Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi 214-guruh talabasi Matqurbanova Raximaning hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan mustaqil ta’limi


Download 98.07 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi98.07 Kb.
#1417575
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HO\'AT. Matqurbanova Raxima

Sodda gap tarkibida kesimlik shakliga ega bo’lgan bitta kesim bo’ladi. Barcha bo’laklar shu kesim atrofiga birlashadi. Sodda gaplar bir qancha xususiyatga ko’ra turlarga ajratiladi. Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra ikki xil bo’ladi: egali gaplar (Biz yangi film tomosha qildik) va ega ishtirok etmagan gaplar (Yangi film tomosha qildik).

Sodda gaplar eganing gapdagi ishtirokiga ko’ra, avvalo, ikki turga bo’lnadi: 1. Egali gaplar (ega ishtirok etgan gaplar). Gap tarkibida ega qatnashadi: Biz ko’p ishladik. 2. Egasiz gaplar (ega ishtirok etmagan gaplar). Gap tarkibida ega ishtirok etmaydi. Bunday gaplarning ayrimlarining kesimiga qarab eganing shaxsini aniqlash mumkin: Ko’p ishladik (ega I shaxs ko’plikda). Ayrim egasiz gaplarda eganing shaxsini aniqlab bo’lmaydi.

Egasiz gaplarning turlari

Shaxsli gaplar (eganing shaxsini aniqlash mumkin):

Shaxssiz gaplar (eganing shaxsini aniqlab bo’maydi):

  • 1. Shaxsi noma’lum gap
  • 2. Atov gap
  • 3. So’z-gap

Shaxsli gaplar

  • Egasi (shaxsi) ma’lum gap. Kesimga qarab egasining shaxsini aniqlash mumkin bo’lgan gap shaxsi ma’lum gap deyiladi: Yutuqlar oldida esankiramaylik (biz). Ishga kechikdi (u).
  • Egasi (shaxsi) umumlashgan gap. Mazmunan har uchala shaxsga taalluqli bo’lgan gap shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi. Shaxsi umumlashgan gapning kesimi, asosan, II shaxs birlikda shakllanadi: Yetti o’lchab bir kes. Avval o’yla, keyin so’yla.

Shaxssiz gaplar

1. Shaxsi noma’lum (topilmas) gap. Kesimiga qarab egasini topib bo’lmaydigan gap shaxsi topilmas (noma’lum) gap deyiladi. Bunday gaplarning kesimi majhul nisbatda bo’lishi, kesim tarkibida bo’ladi, bo’lmaydi, to’g’ri keladi, to’g’ri kelmaydi fe’llari bo’lishi, kesim tarkibida –mas qo’shimchasi bo’lishi yoki harakat nomidan keyin lozim, kerak, zarur, mumkin so’zlari kelishi mumkin: Intizom haqida gapirildi. O’ylashga to’g’ri keladi. Bilib qo’yish kerak. Biroq kesim tarkibida hech qachon egalik qo’shimchasi qo’llanilmaydi.


Download 98.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling