Egasiz gaplarning quyidagi turlari mavjud: Shaxsi (egasi) ma’lum gap


Download 21.41 Kb.
bet4/4
Sana23.03.2023
Hajmi21.41 Kb.
#1288366
1   2   3   4
Bog'liq
48-mavzu

III.MAVZUGA OID TESTLAR:
1.Yomon birla suhbatdosh bo`lishdan qaytsin har kishi,
Hech tirilmaydi o`lganlar, har qancha to`ksang, ko`z Yoshi. Ushbu gapda qo`llangan egalarni aniqlang.
A)har kishi, o`tganlar, ko`z Yoshi
B) har kishi, o`tganlar
C) ko`z Yoshi, o`tganlar
D) Ushbu gap egasiz gap, ya’ni ega qo`llanmagan.
2.Shaxsi umumlashgan gapni aniqlang.
A) Oltin bilan olib bo`lmas, qolgan ko`ngilni
B) Zolimdan vafo tilama
C) Ey kabutar, osmonga parvoz qil, havoda charx urib, har xil o`yinlar ko`rsat
D) To`g`ri so`z toshni yorar.
3. Faqat tub so`zlardan tarkib topgan egasi noma’lum gapni aniqlang.
A) Kadrlarni o`z o`rniga qo`yish ishiga hanuz kirishilmadi.
B) Har qanday so`zni o`ylab gapirish kerak.
C) Bilmagan ishga urinib, tuzoqqa ilinma
D) Hozircha shu shaharchada yashashga to`g`ri keladi.
4. Qaysi javobda tarkibida belgilash olmoshi qo`llangan egasi noma’lum gap ketirilgan?
A) Vatanni har jihatdan yuksaltirishga va ko`ksini qalqon qilib himoya qilishga da’vat etadi.
B) Har qanday ishda mashaqqat borligini yodda tutish kerak.
C) O`z o`rnida aytilmagan so`z hech kim yo`q yerda chalingan kuyga o`xshaydi.
D) Har kim ekkanini o`radi.
5. Faqat tub so`zlardan tashkil topgan shaxsi noma’lum gapni aniqlang.
A) Kadrlarni o`z o`rniga qo`yish ishiga hanuz kirishilmadi.
B) Har qanday so`zni o`ylab gapirish kerak
C) Bilmagan ishga urinib, tuzoqqa ilinma
D) Hozircha shu shaharchada yashashga to`g`ri keladi.
6. Ayol – mo`tabar zot, ayol uchun g`azallar bitilgan, dostonlar kuylangan, qasrlar, bog`-rog`lar barpo etilgan. Ushbu gapda nechta kesimi majhul nisbat bilan ifodalangan egali gap mavjud?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta
7. Qaysi javobda tarkibida belgilash olmoshi mavjud bo`lgan shaxsi noma’lum gap keltirilgan?
A) Vatanni har jihatdan yuksaltirishga va ko`ksini qalqon qilib himoya qilishga da’vat etadi.
B) Har qanday ishda mashaqqat borligini yodda tutish kerak.
C) O`z o`rnida aytilmagan so`z hech kim yo`q yerda chalingan kuyga o`xshaydi.
D) Har kim ekkanini o`radi.
8. Qaysi javobda berilgan gap egasi umumlashgan gap hisoblanadi?
A) o`qishlaringiz yaxshimi
B) YAxshi bilan sirdosh bo`lsang, yaxshilik bilan unasan
C) Sizga yaxshilik xohlayman.
D) Yaxshiligingiz sira-sira yerda qolmaydi.
9. Fikrni xulosalash ma’nosi ifodalangan sof modal so`z qatnashgan shaxsi noma’lum gapni belgilang.
A) To`g`ri, g`alabaga qurbonsiz erishib bo`lmaydi.
B) Shubhasiz, bunga ishonish kerak.
C) Xullas, bu yerda o`rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak.
D) Avvalo, bu litsey binosi edi.
10. Qaysi javobda shaxsi ma’lum gap berilgan?
A) Ko`nglida armon qolmasin deb, chilyosin qildirishga to`g`ri keldi.
B) Oyni etak bilan yopib bo`lmaydi.
C) Nazardan qochirmasliging kerak.
D) Topshiriqni o`z vaqida bajarish kerak.
11. Shoshilmay sovib qolgan kaboblarni yig`ib oldi, so`ng indamay orqasiga tisarilarkan, patirga imo qilib, ko`zini qisdi. Berilgan gap turini aniqlang.
A) egali gap
B) shaxsi ma’lum gap
C) shaxsi noma’lum gap
D) shaxsi umumlashgan gap
12. Qaysi qatorda atov gap berilmagan?
A) Mehnat. Mehnatning tagi rohat.
B) Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib , saxovat bilan nur sochib turibdi.
C) Sovuq qattiq. Izg`irin ko`z ochirgani qo`ymaydi.
D) Hamon yodimdadir: gul chog`I erdi.
13. Qaysi qatorda shaxsi noma’lum gap berilgan?
A) eshik ochiq bo`lsa ham, so`rab kir.
B) Murojaat matni yozildi, imzolar chekildi.
C) Bugun to`garakka borishimiz lozim edi.
D) dam olish kuni kitobxonlar yig`iniga borish kerak.
14. Qaysi qatorda shaxssiz gapning kesimi III shaxs majhul nisbatdagi buyruq fe’li bilan ifodalangan?
A) Ezgu ishni hech qachon keying qoldirmaslik kerak.
B) Ming xil masala bilan bosh qotirishga to`g`ri keladi
C) U yerga ishdan keyin borilsin
D) Bu ishni shundayligicha qoldirib bo`lmas
15. Shaxsi noma’lum gapni belgilang.
A) El qo`risang, o`zarsan, qo`rimasang, to`zarsan
B) Bu yerda baribir o`qigani qo`yishmayapti
C) Uning ruhiy holati bilan mehnat qobiliyatini bir-biridan ajratib bo`lmayapti.
D) uch kundan beri uni ko`rmayapman
16. Shaxsi noma’lum gapni toping.
A) Bir umr baxtli odam bo`lishni istasang, halol odam bo`l.
B) Haqiqatni yengib bo`lmaydi.
C) Yomon ishlardan tavba-tazarru qilish, umrni qutqarish degan so`z.
D) Ko`rmanani tashlab ketmaysizmi, xola?
17. Shaxsi ma’lum gap qaysi javobda berilgan?
A) Keksalarni qadrlash kerak.
B) Yolg`on aytib foyda ko`rsang, oxirida zarar topasan.
C) Oila farzandlardan boshlanadi.
D) Bu tantanaga ishtirok qilolmaganim uchun sizlardan uzr so`rayman.
18. Atov gap qo`llangan qatorni toping.
A) Haqiqatni yashirib bo`lmaydi.
B) Ko`p yig`lasang, ko`zdan ajraysan.
C) Bu yerda bemorni musiqa bilan davolaydilar.
D) Bahor. Tog`lar, qirlar yashnab ko`rinadi.
19. Qaysi qatordagi gapda shaklan III shaxsni ko`rsatuvchi fe’l II shaxsga qaratilib, shaxsi ma’lum gapning Grammatik asosi bo`lib kelgan?
A) Oriyatsiz odamdan qoch
B) Kiyimiga qarab kutib olib, aqliga qarab kuzatishadi.
C) O`zlarini soya-salqinga olibdilar-da!
D) Hozir bu masalani so`zma-so`z aytib berolmayman.
20. Shaxsi topilmas gapni belgilang.
A) Kiyimni bo`yga qarab bichadilar.
B) Umr bo`yi bilimni boyitib borish lozim
C) Xalqimning baxt-u saodati yo`lida xizmat qilishga tayyorman.
D) Orqadan gapirgan do`st emas.
21. Shaxsi umumlashgan gapni aniqlang.
A)Aruz vaznining ohangini yurak urishiga o`xshataman.
B) Birovning izidan gapirma, yuziga gapir.
C) Zo`r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishishi mumkin.
D) Farzandni gulga, onani bo`stonga o`xshatadilar.
22. Shaxsi noma’lum gapni aniqlang.
A) Go`zallikka boshqa yaxshi fazilatlarni qo`shishga intiling.
B) Yolg`onni hazil bilan ham, jiddiy ham gapirib bo`lmaydi.
C) she’rda aql bovar qilmas sehr bor.
D) Sharqda savdogarlarga alohida hurmat bilan qaraganlar.
23. Rejani yana qaytadan ko`rib chiqishga to`g`ri keladi. Ushbu gap egasiz gaplarning qaysi turiga mansub?
A) Shaxsi noma’lum
B) Shaxsi umumlashgan gap
C) shaxsi ma’lum gap
D) atov gap
24. Shaxsi noma’lum gapni toping.
A) Nimani xor tutsang, shunga zor bo`lasan.
B) Halol odamni badnom qilib bo`lmaydi.
C) Bilmaganni boshqalardan o`rganadilar
D) Sizga baxt tilayman.
25. Shaxssiz gap qaysi qatorda berilgan?
A) Bu xabarni eshitganman.
B) Umrni oqar suvga o`xshatishadi.
C) Mehnat bilan hamma narsaga erishsa, bo`ladi.
D) Oydin kecha. Hali tong otishidan darak yo`q.

Download 21.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling