yicha bir – birlariga axborotlarni almashadilar va o‘z bilganlarini boshqalarga o‘rgatadilar. Ovozga qo‘yish metodi Dars davomida bahsli vaziyatni keltirib chiqarish; yuzaga kelgan bahs munozarani boshqarish maqsadida, bahs yuritayotgan tomonlarning fikrlarini sinf bo‘yicha ovozga qo‘yish; har bir fikr bo‘yicha qarshi, rozi va betaraflarni aniqlash; tomonlarning dalillarini va fikrlarini tinglash; so‘ng yana ovozga qo‘yish; xulosalash; Lug‘at bilan ishlash (diktant) bilimlarni baholashning joriy nazorat shakli; odatda qisqa vaqt davomida o‘tkaziladi; o‘quvchilarning o‘tilgan atama va tushunchalarni bilish darajasini tekshirish uchun o‘tkaziladi; Konferensiya Oraliq nazoratning bir turi bo‘lib, asosan chorak yoki yil davomida ma’lum mavzular bo‘yicha mustaqil yozilgan ishlarning og‘zaki ma’ro‘za ko‘rinishidagi taqdimoti. Juft-juft muloqot Biror mavzu bo‘yicha yonma-yon o‘tirgan o‘quvchilarni o‘zaro muloqotga chorlash; o‘zaro fikr almashish va ularni ba’zilarini tinglash; «Charxpalak» usuli Mazkur metod guruhlarda ishlash usulining takomillashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, uning yordamida o‘quvchilar o‘rganiladigan material bo‘yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo‘lish, jamoa bilan ishlash malakasini ega bo‘lish, boshqalarni o‘qitish, axborot bilan almashish hamda jamoa bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarini albatta birinchi galda qanday nazorat ishi orqali tekshirilishi aniqlanishi kerak. Maqsaddan kelib chiqqan holga test va nazorat ishlari tanlanadi. Tanlangan nazorat har bir maqsad uchun alohida qo’llaniladi. Masalan, birinchi qo'yilgan maqsad uchun alohida, keyingi maqsadga erishish uchun alohida nazorat ishi topilishi kerak. Barcha nazorat ishlari umumlashtirilib oxirgi baholash ma'lum qilinadi. Talabalar bilimini baholashda har doim «nimani baholash kerak?”- degan savol ko‘ndalang turadi. Pedagogik texnologiya “Predmetni o’qitish va o‘rganishh maqsadi va vazifalariga erishish darajasini” degan javobni beradi. Bunda maqsadni o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘lash (o‘rgatish, tushuntirish, aytib berish, namoyish etishh kabilar), vazifalarni esa talabaning faoliyati, ya‘ngi ta‘lim natijasi bilan bog‘lab ifodalash ma‘qul. Qanday usul bilan o’qitish natijasini talaba hatti-harakatlariga o'tkazish mumkin? Bu o'tkazishda qat'iy bir xil ma'noni qanday saqlab qolish mumkin? Bu kabi muammolar asosan quyidagi ikki xil usul bilan hal etilganligini qayd qilib o'tamiz: 1. O’quv maqsadlarining shunday tizimini yaratish kerakki, uning ichida o’quv maqsadlarining toifalari va darajalari ketma-ketligi aniq belgilangan bo'lsin. O’quv maqsadlarining bunday tizimi pedagogik taksonomiya deb ataladi.  2. O’quv maqsadlarini ifodalash uchun shunday aniq va tushunarli tilni topish kerakki, o’qituvchi bu til orqali maqsadlarni aniq ifodalaydigan bo'lsin.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. O’qitishni texnologiyalashtirishda metod va vositalar(Slide ToDoc web-site)
2. Ta’limda metod va vositalar uyg’unligi (cyberleninka.ru web site)
3. Ta’limni texnologiyalashtirishning maqsadni belgilash elementi tasnifi (fayllar.org web-site)
Download 31.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling