Egasiz gaplarning quyidagi turlari mavjud: Shaxsi (egasi) ma’lum gap


Download 21.41 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi21.41 Kb.
#1288366
1   2   3   4
Bog'liq
48-mavzu

So‘z gaplar
Bir so‘zdan iborat bo‘lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo‘lmagan gaplar so‘z-gaplar deyiladi. So‘z gaplar dialogik nutqda yakka o‘zi gap bo‘lib kela oladi, bog‘lamalar va shaxs-son qo‘shimchalari bilan birika olmaydi. So‘z gaplar sintaktik jihatdan gap bo‘laklariga ajratilmaydi. Bularda bosh yoki ikkinchi darajali bo‘laklar bo‘lmaydi. Bunday gaplar ko‘pincha bir so‘zdan iborat bo‘ladi. So‘z gaplar, asosan, modal va his-hayajon munosabatlarini ifodalaganligi uchun ham ko‘proq dialogik, ba’zan monologik nutqqa xosdir. So‘z gaplar bir so‘zdan iborat bo‘lishi bilan atov gaplar yoki to‘liqsiz gaplarga o‘xshashi mumkin. Farqi:
a) Atov va to‘liqsiz gaplar sintaktik jihatdan gap bo‘laklariga ega bo‘ladi. So‘z gaplar esa gap bo‘laklariga ajralmaydi.
b) Atov va to‘liqsiz gaplar mustaqil so‘z turkumlari asosida yuzaga keladi; so‘z-gaplar esa, asosan, modal va undov so‘zlar asosida yuzaga keladi.
So‘z-gaplar aytilgan fikrga modal munosabat ifodalash uchun xizmat qiladi. Ular qanday modal ma’no ifodalashiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) Modal so‘z gaplar – bular so‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabatini – qat’iy ishonch, taxmin yoki gumonni ifodalaydi. Masalan: Ertaga kutubxonaga boramizmi? – Albatta.
b) Undov so‘z gaplar – bular kishilarning his-tuyg‘ularini, haydash, to‘xtatish kabi xitoblarni, buyruqlarni ifodalaydi. Ma­salan: «Voy!» deb yubordi Oynisa, yo‘lakda turgan qaynonasini ko‘rib.
c) Tasdiq-inkor so‘z gaplar – aytilgan fikrga nisbatan tasdiq yoki inkorni ifodalaydi. Masalan: Ha, xo‘p, mayli.
d) Taklif so‘z gaplar – bular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi. Masalan: Ma, mang, qani, marhamat.
e) So‘roq va taajjub bildiruvchi so‘z-gaplar. Masalan: Uni institutdan haydashibdi. Nahotki?
f) Buyruq bildiruvchi so‘z-gaplar. Masalan: Bas! Cholg‘uchi, bas qil, sozingni.
g) Rasm-odat bildiruvchi so‘z-gaplar. Masalan: Barakalla! Xuddi men o‘ylaganday javob berdingiz
So‘z gaplarning oxirida ifodalanayotgan modal munosabat va his-hayajonga qarab nuqta, so‘roq yoki undov belgilari qo‘yilishi mumkin.
So‘z-gaplarning kengayishi o‘ta qiyin va chegaralangandir. Ba’zan so‘z-gaplar takrorlanib qo‘llanadi:
Ergash tushunmadi:
Nima, nima? – dedi ko‘zini katta ochib.
Kishilar o‘rtasidagi oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan ayrim so‘z yoki iboralar so‘z-gap vazifasida qo‘llanadi: assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, marhamat, salomat bo‘ling, osh bo‘lsin, qulluq, labbay, jonim bilan, bajonidil.
Yig`iq va yoyiq gap
Ega va kesimdan yoki faqat kesimdan iborat gap yig`iq gap hisoblanadi. Masalan: Men – o`qituvchi. O`qituvchiman.
Ikkinchi darajali bo`laklardan birortasi yoki barchasi ishtirok atgan gap yoyiq gapdir.

Download 21.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling