Eganing ishtirokiga ko‘ra gap turlari reja: kirish asosiy qism


Download 151 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi151 Kb.
#1410469
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EGANING ISHTIROKIGA KO‘RA GAP TURLARI

Asosiy qism
1.Ega. Ega gap kesimini shakllantiruvchi [Pm] - kesimlik kategoriyasida mujassamlashgan shaxs-son (SH) ma‘nosini muayyanlashtiruvchi gap kengaytiruvchisidir: 1.Elchibek asta o’rnidan turdi. (A.M). 2.Biri - sensan, biri
men. (O) 3. Shunday o’lka doim bor bo’lsin. (H,O) 4. (Sen) Aytar so’zni ayt, (sen) aytmas so’zdan qayt (Maqol). Birinchi gapda Elchibek so’zi kesimdagi uchinchi shaxs birlik (nol) kesimlik qo’shimchasining, ikkinchi gapdagi biri so’zlari sen-san kesimining ikkinchi shaxs birlik (-san) va men so’zidagi birinchi shaxs birlik (-man), uchinchi gapdagi o’lka so’zi bor bo’lsin kesimidagi uchinchi shaxs (-sin), to’rtinchi gapdagi ifodalanmagan (sen, sen) ayt, qayt so’zlari bilan ifodalangan kesimdagi ikkinchi shaxs birlik (nol) kesimlik ma‘nolarining muayyanlashtiruvchisi, kengaytiruvchisidir. Ega gapdagi fikr o’zi haqida borayotgan, belgisi kesim tomonidan ko’rsatilayotgan bo’lakdir. Kesimdan axborot (kommunikatsiya) anglashilsa, ega ana shu kommunikatsiya predmetidir.
Ega bevosita kesimlik shakli - [Pm] ga bog’lanayotganligi tufayli, hol va kesim bilan birgalikda, gapning konstruktiv bo’laklari qatoriga kiradi.
Gapning lisoniy qurilishida eganing ifodalangan yoki ifodalanmaganligiga ko’ra ikki ko’rinishi bo’ladi:
1.Egali gaplar.
2.Egasiz gaplar.
Egali va egasiz gaplarni gaplarning lisoniy sintaktik qolipi bilan emas, balki gap kesimining lug’aviy (W) va kesimlik qo’shimchalari (Pm) qismlarining ba‘zi bir ifodalanish xususiyatlari bilan bog’liq.
Egasiz gaplar. Bunday gaplarda kesim tarkibidagi Pm ning shaxs-son ma‘nosi o’ta kuchsizlanib, gap tarkibidagi eganing mutlaqo bo’lmasligini keltirib chiqaradi. Egasiz gaplarning mavjudligiga olib keluvchi omillar kesimdagi [W] va [Pm] ga bog’liq ikki guruhga bo’linadi.
I.[W]ga bog’liq ravishda egasiz gaplarning vujudga kelishi. 1.O’timsiz fe‘llar (masalan, bormoq, yurmoq, yugurmoq, qolmoq, erishmoq, minmoq) vositasiz to’ldiruvchiga ega bo’lganligi tufayli majhul nisbat shaklini olganda, gap egasiz qo’llanadi. 1.Bugun stadionga boriladi. 2.O’n minut qadar yo’l yurildi.(O) 3.Institutning o’ttiz yili davomida ulkan yutuqlarga erishildi. 4.Katta trassaga chiqish uchun o’ng tomonga yuriladi. 5.Jizzaxga borish uchun Samarqanddan o’tiladi. Bu gaplardan bittasining lisoniy qolipini kuzatamiz:
Ma‘lum bo’ladiki, gapning maksimal lisoniy qolipidagi eganing o’rni bo’shdir. Buning boisi, aytilganidek, o’timsiz fe‘l (erishmoq) majhul nisbatga o’tganda ega o’z-o’zidan tushib qoladi. Agar fe‘l o’timli bo’lganda edi (masalan, o’qimoq), uning vositasiz to’ldiruvchisi ega mavqeini egallar edi: Nilufar kitobni o’qidi -Kitob Nilufar tomonidan o’qildi tarzida.
2. To’g’ri kelmoq qo’shma fe‘li o’zining izohli lug’atdagi 8-ma‘nosida jo’nalish kelishigidagi harakat nomi bilan zich aloqaga kirishib, egasiz gaplar hosil bo’lishiga olib keladi: 1.Nargizaga og’ir bo’ldi, ko’p qiyinchiliklarni yengishga to’g’ri keladi. 2.Buning uchun Toshkentga o’z vakillarimizni yuborib, korxonadan zarur yordamni surashimizga to’g’ri keladi.

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling