Egey madaniyati. Gomer davri yunonistoni
Gomer davridagi Yunoniston
Download 58.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
2.2. Gomer davridagi Yunoniston
Mil.avv.X1-1X asrlar odatda Gomer davri deb yuritiladi.Bu davr madaniyatini o`rganishda Gomerning ,,Iliada" va ,,Odessiya" dostonlari qimmatli manba hisoblanadi. Gomerning mazkur dostonlari qadimgi yunonlarni ulug`lovchi, yuksakliklarga ko`taruvchi dostonlardir. Chunki, buyuk haykaltarosh Fidiy ta‘kidlaganidek, „Gomerning ,,Iliada" dostonini o`qiganda undagi kishilar obrazi ikki marta ulug’vor bo`lib ko`rinadi". Bu davrning Gomer davri deb atalishida Gomerning ,,Iliada" va ,,Odisseya" dostonlarida qadimgi yunonlarning o`ta ulug`vorlik darajasiga olib chiqilganligi muhim rol o`ynagan. Chunki, ,,Iliada" va ,,Odisseya" dostonlarida oddiy insonlar xudolar darajasiga olib chiqiladi. Yunonistonning oriyat va nomusni inson ahloqiy idealining eng yuqori cho`qqisi deb bilgan qahramonlari Troyaga qarshi kurash olib boradilar. Bu urush bosqinchilik urushi emas, balki toptalgan or-nomusni himoya qilish urushi sifatida talqin etiladi. Bu urushda kishilarning ulug`vor bo`lib ko`rinishining yana bir sababi, xudolar va qahramonlarning hamkorlikda jang olib borganliklaridir. Xudolar ham oddiy insonlar singari jangu-jadalda qatnashadi, tarafkashlik urushida tomonlarni qo`llab-quvvatlab turadi. Aql-idrokda qudratli kuch bo`lgan inson obrazi bu davr madaniyatiga singa boradi. Bu davrga kelib, Krit-Mikena davri dunyoqarashida hukmronlik qilgan mifologik obrazlar, ya‘ni yirtqich hayvonlar obrazi inson ko`z oldida o`z kuchini yo`qota boradi. Mifologik dunyoqarash sifatida shakllangan hodisalar o`zining sir-asrorini ocha boradi. Inson tabiat hodisalarini qanday bo`lsa, shu holda qabul qila boshlaydi. Uning noma‘lum bo`lgan sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga intiladi. U tabiat kuchlari ustidan sehrlash yoki jodu qilish orqali hukmron bo`lishga intilmaydi, balki aql-idorokni ishga solib hukmronlik qilishga intiladi. Bu davrda qadimgi Grek dinining asosiy belgilari shakllana boradi. Ular o`z dinlarini Fessaliya va Makedoniya chegarasida joylashgan Olimp tog`i bilan Olimp dini, Olimp tog`ining qorli cho`qqisini o`z xudolarining yashash joyi deb xisoblaydilar. Qadimgi Yunonlarning tasavvuriga ko`ra, olam dastlab ,,xaos" /tartibsizlik/dan iborat bo`lgan. So`ngra, Zevs boshchiligidagi xudolar olamning turli hodisalarini boshqarib, tartibga keltira boshlaganlar. Zevsning avlodlari butun olamga hukmronlik qila boshlaydilar, ya‘ni butun koinotni o`zlarining mulklariga aylantiradilar. Zevs momaqaldiroq hamda bulutlar sultoni, ma‘budlar ma‘budi bo`lib qoladi. Uning ukasi Poseydon dengizlar hukmdori, yana bir ukasi Aid oxirat xudosi bo`lib tayinlanadi. Zevsning rafiqasi Gera osmon ma‘budasi, ma‘budlar malikasi, homilador ayollar va kelin-kuyovlar raxnamosi hisoblanadi. Zevsning har bir farzandi ikkinchi darajali ma‘bud va mabudalarga aylanadilar. Ular ham olamning turli xil hodisalariga hukmronlik qila boshlaydilar yoki raxnamolarga aylanadilar. Masalan, Gefest-otash, ma‘budi, temirchilar piri; Ares qonli urushlar ma‘budi; Appolon-yorug`lik, san‘at, she‘riyat va musiqa ma‘budi; Artemida-kamar ma‘budasi, o`rmon va o`rmonda yashovchi jonivorlar malikasi; Afina-shaharlar homiysi; Afrodita-go`zallik ma‘budasi; Erot-sevgi ma‘budi; Germes-Ma‘budlar jarchisi, o`lganlar ruhini oxiratga kuzatib boruvchi; Gelios-Quyosh xudosi; Nika-g`alabalar ma‘budasi; Dionis-bog`dorchilik, uzumchilik, vinochilik xudosi; Demetra-tabiat ma‘budasi hisoblangan. Qadimgi Greklarning tasavvuriga ko`ra butun tabiatda ilohiy mavjudotlar yashaydi. Chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echki oyoqli satirlar yashasa, dengizda nayadalar va ayol boshli qush -sirenalar hayot kechiradilar. Qadimgi Yunonistonda xudolarga atab turli-tuman bayramlar tashkil etilgan. Bayramlar diniy xarakterga ega bo`lish bilan birga insonni jismoniy chiniqtirgan, musiqa, poeziya, qo`shiq va boshqa san‘at turlarining rivojlanishiga ham ulkan hissa qo`shgan. Qadimgi yunonlar xudolarga atab tashkil etgan ulkan bayramlardan biri-Olimpiada o`yinlaridir. Olimpiada o`yinlari xar to’rt yilda bir marta ma‘budlar ma‘budi Zevs sharafiga o`tkazilgan. Birinchi Olimpiada o`yini miloddan avvalgi 776 yilda o`tkazilgan. Olimpiada o`yinlari Peloponnesning shimoli-g`arbida joylashgan Olimpiya shahrida o`tkazilgan. Olimpiada o`yinlari tantanali namoyish va qurbonlik qilish bilan boshlangan. Dastlab olimpiadachilar faqat yugurish bo`yicha musobaqalashgan. Vaqt o`tishi bilan olimpiada o`yinlariga kurash, pentatlon/yugurish, uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza otish va kurashdan iborat besh kurash/mushtlashish jangi hamda aravalar poygasi kiritilgan. Olimpiya o`yinlari kunlari dramaturglar, shoirlar, ashulachilar va sozandalar ham baxslashganlar, o`zlari yaratgan asarlarni yig`ilgan xalq hukmiga havola qilganlar. Umuman olganda, olimpiya o`yinlari singari bayram-musobaqalar qadimgi yunon madaniyati, adabiyoti va san‘atining keng ko`lamda rivojlanishida ham muhim rol o`ynagan, ijodkorlarning haqiqiy minbariga aylangan. Qadimgi yunon madaniyati taraqqiyotida yunon yozuvining ahamiyati ham beqiyos katta bo`lgan. Yunon yozuvi mil.avv. IX-VIII asrlarga kelib finikiyaliklar alifbosidan foydalanish asosida vujudga kelgan. Qadimgi yunonlar finikiyaliklarning faqat undosh tovushdan iborat bo`lgan 22 harfidan o`zgartirilgan holda foydalanganlar, ya‘ni greklar o`z alifbolariga unli tovushlarni qo`shib 24 xarfdan iborat o`z alifbolarini tuzganlar. Qadimgi yunon yozuvining ahamiyati, shundaki, slavyan alifbosi grek alifbosi asosida tashkil etilgan. Gomer davri arxitekturasi va san‘atida yuqori badiiy taraqqiyotga erishilmagan bo`lsada, diniy e‘tiqodlar bilan bog`liq bo`lgan terrakota/ma‘budaning kichik haykalchalari/ haykalchalar, yog`och va toshdan ishlangan qupol sanam va butlar ishlangan. Bu davrda hunarmandchilik, kulolchilik va u bilan bog`liq bo`lgan vazaga gul solish san‘ati ravnaq topgan. Vazalar va boshqa sopol idishlar yuzasiga geometrik naqshlar ishlana borgan. Xulosa qilib aytganda, Gomer davri madaniyati-umumyunon madaniyatining ko`zga yaqqol tashlanib turadigan bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davr madaniyati, birinchidan, sistemalashgan diniy qarashlarning vujudga kelishi bilan harakterlanadi. Dastlab xaosdan iborat bo`lgan olam hamda barcha voqea va hodisalarni tartibga solib turadigan o`ziga xos diniy dunyoqarash shakllanadi. Ikkinchidan, diniy dunyoqarashga bog`liq bo`lgan turli xil marosimlar, bayramlar tarkib topa bordi. Birgina olimpiya o`yinlari yoki Dionisga bag`ishlangan bayram marosimlarini olib qarasak, ular diniy qarashlar natijasida vujudga kelganligini ko`ramiz. Tasavvurdagi xudolar, ularning tashqi ko`rinishi-ko`rkamligi, kuch-qudrat ufurib turadigan tashqi qiyofasi to`g`risidagi tasavvurlar, dastlab umum Yunonistonga, so`ngra butun Ellinistik dunyoga keng tarqalgan olimpiya o`yinlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga olib keldi. Uchinchidan, xalq og`zaki ijodining rivojlanishi yozma adabiyotning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bu esa o`z navbatida voqea hamda hodisalarni mifologik tarzda tasvirlashdan realistik tarzda ifodalashga olib keldi. Iskandariya olimlari matematika, tabiiyot va texnika fanlari sohasida ham ulkan yutuqlarga erishadilar. Mashxur matematik Yevklid /mil.avv.Ill asr/ o`zining ,,Negizlar" nomli asari orqali matematika va geometriyaning rivojlanishiga ta‘sir ko`rsatgan bo`lsa, Museyon /Muzey/ kutubxonachisi Erotasfen /mil.avv.272-208 yillar/ esa yer shari aylanasining uzunligini ko`p darajada aniqlik bilan hisoblab chiqib, geografiyaning fizika-matematika asoslarini yaratadi. ,,Geografiya" terminini ham birinchi bo`lib Erotasfen qo`llagan. Ellinistik dunyo madaniyatining rivojida nafaqat Aleksandriya shahri muhim rol o`ynagan, balki Orantdagi Pergam va Antioxiya kabi shaharlar ham fan va madaniyatning yuksalishiga o`z hissasini qo`sha olgan. Ellinistik dunyoning ko`zga ko`ringan olimlaridan Teofrast Afina shahrining, Arximed Sirakuza shahrining dong`ini atrof javonibga tarata olishgan. Injener-ixtirochi hisoblangan Arximed nazariy mexanikaning, gidrostatikaning, sferik geometriya va trigonometriyaning asoslarini yaratib bergan. Shuning uchun Arximed katta sonlarni hisoblab chiqishning arifmetik uslublarini takomillashtiradi va oliy matematikaning hisoblash uslublarini yaratishda dastlabki ilmiy izlanishlarni amalga oshiradi. U Misrda dalalarni sug`orish uchun chig`iriq - Arximed parragini yasaydi. Quldorlik jamiyati sharoitida texnikaning yuksalishi ellinistik madaniyatining yana bir hususiyati edi. Qadimgi Sharq va qadimgi yunonlar tajribasiga suyanish mehnat qurollari, hunarmandchilik va hayvon kuchi bilan harakatlanuvchi nomurakkab mexanizmlarning takomillashuviga olib keladi. Harbiy va binokorlik texnikasida katta yutuqlarga erishiladi. Ellinizm davri sanatiga to`xtaladigan bo`lsak, bu davr hukmdorlari o`zlarining saltanatlarini muhtasham binolar, ajoyib san‘at namunalari bilan boyitishga harakat qiladilar. Bu davrda san‘atning yangidan-yangi janrlari yuzaga kelib, Park-bog` san‘ati bilan bog`liq bo`lgan dekorativ haykaltaroshlik keng tarqaladi. Ijtimoiy binolar, teatr, hukmdorlarning saroy va Qasrlari, turli park va bog`lar, sport maydonlari va savdo markazlari vujudga keladi hamda ular o`zining serhashamligi va serfayzligi bilan ajralib turadi. Bu davr me‘morlari devorga yopishib turgan ustun va yarim Ustunlardan binoni bezash maqsadida foydalana boshlaydilar. Qadimgi Gretsiyada ibodatxona shahar markazi rolini o`ynagan bo`lsa, endilikda katta ma‘muriy bino oldidagi maydon yoki savdo uchun mo`ljallangan maydonlarga alohida e‘tibor berila boshlanadi. Hulosa qilib aytganda, qadimgi Sharq va yangi davr Yevropa madaniyatning bir-biri bilan bog`lab turuvchi antik davr yunon madaniyati o`z ahamiyati jihatidan umuminsoniy madaniyatning bir bo`lagi hisoblanadi. Birinchi navbatda qadimgi yunon fani va falsafasi keyingi davr insoniyat ilmiy va falsafiy tafakkuri taraqqiyoti uchun zamin bo`lib qoldi. Chunki eng qadimgi sodda materialistik falsafa olam va uning hodisa hamda voqealariga yangicha-ilmiy-moddiy tafakkur nuqtai nazaridan turib yondoshishni boshlab berdi. Ikkinchidan, qadimgi yunon yozuvi ko`pgina Yevropa xalqlari yozuvining shakllanishiga asos bo`lib xizmat qildi. Uchinchidan, qadimgi Gretsiya teatr va dramaturgiyaning vatani hisoblanadi. To`rtinchidan, qadimgi yunon arxitekturasi, haykaltaroshligi va tasviriy san‘ati keyingi davrlar san‘atining umumtaraqqiyotiga kuchli tasir ko`rsatdi. Beshinchidan, hozirgi paytda xalqlar va millatlar o`rtasidagi do`stlik aloqalarini o`rnatishda muhim rol o`ynayotgan Olimpiada o`yinlari ham dastlab ana shu qadimgi yunonlarning eng sevimli bayram va sport musobaqasi hisoblangan. Oltinchidan, qadimgi yunonlarning matematika, geometriya, astronomiya, fizika, geografiya, tarix va boshqa fanlari umuminsoniyat tomonidan zrishilgan fan-texnika taraqqiyotiga samarali tasir ko`rsatgan. XULOSA Hulosa qilib aytganda, qadimgi Sharq va yangi davr Yevropa madaniyatning bir-biri bilan bog`lab turuvchi antik davr yunon madaniyati o`z ahamiyati jihatidan umuminsoniy madaniyatning bir bo`lagi hisoblanadi. Birinchi navbatda qadimgi yunon fani va falsafasi keyingi davr insoniyat ilmiy va falsafiy tafakkuri taraqqiyoti uchun zamin bo`lib qoldi. Chunki eng qadimgi sodda materialistik falsafa olam va uning hodisa hamda voqealariga yangicha-ilmiy-moddiy tafakkur nuqtai nazaridan turib yondoshishni boshlab berdi. Ikkinchidan, qadimgi yunon yozuvi ko`pgina Yevropa xalqlari yozuvining shakllanishiga asos bo`lib xizmat qildi. Uchinchidan, qadimgi Gretsiya teatr va dramaturgiyaning vatani hisoblanadi. To`rtinchidan, qadimgi yunon arxitekturasi, haykaltaroshligi va tasviriy san‘ati keyingi davrlar san‘atining umumtaraqqiyotiga kuchli tasir ko`rsatdi. Beshinchidan, hozirgi paytda xalqlar va millatlar o`rtasidagi do`stlik aloqalarini o`rnatishda muhim rol o`ynayotgan Olimpiada o`yinlari ham dastlab ana shu qadimgi yunonlarning eng sevimli bayram va sport musobaqasi hisoblangan. Oltinchidan, qadimgi yunonlarning matematika, geometriya, astronomiya, fizika, geografiya, tarix va boshqa fanlari umuminsoniyat tomonidan zrishilgan fan-texnika taraqqiyotiga samarali tasir ko`rsatgan. Umuman olganda bu davr san‘atining asosiy hususiyati shunda ediki, san‘atkorlar insoniyat tarixida birinchi marta o`z ijodlarini qat‘iy aniq ilmiy asosga qurib, odam bolasining tanasidagi hatto eng kichik a‘zolarini ham aniq mutanosib uyg`unlikda tasvirlaganlar va abadiy barhayot go`zallik yaratib qoldirganlar. Demokrit, Platon, Aristotel, Epikurlarning falsafiy ta‘limotlariga kuchli ta‘sir ko`rsatgan. Xulosa qilib aytganda, arxaika davri ijodkorlarining dunyoqarashi ruhiy holatlari, his-tuyg`ulari va kechinmalarini, hatto, ijtimoiy hayot voqealarini aks ettiruvchi falsafiy tafakkur, san‘at va adabiyotning yangidan-yangi yo`nalishlarining shakllanishiga to`rtki beradi. Birgina diniy dunyoqarashning sistemalashuvi o`ziga xos ilmiy dunyoqarash - materalistik dunyoqarashning paydo bo`lishiga olib keldi. Bu esa o`z navbatida qadimgi yunon fani asoslarining shakllanishi va taraqqiy etishiga kuchli turtki berdi. Gomer davri madaniyati-umumyunon madaniyatining ko`zga yaqqol tashlanib turadigan bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davr madaniyati, birinchidan, sistemalashgan diniy qarashlarning vujudga kelishi bilan harakterlanadi. Dastlab xaosdan iborat bo`lgan olam hamda barcha voqea va hodisalarni tartibga solib turadigan o`ziga xos diniy dunyoqarash shakllanadi. Ikkinchidan, diniy dunyoqarashga bog`liq bo`lgan turli xil marosimlar, bayramlar tarkib topa bordi. Birgina olimpiya o`yinlari yoki Dionisga bag`ishlangan bayram marosimlarini olib qarasak, ular diniy qarashlar natijasida vujudga kelganligini ko`ramiz. Tasavvurdagi xudolar, ularning tashqi ko`rinishi-ko`rkamligi, kuch-qudrat ufurib turadigan tashqi qiyofasi to`g`risidagi tasavvurlar, dastlab umum Yunonistonga, so`ngra butun Ellinistik dunyoga keng tarqalgan olimpiya o`yinlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga olib keldi. Uchinchidan, xalq og`zaki ijodining rivojlanishi yozma adabiyotning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bu esa o`z navbatida voqea hamda hodisalarni mifologik tarzda tasvirlashdan realistik tarzda ifodalashga olib keldi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI: Karimov İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. Boynazarov F. A. Kadimgi dunё tarixi. Toshkent 2004. Lentsman Ya. A. Rabstvo v mikenskoy i gomerovskoy Gretsii. M., 1963. Lure S. Ya. Yazık i kultura mikenskoy Gretsii. M.-L., 1957. Pendlberi Dj. Arxeologiya Krita. M., 1950. Polyakova G. F. Sotsialno-politicheskaya struktura pilosskogo obshestva. M., 1978. Download 58.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling