Egey madaniyati. Gomer davri yunonistoni


Egey madaniyati va uning kelib chiqish


Download 49.33 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi49.33 Kb.
#1413113
1   2   3   4   5
Bog'liq
EGEY MADANIYATI. GOMER DAVRI YUNONISTONI

Egey madaniyati va uning kelib chiqish.

Kritmiken madaniyati — Kiklad, Krit o., Yunonistonning materik qismi va Kichik Osiyo (Gʻarbiy Anadolu)dagi jez davri tamaddunining umumiy nomi (miloddan avvalgi 3—2ming yillik). Uning asosiy markazlari Miken (G.Shliman) va Krit (A.Evans)dagi qazishmalar natijasida ochilgan. Bir qancha lokal arxeologik madaniyatlarga ajratilgan: Kritdagi madaniyat, orolning afsonaviy podshosi Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb atalgan; Yunoniston materik qismining turli qismidagi madaniyatlar — fessaliya, makedon, ellada madaniyatlari; Kichik Osiyodagi — gʻarbiy anadolu madaniyati; Kikladdagi — kiklad madaniyati deb nom olgan. Egey madaniyati 3 davrga boʻlinadi: ilk (ellada madaniyati uchun — miloddan avvalgi 3000— 2100/1900-yillar, minoy madaniyati uchun — miloddan avvalgi taxminan 3000—2200-yillar), oʻrta (tegishli ravishda, miloddan avvalgi taxminan 2100/1900—1580-yil va miloddan avvalgi taxminan 2200—1700-yillar), soʻnggi (tegishli ravishda, miloddan avvalgi taxminan 1580— 1200-yillar va miloddan avvalgi taxminan 1700— 1150-yillar). Gʻarbiy Anadolu va Oʻrta Yunoniston madaniyatlari mahalliy neolit davri madaniyati, Egey dengizi sharkiy qismidagi orollar madaniyati asosida vujudga kelgan va Troya madaniyati taʼsirida taraqkiy etganlar. Egey madaniyati notekis rivojlangan. Uning markazlari turli davrda yuksalish va tanazzul davrini kechirgan.


Ingliz arxeologi A. Evans Egey madaniyati boʻyicha tadqiqot ishlari olib borib, koʻp jildli ilmiy asarlar yaratgan. Egey madaniyati ga oid piktografik yozuvlarni oʻrgangan.
Egey madaniyatiga oid obidalar mahalliy aholining Misr va Odd Osiyo bilan yaqin aloqada boʻlganini koʻrsatadi (Misr va Suriyada Egey sanʼati yodgorliklari, Krit o.da esa Misr va Old Osiyo sanʼati namunalari topilgan). Krit sanʼati oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Egey madaniyatining muhim markazlaridan biri Knos shahridagi Hukmdorlar saroyi (taxminan miloddan avvalgi 2000-yildan soʻng) qoldiqlari saqlangan. Saroy murakkab tarhli (16 ming m2ga yaqin maydonini egallagan), koʻp marta qayta qurilgan, 3 qavatli boʻlib, xonalar ustunli, tor hovlili, yuqori qavatlarga zinapoyalardan chiqilgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 1-yarmiga mansub kichik saroy, podsho villasi, karvonsaroy, 2—3 qavatli turar joylar qazib oʻrganilgan. Knos, AgiaTriadada mineral boʻyoq bilan ishlangan freska qoldiqlari topilgan, ularda akrobatika oʻyinlari, suhbatlashayotgan ayollar, hayvon, oʻsimliklar aks ettirilgan. Ayniqsa, Krit vaza rassomligi diqqatga sazovor. Suyak haykalchalar koʻp ishlangan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik va 2-ming yillikning boshlarida Kikladda marmar ayol haykalchalari ishlash, sopol idishlar sanʼati rivojlangan. Tirinf akropoli — mustahkamlangan tepalik (miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalari)da bino qoldiqlari saqlangan; bu bino qadimiy yunon ibodatxonalariga namuna boʻlgani koʻrinadi. Devoriy rasmlarda jang lavhalari aks ettirilgan. Mikenda relyef bilan bezatilgan "Sherdor darvoza", usti tuproq bilan gumbazsimon qilib yopilgan maqbara saqlangan. Maqbaralardan topilgan oltin va kumush bezak buyumlari zargarlik rivojlanganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxirlarida doriy qabilalari hujumi oqibatida Egey madaniyati markazlari vayron qilingan. Egey sanʼati yunon sanʼatiga samarali taʼsir koʻrsatgan.
Miken madaniyati ilk Miken (er.avv.1700 yillarga yaiqn 1550 yillargacha). O’rta 
Miken (1550-1400), so’nggi Miken (1400-1200) davrlariga bo’linadi.
Er. avv. III ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida qabilalarning ko’chishi 
bilan jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga 
ko’ra bu vaqtda Sharqiy O’rta Yer dengizi qirg’og’ida hind-yevropa tillarida 
so’zlashuvchi etnik guruhlar paydo bo’ladi. 
Er. avv. II ming yillik boshlarida kulolchilikda, kumushga ishlov berish 
ishlarida, urf-odat, an’analarda (jumladan, uy ichida, pol ostida yoki devor orasida 
bolalar qabri) yangi jihatlar paydo bo’ladi. Yangi etnik birliklar eskilari bilan 
aralashaib yangi moddiy va ma’naviy madaniyatini vujudga keltirdilar.
Taxminan, er. avv. XVIII asr oxirlarida Bolqon Yunonistonida 
mustahkamlangan kichik-kichik qishloqlar ko’plab paydo bo’ladi. Qabrlarda metall 
qurollar uchramaydi. Bolqon Yunonistonini Kritdan (qabrlarda krit ko’zalari, krit 
namunasiga taqlid qilib yasalgan sopol buyumlar) boshqa hududlar bilan aloqalar 
deyarli yo’q. Er. avv. 1600 yillar atrofida Kritda yuksak rivojlangan madaniyat 
mavjud bo’lgan paytda Bolqon Yunonistonida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. 
Markaziy va janubiy Yunoniostonda qudratli markaz Mikena shahri va boshqa ilk 
shaharlar shakllana boshlaydi. 
Egey havzasida 400 yil davomida bir xil madaniyatni mavjud bo’lishi uni shartli 
ravishda “Miken” madaniyati deb atalishiga sabab bo’ldi. Mikena siyosiy markaz 
sifatida o’z hukmronligini keng qamrovda amalga oshira olmadi. Faqat Mikenada 
olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Mikena madaniyatiga mansub 
inshootlar qazib ochilgan. 1876 yilda arxeolog G.Shliman Mikenada qoyaga o’yilgan shaxta tipidagi qabrlarni topdi. Qabrlarda kumush va oltin bilan bezatilgan bronza (jez) qilichlar, oltin va kumush qadahlar, tilla niqoblar va boshqa buyumlar topildi. Qabr toshlarida ov va jang lavhalari tasvirlangan.
Er. avv. XV asrdan boshlab Mikenada va Yunonistonning boshqa viloyatlarida 
gumbazli qabrlar rasm bo’la boshladi. Bunday qabrlarda hokimlar dafn qilingan. 
Mikenadagi mashhur “Agamemnon qabri” hashamatli va ulug’vor qilib qurilgan. 5 
metrgacha balandlikda bo’lgan og’ir eshiklar, usti har biri taxminan 120 tonna 
keladigan ikki xarsang tosh bilan yopilgan. Qabrlarda ko’p miqdorda qimmatli 
buyumlar qurol-yarog’lar topilgan. Mikena madaniyatining kulolchilik mahsulotlari.
Rodos, Kipr, Kichik Osiyo, Misr, Sitsiliya va Janubiy Italiyaga chiqarilgan. Bolqon Yunonistonida Er. avv. 1400 yildan boshlab mustahkamlangan qo’rg’onlar (Terin, Mikena, Afina, Fiva, Iolik) paydo bo’ladi.
Mikena san’ati ko’p jihatdan Krit madaniyati bilan o’xshash. Mikena tasviriy 
san’atida mavhum va o’simliklar tasviri, hashamatli kiyingan kishilarni bir xildagi 
tantanali yurishlar, tasvirlarda statiklik, shartlanganlik hukm suradi. Bu davrda
monumental me’morchilik mavjud emas. Diniy tasavvurlar to’g’risida ma`lumotlar 
juda kam. Diniy rasm-rusmlar gemma va muxrlarda ifodalangan, joylarda diniy 
topilmalar mehroblar topilgan.
XX asrning 60 yillarida Mikena akropolida (mustahkamlangan qalba) diniy 
marosimlar bajariladigan markaz topildi. Markazda qo’llarini yuqoriga ko’targan 16 ta loy haykalcha, loydan yasalgan ilonlar va mexrob bor. Muqaddas joy yaqinida 
turar joy binosi bo’lib, tadqiqotchilarning fikricha bu binoda bosh kohin yashagan. 
1953 yil ingliz olimlari Ventris va Chedvik Mikena saroylari buyumlarida sanoq 
hisob-kitoblar to’g’risida ma’lumot beradigan loy taxtachalardagi mikena yozuvlarini o’qidilar.
Er. avv. 1000 yillikni oxirida Kipr Kichik Osiyodagi panfiliyalik axeylar 
tomonidan o’zlashtiriladi. Er. avv. XIV asrda Kichik Osiyoda Axaya davlati mavjud bo’lgani to’g’risida mixxat yozuvlari ma’lumot beradi. Xett manbalarida (XIV-XIII asrlarda) Axaya deb atalgan davlatni tadqiqotchilar Bolqon yarim oroli Kichik Osiyo va Rodos orolida deb turli farazlar qiladilar.
Er. avv. XII asr boshida Sharqiy O’rta yerdengizining osiyo qirg’og’ida 
filimstinlar deb atalgan xalqlar o’rnashadi. Ularning manzilgohlarida bu erda ilgari 
bo’lmagan shu yerning o’zida ishlab chiqarilgan mikena sopol buyumlari ko’plab 
topilgan. Bu vaqtda Bolqon Yunonistoniga shimoldan turli qabila guruhlari 
migratsiyasi boshlanadi. Yodgorliklarda moddiy – ma’naviy madaniyatning 
tushkunligi ko’rinadi. Bu vaqtdan boshlab lekin temir o’zlashtirila boshlanadi. Eng 
avvalo Peloponnes yarim oroli va Kritga doriylar kelib o’rnashadilar. Troya urushi 
to’g’risida muammoli fikrlar juda ko’p. Qadimgi Troya Kichik Osiyoda joylashgan 
bo’lib, yer er. avv. 3000-yillik atrofida bronza asrida o’zlashtiriladi. Lekin bu Troya 
Mikenadagi shaxta qabrlaridan yosh jihatdan 600 yil katta bo’lgan va Bolqon yarim 
XIX asrdan so’ng Egey dengizi orollarida ham faol arxeologik qazilma ishlar 
olib borildi. Ingliz arxeologik ekspeditsiyasi Antikoros orolida bronza davri 
yodgorliklarini topdi. Shundan so’ng Melos, Seros, Spornos, Loros, Naksos 
orollarida arxeologik qazish ishlari olib borildi. 1967 yil arxeologlar Fera oroligidan 
Akrotir shahrini topishdi. Uni Egey Pompeyasi deb atashgan. 1932 yil yosh yunon arxeologi Spiridan Marinotos Minos orolining yirik porti Amnissni topdi. U 
arxeologik ishlarda Strabonning “Geografiya” asaridan keng foydalandi.
Kiklada Krit shimolidagi Egey dengizidagi ko’pgina orollar majmuasidir. Ularni 
greklar “kikladalar” ya’ni aylana deyishgan. Kiklada madaniyati uch yirik davrga 
bo’linadi: 

  • Qadimgi kiklad davri (2700-2300) 

  • O’rta kiklad davri (2300-1500) 

  • So’ngi kiklad davri (1500-1100)

Kiklad madaniyati bronza davri madaniyati bo’lib orollardan bronzadan 
yasalgan mehnat qurollari, sopol buyumlar, zeb-ziynatlar topilgan. Rassomchilikda 
freska tasvir san’ati yuksak rivojlangan. Eng mashhur freskalar “Ikki ayol jangi” va 
“antilopalar” tasviridir. Kiklad madaniyati shakllarida Kichik Osiyo orollari muhim 
ahamiyat kasb etgan.
Miloddan avvalgi III ming yilliklar boshlariga kelib keyingi davr, umuminsoniyat madaniy taraqqiyotiga kuchli ta‘sir ko`rsatgan qadimgi yunon madaniyatining kurtaklari paydo bo`la boshlagan. Bu madaniyatning yuksak darajada rivojlanishi qo`shni davlatlar, ayniqsa, qadimgi Rim madaniyatining yuksalishiga sabab bo`lgan.
Qadimgi yunon madaniyati o`zining ulug`vorligi, nafisligi, qamrab olgan ko`lamining kengligi bilan hozirgacha kishilarni hayratlantirib keladi. Qadimgi yunonlar tomonidan vujudga keltirilgan madaniyat inson tafakkurining naqadar kengligi va bitmas-tuganmasligini ko`rsatib berdi. Hozirgi zamon san‘ati va adabiyotining ko`pgina tur va janrlarining shakllanishiga sabab bo`ldi.
Yunon madaniyati o`sha davr kishilarining his-tuyg`ulari, intilishlari-yu, orzu-umidlari va ruhiy holatlarining ifodasi sifatida shakllangan. Yunonistonlik buyuk tafakkur egalari g`oyaviy va badiiy jihatdan yuksak darajadagi asarlar yaratishib, insoniyat uchun abadiy muammo hisoblangan vatanparvarlik, jasurlik, insoniy qudrat, kurashchanlik kabi hislatlarni madh etishib, pastkashlik, qurqoqlik, sotqinlik kabilarni qoralaganlar.
Qadimgi yunon madaniyati inson badiiy tafakkurining shunday cho`qqisiga chiqqanki, butun Yevropa xalqlari o`z madaniyatlarini taraqqiy ettirishda mazkur xalq madaniyatiga etalon sifatida qaraganlar. Hatto diniy mutaassiblik hukmronlik qilgan O`rta asrlarda ham Yevropa madaniyati qadimgi yunon madaniyatidan kuch olgan.
Uyg`onish davrida esa Yevropa xalqlari antik davr/,,antik"so`zi lotincha so`zdan olingan bo`lib, ,,qadimgi"degan ma‘noni anglatadi/ madaniyatidan madad olib butun Yevropani chulg`ab olgan mutaassiblik va xurofotga qarshi kurashganlar.
Qadimgi yunon madaniyatining taraqqiyot bosqichlari to`g`risida to`liqroq tasavvurga ega bo`lish uchun uni davriylashtirib o`rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki, har bir tarixiy-madaniy bosqichda bir-biridan farqlanib turadigan mazmunan boy va g`oyaviy jihatdan mukammal madaniy boyliklar yaratilganligi ko`zga tashlanadi.
Qadimgi yunon madaniyatini o`rganar ekanmiz quyidagi bosqichlarning madaniy hayoti va ma‘naviy-badiiy tafakkurining asosiy jihatlarini tahlil qilamiz.
Qadimgi yunon madaniyatining dastlabki bosqichi ,,Krit-Mikena" yoki Egey madaniyati deb nomlanadi. Bu davr madaniyati asosan mil.avv.II ming yilliklarda juda katta ko`tarilishta ega bo`lib, bir muncha sodda ko`rinishda bo`lsa-da arxitektura, tasviriy san‘at, haykaltaroshlik va diniy qarashlarda o`z aksini topgan.
Krit madaniyati mil.avv. III - II ming yilliklarda shakllanish jarayonini boshdan kechiradi va mil.avv. XVI asrdan boshlab Gretsiyaning quruqlikdagi hududlari, ayniqsa, Mikena madaniyatiga kuchli ta‘sir ko`rsatadi. Krit orollari va quruqlik-Elladada /Mikena deb ham yuritiladi/ olib borilgan arxeologik qazishmalar natijada topilgan ko`plab ashyoviy dalillar qadimgi yunon madaniyatining qay tarzda rivojlanganligini ko`rsatadi.
Mazkur bosqichning ,,Krit-Mikena"deb atalishiga asosiy sabab, ingliz arxeologi A.Evans XIX asrning 90 yillarida Krit orollarida katta qazishma ishlarini olib bordi. Natijada nemis arxeologi G.Shliman tomonidan 1874 yilda Peloponnesning shimoliy-sharqiy qismi - Mikeanada topilgan madaniy qatlamdan ham ko`ra qadimiyroq bo`lgan madaniy qatlamni ochadi. Shu boisdan, XX asrning birinchi o`n yilliklaridan boshlab ilmiy adabiyotlarda ana shu ikkala hudud nomidan kelib chiqib, , ,Krit-Mikena madaniyati'' atamasi ishlatila boshlangan.
Taxminan,mil.avv.II ming yillikda qurilgan Knoss saroyi qoldiqlari qadimgi Kritda arxitektura, tasviriy san‘at ancha Rivojlanganligini ko`rsatadi. A.Evansning ko`rsatishicha, Knoss saroyi uch va hatto to`rt qavatli qilib qurilgan. Saroy markazida xalq yig`inlari o`tkazilib turiladigan zal mavjud bo`lgan. Sopol quvurlar orqali saroyda ishlatilgan tashlandiq suvlar oqizilib turilgan. Saroy binolarining devorlariga o`simliklar, g`aroyib hayvonlar suratlari va saroy ahlining hayotini tasvirlovchi rasmlar chizilgan. Krit arxitektorlari yuqoriga kengayib boruvchi ustunlardan ustalik bilan foydalanganlar. Bu esa saroy xonalarining hashamdorligini yanada oshirgan.
Kritliklar madaniyati rivojlanishining asosiy sabablaridan yana biri - kritliklar ko`proq dengizda suzish uchun ko`plab qayiqlar, so`ngra yirik kemalar qurishga majbur bo`lganlar. Natijada hunarmandchilik yanada rivojlangan. Boshqa tomondan esa ular kemalarda suzishib Shimoliy Afrika, Misr va Old Osiyo hududlari bilan madaniy va savdo aloqalarni o`rnatganlar. Mazkur aloqalar natijasida kritliklar Sharqning keng rivojlangan madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`lganlar. A.Evans qazishmalari natijasida topilgan ko`plab piktografik va ieroglif yozuvlar tushirilgan sopol lavhalar kritliklar o`z yozuv belgilarini yaratishda mil.avv. Ill ming yillikda, Shumer, Finikiya, Misrda keng tarqalgan suratli va belgili yozuvlardan foydalanganliklarini ko`rsatadi. Natijada kritliklar taxminan mil.avv. XVII asrlarga kelib o`zlarining bo`g`in chiziqli yozuvlarini vujudga keltirganlar.
Kritliklarning diniy qarashlari bir muncha sodda ko`rinishda bo`lgan. Shu sababli ular yirik-yirik ibodatxonalar qurmaganlar. Diniy topinish markazlari kichik-kichik sajdagohlap va mehroblar shaklida bo`lgan. Ularning dastlabki diniy qarashlari totemistik ko`rinishda bo`lgan. Keyinchalik Kritda xudo Zevs to`g`risidagi tasavvurlar vujudga kela borgan. Muayyan davr ichida bu tasavvurlar sistemalashib, turli xil afsonalarning paydo bo`lishiga olib kelgan. Bir afsonada ko`rsatilishicha, yunonlarning bosh xudosi, mabudlar ma‘budi Zevs Kritda to`g`ilgan. So`ngra Zevs dengiz to`lqinlaridan o`tib Finikiya malikasi go`zal Yevropani Kritga olib keladi. Ulardan Kritning eng odil hukmdori Minos to`g`iladi.
Mil.avv.II ming yillikdayoq oltindan mashhur Krit zargarlik buyumlari yasalgan. Kritlik kulollar sopol idishlarni nihoyatda bejirim qilib yasaganlar va ularning tashqi tomonidan o`simliksimon naqshlar bilan bezaganlar. Shuningdek, kulollar pishiq loydan ma‘bud va ma‘budalarning, odamlar va hayvonlarning haykalchalarini yasaganlar.
Miloddan avvalgi III-II ming yilliklar davri materik /quriqlik/ uchun ellada davri deb, orollar uchun ellada davri deb atalgan. Shuningdek, ellada davri mikena davri deb ham atalgan. Mikenadagi ko`plab saroylarning ichki binolari har xil freskalar /devor yuzasiga tushiriladigan rang tasvir surat / bilan bezatilgan. Shuningdek, ayrim suratlarda urush manzaralari tasviri ham uchraydi. Mikena /Tirinf/ da joylashgam shox Atrey maqbarasi arxeologlar tomonidan o`rganilganida u yerdan oltin, tog` xrustallaridan ishlangan idishlar, sher boshli oltin vaza, kabutarlarning bo`rtma suratlari tushirilgan oltin qadax va boshqa buyumlar topilgan. Bu buyumlar Mikena hunarmandchiligi va halq amaliy san‘ati ham nihoyatda rivojlanganligini ko`rsatadi. Umuman, Krit-Mikena davri madaniyati qadimgi yunon madaniyatining sodda ko`rinishdagi rivojlanish bosqichi bo`lib, keyingi davr arxitektura, tasviriy san‘at, xalq, amaliy san‘ati vadiniy qarashlarning shakllanishiga samarali ta‘sir ko`rsatadi.
Aql-idrokda qudratli kuch bo`lgan inson obrazi bu davr madaniyatiga singa boradi. Bu davrga kelib, Krit-Mikena davri dunyoqarashida hukmronlik qilgan mifologik obrazlar, ya‘ni yirtqich hayvonlar obrazi inson ko`z oldida o`z kuchini yo`qota boradi. Mifologik dunyoqarash sifatida shakllangan hodisalar o`zining sir-asrorini ocha boradi.
Inson tabiat hodisalarini qanday bo`lsa, shu holda qabul qila boshlaydi. Uning noma‘lum bo`lgan sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga intiladi. U tabiat kuchlari ustidan sehrlash yoki jodu qilish orqali hukmron bo`lishga intilmaydi, balki aql-idorokni ishga solib hukmronlik qilishga intiladi.
Bu davrda qadimgi Grek dinining asosiy belgilari shakllana boradi. Ular o`z dinlarini Fessaliya va Makedoniya chegarasida joylashgan Olimp tog`i bilan Olimp dini, Olimp tog`ining qorli cho`qqisini o`z xudolarining yashash joyi deb xisoblaydilar.
Qadimgi Yunonlarning tasavvuriga ko`ra, olam dastlab ,,xaos" /tartibsizlik/dan iborat bo`lgan. So`ngra, Zevs boshchiligidagi xudolar olamning turli hodisalarini boshqarib, tartibga keltira boshlaganlar. Zevsning avlodlari butun olamga hukmronlik qila boshlaydilar, ya‘ni butun koinotni o`zlarining mulklariga aylantiradilar. Zevs momaqaldiroq hamda bulutlar sultoni, ma‘budlar ma‘budi bo`lib qoladi. Uning ukasi Poseydon dengizlar hukmdori, yana bir ukasi Aid oxirat xudosi bo`lib tayinlanadi. Zevsning rafiqasi Gera osmon ma‘budasi, ma‘budlar malikasi, homilador ayollar va kelin-kuyovlar raxnamosi hisoblanadi. Zevsning har bir farzandi ikkinchi darajali ma‘bud va mabudalarga aylanadilar. Ular ham olamning turli xil hodisalariga hukmronlik qila boshlaydilar yoki raxnamolarga aylanadilar. Masalan, Gefest-otash, ma‘budi, temirchilar piri; Ares qonli urushlar ma‘budi; Appolon-yorug`lik, san‘at, she‘riyat va musiqa ma‘budi; Artemida-kamar ma‘budasi, o`rmon va o`rmonda yashovchi jonivorlar malikasi; Afina-shaharlar homiysi; Afrodita-go`zallik ma‘budasi; Erot-sevgi ma‘budi; Germes-Ma‘budlar jarchisi, o`lganlar ruhini oxiratga kuzatib boruvchi; Gelios-Quyosh xudosi; Nika-g`alabalar ma‘budasi; Dionis-bog`dorchilik, uzumchilik, vinochilik xudosi; Demetra-tabiat ma‘budasi hisoblangan.
Qadimgi Greklarning tasavvuriga ko`ra butun tabiatda ilohiy mavjudotlar yashaydi. Chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echki oyoqli satirlar yashasa, dengizda nayadalar va ayol boshli qush -sirenalar hayot kechiradilar.
Qadimgi Yunonistonda xudolarga atab turli-tuman bayramlar tashkil etilgan. Bayramlar diniy xarakterga ega bo`lish bilan birga insonni jismoniy chiniqtirgan, musiqa, poeziya, qo`shiq va boshqa san‘at turlarining rivojlanishiga ham ulkan hissa qo`shgan.
Qadimgi yunonlar xudolarga atab tashkil etgan ulkan bayramlardan biri-Olimpiada o`yinlaridir. Olimpiada o`yinlari xar to’rt yilda bir marta ma‘budlar ma‘budi Zevs sharafiga o`tkazilgan. Birinchi Olimpiada o`yini miloddan avvalgi 776 yilda o`tkazilgan. Olimpiada o`yinlari Peloponnesning shimoli-g`arbida joylashgan Olimpiya shahrida o`tkazilgan. Olimpiada o`yinlari tantanali namoyish va qurbonlik qilish bilan boshlangan. Dastlab olimpiadachilar faqat yugurish bo`yicha musobaqalashgan. Vaqt o`tishi bilan olimpiada o`yinlariga kurash, pentatlon/yugurish, uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza otish va kurashdan iborat besh kurash/mushtlashish jangi hamda aravalar poygasi kiritilgan. Olimpiya o`yinlari kunlari dramaturglar, shoirlar, ashulachilar va sozandalar ham baxslashganlar, o`zlari yaratgan asarlarni yig`ilgan xalq hukmiga havola qilganlar.
Umuman olganda, olimpiya o`yinlari singari bayram-musobaqalar qadimgi yunon madaniyati, adabiyoti va san‘atining keng ko`lamda rivojlanishida ham muhim rol o`ynagan, ijodkorlarning haqiqiy minbariga aylangan.
Qadimgi yunon madaniyati taraqqiyotida yunon yozuvining ahamiyati ham beqiyos katta bo`lgan. Yunon yozuvi mil.avv. IX-VIII asrlarga kelib finikiyaliklar alifbosidan foydalanish asosida vujudga kelgan. Qadimgi yunonlar finikiyaliklarning faqat undosh tovushdan iborat bo`lgan 22 harfidan o`zgartirilgan holda foydalanganlar, ya‘ni greklar o`z alifbolariga unli tovushlarni qo`shib 24 xarfdan iborat o`z alifbolarini tuzganlar. Qadimgi yunon yozuvining ahamiyati, shundaki, slavyan alifbosi grek alifbosi asosida tashkil etilgan.
Gomer davri arxitekturasi va san‘atida yuqori badiiy taraqqiyotga erishilmagan bo`lsada, diniy e‘tiqodlar bilan bog`liq bo`lgan terrakota/ma‘budaning kichik haykalchalari/ haykalchalar, yog`och va toshdan ishlangan qupol sanam va butlar ishlangan. Bu davrda hunarmandchilik, kulolchilik va u bilan bog`liq bo`lgan vazaga gul solish san‘ati ravnaq topgan. Vazalar va boshqa sopol idishlar yuzasiga geometrik naqshlar ishlana borgan.
Xulosa qilib aytganda, Gomer davri madaniyati-umumyunon madaniyatining ko`zga yaqqol tashlanib turadigan bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davr madaniyati, birinchidan, sistemalashgan diniy qarashlarning vujudga kelishi bilan harakterlanadi. Dastlab xaosdan iborat bo`lgan olam hamda barcha voqea va hodisalarni tartibga solib turadigan o`ziga xos diniy dunyoqarash shakllanadi. Ikkinchidan, diniy dunyoqarashga bog`liq bo`lgan turli xil marosimlar, bayramlar tarkib topa bordi. Birgina olimpiya o`yinlari yoki Dionisga bag`ishlangan bayram marosimlarini olib qarasak, ular diniy qarashlar natijasida vujudga kelganligini ko`ramiz. Tasavvurdagi xudolar, ularning tashqi ko`rinishi-ko`rkamligi, kuch-qudrat ufurib turadigan tashqi qiyofasi to`g`risidagi tasavvurlar, dastlab umum Yunonistonga, so`ngra butun Ellinistik dunyoga keng tarqalgan olimpiya o`yinlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga olib keldi. Uchinchidan, xalq og`zaki ijodining rivojlanishi yozma adabiyotning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bu esa o`z navbatida voqea hamda hodisalarni mifologik tarzda tasvirlashdan realistik tarzda ifodalashga olib keldi.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlar, ya‘ni antik quldorlik shahar-davlatlarining shakllanish hamda mustahkamlanish davri arxaik davri deb yuritiladi. ,,Arxaika" so`zi grekcha ,,arxayos" so`zidan olingan bo`lib ,,qadimgi" degan ma‘noni anglatadi. Arxaika davrida qadimgi yunonlar zudlik bilan O`rta Yer dengizi sohillarida o`rnashib oladilar. Shaharlar barpo etishib, Kichik Osiyo, O`rta Yer dengizi qirg`oqlaridagi davlatlar va ayniqsa, Misr bilan savdo-sotiq ishlarini olib boradilar. Ularning madaniyati bilan tanishadilar. Qadimgi Bobil va Misr madaniyati yutuqlaridan foydalanishib, o`zlarining takrorlanmas sanati asarlarini yaratadilar.
Bu davrga kelib Greklarning siyosiy-iqtisodiy va madaniy ta‘sir doirasi O`rta Yer dengizi bo`ylari Marmar va Qora dengiz qirg`oqlarigacha kengayadi. Greklarning vatanparvarlik va milliy g`urur tuyg`usi shaxsiy manfaat tuyg`usidan ustun kela boshlaydi. Shu boisdan ,,fanlarning fani" sanalgan filosofiya, diniy e‘tiqod va san‘ati qaerda bo`lmasin va qaysi sharoitga tushmasin, yunoncha ruhini saqlab qolgan. Qadimgi yunonlar barcha yerda va har qanday holatda o`zlarining grek ekanliklarini, tashqi dunyoga ta‘sir qila oladigan, barcha mavjudotlardan aql jihatidan ustunlik qilishini unutmagan.
Qadimgi yunonlar qo`shni davlatlar bilan amalga oshirgan madaniy aloqalari natijasida o`zlaridan boshqa barcha xalqlardan ustun turish hissiyotini uyg`ota olganlar. Bu hissiyot natijasida o`sha davr kishilari aql-bovar qila olmaydigan san‘atlarini yarata olganlar, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirib, aqliy-ma‘naviy tafakkur mahsuli hisoblangan turli fan sohalariga asos solganlar, mukammal diniy-ahloqiy sistemani yuzaga keltirganlar.
Greklardagi vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirishda maktablarning roli beqiyos katta bo`lgan. Gretsiyaning har bir ozod fuqarosi bilim olish imkoniyatiga ega bo`lgan. Shu boisdan, Gretsiyaning turli shaharlarida maktablar tashkil etilgan. 7 yoshga tulgan har bir o`g`il bolaning maktabga qatnashi shart bo`lgan. Badavlat kishilarning 18 yoshga to`lgan farzandlari gimnaziyalarda o`qishni davom ettirganlar. Hunarmandlar va dehqonlarning farzandlari o`qish va yozishni bilish bilan chegaralangan.
Arxaika davrida puxta o`ylangan arxitektura uslublari vujudga keladi. Bu davr me‘morchilik san‘ati shaharlarining qurilishi bilan bog`liq bo`lgan. Xudo va ilohiylashtirilgan qahramonlarga atab qurilgan ibodatxona oldidagi maydonlar shaharlarning muhim, ijtimoiy markazi hisoblangan. Bu maydonlarda muntazam ravishda xalq. yig`inlari va bayramlar o`tkazilib turilgan. Shaharlarning tepalik /akropol/ qismida polis /shaxar davlat/ning xaloskori hisoblangan ma‘budaga atalgan ibodatxona, akropol yonbag`rida asa turar-joy binolari qurilgan.
Grek me‘morchiligida bir necha order /lotincha ,,ordo"-,,tuzilish", "tartib" degan ma‘nolarni bildiradi /ayniqsa, doriy va ion orderlaridan foydalanilgan. Doriy orderi Shimoldan ko`chib kelgan doriy kabilalari arxitekturasining asosiy elementi hisoblangan. Ioniya orderi esa, kichik Osiyo sohillarida yashagan qabilalar arxitekturasi uslubi hisoblangan.
Ion orderi mil.avv. VII asr oxirlarida paydo bo`lgan va doriy orderidan o`zining nafisligi, bejirimligi hamda tag tomonidan tosh asosga qo`yilgan tagkursining mavjudligi bilan ajralib turgan. Ion orderida tarnovchali ustunning kapitel/muqarnas/ qismini ikki tomonga buralib turgan jingalak sochni eslatuvchi shakl tashkil etgan.
Korinf orderi bir muncha kechroq-klassika davrida paydo bo`lgan. U ion va doriy orderiga nisbatan jimjimador va ko`rkam, kapiteli akanf daraxti barglaridan tashkil topgan buketni eslatadi. Qadimgi yunon arxitekturasining ana shu uchala Orderlari nafaqat antik dunyo arxitekturasida, balki Uyg`onish va yangi davr Yevropa me‘morchiligida ham keng qo`llanilgan va rivojlangan.
Taxminan er.avv. VII asrga kelib, grek monumental haykaltaroshligi taraqqiy etadi va unga o`ziga xos haykaltaroshlikda haykalning bo`shlikdagi ko`lami, ya‘ni joylanishi, a‘zolarining mutanosibligi va harakatning tabiiyligi kabi uch ulchovga qatiy amal qilish asosiy tamoyilga aylanadi. Dastalbki haykallar turli musobaqalar g`oliblari sharafiga yaratilgan bo`lib, dastlab stadionlar va gimnaziyalar hovlilariga o`rnatilgan. Bu davr haykaltaroshligida odam gavdasini alohida tasvirlash bilan birga, voqealarni aks ettiruvchi kompozitsiyalar, masalan olishuvlar ko`rsatiladi. Qadimgi yunon pahlovonlari Persey va Gerakllarning qahramonliklariga, xudolar hamda gigantlar jangiga bag`ishlangan kompozitsiyali haykallar ana shu davrda yaratilgan.
Greklarning polis-shahar-davlat fuqarosi to`g`risidagi tasavvurlari kiyimsiz holda tasvirlangan kuroslar - yigitlar obrazida namoyon bo`lgan. Dastlabki yaratilgan kuroslar haykallari kam harakat va birmuncha qotib qolgan tarzda tasvirlangan bo`lsa, keyinchalik kuch va jasoratni aks ettiruvchi san‘at asariga aylana borgan. Gavda, tana, bosh, qo`l, oyoq nisabatlari to`g`ri olina boshlangan.
Arxaika davri plastikasining kiyimda tasvirlangan qizlar -qoralar haykalida namoyon bo`ladi. Qoralar haykallari o`zining his-tuyg`uga boyligi, ayollarga xos latofat, iffat va nazokatni ifoda etganligi bilan ajaralib turgan. Kiyimlarning jimjimali va buklanib turishlari, ularga hamohang bo`lgan sochlarning taralishi haykallarning tabiiyligini yanada oshirgan. Kuroslar va qoralar haykallariga jamlangan go`zallik va ulug`vorlik qadimgi greklarning ahloqiy ideali to`g`risidagi tasavvurlarini ifodalagan.
Qadimgi yunonlar o`z shaharlari, ibodatxonalari, saroylari va turar-joylarini turli hil haykallar bilan bezashga harakat qilganlar. Haykallarni yog`och, marmar va bronzadan yasaganlar. So`ngra inson tanasi rangida bo`yaganlar yoki fil suyagi bilan qoplaganlar. Yunon haykaltaroshlari birinchi bo`lib haykalga inson tanasining tabiiy ko`rinishini berishga e‘tibor berganlar.
Mil. avv. VII asr oxiri va VI asr boshlarida grek san‘atida realistik tasvirga intilish yanada kuchayadi. Tasviriy san‘at asarlarida insonparvarlik g`oyalari ko`zga tashlana boshlaydi. Insonni ham ma‘naviy, ham jismoniy jihatdan takomillashtirish san‘atning asosiy maqsadiga aylanadi. Inson obrazining madh, otilishi, ichki kechinmalarining tashqi qiyofada ifodalanishi qadimgi yunonlar harakterining shakllanishiga yordam beradi.
Mil. avv. VII asrning boshlariga kelib Ellada tuprog`ida shaxsiy xis-tuyg`ular va ichki kechinmalarni, sevgi muhabbat va hayot quvonchlarini ifodalovchi lirik poeziya maydonga kelgan.
Lirik pozziyaning vujudga kelishi Elladaning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi tub o`zgarishlar bilan chambarchas bog`liqdir. ”Lirika” so`zi o`sha davr yunon musiqa asboblarining ,,shohi" deb hisoblanuvchi lira musiqa asbobi nomidan olingandir. Chunki, she‘riy asrlar ana shu lira asbobi jo`rligida deklamatsiya qilingan. Mashhur Arxilox qadimgi yunon lirikasining asosichilaridan biri bo`lib, keyingi davr lirik asarlarning rivojlanishga kuchli ta‘sir ko`rsatgan va she‘riy qofiyaga asos solgan. Lirik poeziyaning rivojiga ulkan hissa qo`shgan mashhur shoira Sapfo esa maktab ochib, yosh qizlarni musiqa, ashula, raqs hamda she‘r to`qishga o`rgatadi.
Qadimgi shahar madaniyatining rivojlanishi savdo-sotiq va hunarmandchilikning taraqqiy etishiga olib keladi. Shaharda maxsus bilim va kasb bilan shug`ullanuvchi kishilar guruhi paydo bo`lgan. Bu guruh vakillari insonni qurshab turgan tashqi dunyo to`g`risida boshqacha fikr yurita boshlaganlar. Bu holat mil. avv. VII -VI asrlarga kelib yunon falsafasida yangi bir yo`nalish - sodda materialistik falsafaning paydo bo`lishiga olib kelgan. Bu ilk falsafiy tafakkurlar stixiyali yoki sodda materialistik falsafa hisoblanadi. Sodda materialistik falsafa vakillari tashqi olam, unda joylashgan narsalar va hodisalarning asosiy manbai. kelib chiqish sabablarini aniqlashga intilganlar. O`zlarining falsafiy fikrlarini ilgari surishlarida sharqda mavjud bo`lgan falsafiy tafakkurga suyanadilar.
Agar dastalbki yunon falsafasining shakllangan geografik o`rniga e‘tibor bersak, u qadimgi Gretsiyada emas, balki uning tasarrufidagi Kichik Osiyo - Ioniyada vujudga kelganligini ko`ramiz. Ioniya (O`rta Yer dengizining sharqiy hududlari, hozirgi Turkiyaning O`rta Yer dengizi qirg`oqlari) geografik qulay joyda, hunarmandchilik va savdo-sotiq dastlab paydo bo`lgan hudud hisoblanib, Eron shohlarining Kichik Osiyoni bosib olganlaridan so`ng Sharq bilan madaniy-iqtisodiy aloqalari kuchayib ketgan. Natijada Sharq madaniyati, sharq falsafiy tafakkuri Ioniya hududida keng tarqala bordi. Ikkinchi tomondan Ioniya zardushtiylik dini tarqalgan Midiya davlati bilan ham iqtisodiy-madaniy aloqa qilib turgan. Demak, Eron va Midiyada keng tarqalgan zardushtiylik dini, uning kosmogonik (olamning paydo bo`lishi va tuzilishi to`g`risidagi) tasavvurlari Ioniyaning madaniy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan Milet va Efes kabi shaxarlarida keng tarqalgan bo`lishi ehtimoldan uzoq emas.
Milet va Efes falsafa maktablarining vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimen va Geraklitlar falsafiy tafakkuri asosida dunyoning moddiy asosi va uni tashkil etuvchi elementlar (unsurlar) tushunchasi markaziy o`rilni egallaydi. Ularning olamning asosini tashkil etuvchi elementlar-suv (Fales), nomuayyan modda-appeyron (Anaksimandr), havo (Anaksimen), olov ( Geraklit) to`g`risidagi fikrlari zardushtiylik ta‘limotida e‘zozlangan asosiy elementlar (suv, tuproq, havo va olov) bilan bir xildir.
Milet va Efes falsafa maktablari vakillari sharq falsafiy tafakkuriga asoslanishib, olamning asosi moddiy elementlardan tashkil topganligini isbotlashga harakat qiladilar. Masalan, Milet falsafa maktabining asoschisi astronom, fizik, matematik va faylasuf Fales (mil. avv. 624-574 yillar) suv barcha narsalarning moddiy asosi deb hisoblaydi, ya‘ni barcha narsalar suvdan kelib chiqqan va yana suvga aylanadi-. shuningdek Fales dunyoning jonli va ilohiyligi to`g`risidagi fikrni ham ilgari suradi. Jonni esa nozik modda - efirdan iborat deb qaraydi.

Download 49.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling