Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi 214-guruh talabasi Matqurbanova Raximaning hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan mustaqil ta’limi


Download 98.07 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi98.07 Kb.
#1417575
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HO\'AT. Matqurbanova Raxima

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi 214-guruh talabasi Matqurbanova Raximaning hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan mustaqil ta’limi

Mavzu: O’zbek tilshunosligida sodda gaplarning ilmiy o’rganilishi

Reja:

  • Sodda gap haqida umumiy tushuncha.
  • Sodda gap qolipi va uning turlari haqida.
  • Eganing ishtirokiga ko’ra sodda gap turlari.
  • Kesimning ishtirokiga ko’ra sodda gap turlari.
  • To’liq va to’liqsiz gaplar.

Sodda gap — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik. Sodda gap bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qarama-qarshi qoʻyiladi.

  • Sodda gap — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik. Sodda gap bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qarama-qarshi qoʻyiladi.

Sodda gapning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: uning muayyan soʻz shakllari (ran predikativ asosining tarkibiy qismlari) orqali shakllanuvchi sintaktik strukturasi va mazkur tarkibiy qismlarning oʻzaro munosabati; uning semantik strukturasi; soʻz tartibi va ohang; ran predikativ asosining tarkibiy qismlari yoki predikativ asosning kengaytiruvchilari hisoblangan gap boʻlaklari.
Sodda gap tuzilish asosining miqdoriga koʻra, 2 turli boʻladi; ikki tarkibli gap, bir tarkibli gap. Ikki tarkibli gapning predikativ asosi ega va kesim boʻlaklaridan iborat boʻladi (Salqin shamollargina qizning sochlari bilan oʻynashadi. Koʻkda tanho oy kezmoqda). Bir tarkibli gapning predikativ asosi ega yoki kesimga ega boʻladi. Oʻzbek tilida bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari bor: shaxsi aniq gap (Shu yorugʻ yoʻlda sizga zoʻr baxtlar tilayman); shaxsi nomaʼlum gap (Joʻjani kuzda sanaydilar); shaxsi umumlashgan gap (Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil); shaxssiz gap (Toʻrtbesh kundan keyin terimga tushiladi); atov gap yoki nomlovchi gap (Ana sovuq, mana qor! Mana Oʻsarjonning bolasi... Samarqand. Registon maydoni...).

Download 98.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling