Egovlash usullari. Egovlashda kuchni taqsimlanishi Reja
-rasm. Uzun metallarni qirqish 11-rasm
Download 95.66 Kb.
|
hamdamova ttp
10-rasm. Uzun metallarni qirqish 11-rasm. Listli metallni qirqish
usuli usuli Metallni qaychi bilan qirqish juda unumli bo’lib, qirindi chiqarmay turib istalgan shakldagi detalni qirqishga va to’g’ridan-to’g’ri tayyor detal olishga imkon beradi Qo’l qaychilar (26-rasm) yupqa list materialni qirqish uchun ishlatiladi. Ular bilan 0,5-0,7 mm qalinlikdagi po’latni, tunukani, qalinligi 1,5 mm gacha bo’lgan rangli metallarni kirqish mumkin. Qo’l qaychilarning tig’i kalta, dastasi uzun bo’ladi. Qaychilarning tig’i, v = 70° burchak ostida charxlanadi. Metallni qirkqanda paydo bo’ladigan kuch ta`sirida tig’ning o’t, maslashishiga yo’l qo’ymaslik uchun charxlanish burchagi shunchalik katta olinadi. Qaychilarning tig’ini o’tkir va to’g’ri chiziqli qilib charxlash kerak. Tig’lar butun uzunligi bo’yicha o’zaro yondoshib turishi lozim. Ular orasidagi zazor 0,2mm dan oshmasligi darkor. 27-rasm. Qo’l qaychi bilan yupqa list materialni qirqish Agar zazor bundan oshib ketsa, qaychi metallni qirqmay ezadi, natijada kirqilgan joy g’adir-budur bo’lib chiqadi. Agar tig’lar orasida zazor bo’lmasa, katta ishqalanish kuchi paydo bo’lib, tig’ni tez o’tmaslashtirib qo’yadi. Tig’larning ishqalakishini kamaytirish uchun ular bir-biriga tegib turadigan tekislik ki-chik (b =1-2°) burchak ostida charxlanadi. Qo’l qaychilar 65, 70 markali po’latdan yasaladi, qirquvchi tig’lar NRS 52-58 qattiqligigacha toblanadi. Qaychilar o’naqay (27-rasm, a) va chapaqay (27-rasm, b) bo’ladi. O’naqay qaychilar bilan qirqqanda pastki tig’ning qiyaligi o’ng tomonda bo’ladi. Bunday kaychilar ko’proq qo’llanadi. Chapaqay qaychilar egri chiziqli detallar qirqishda foydalaniladi. Listlar va trubalarda shakldor teshiklar ochish uchun egri tig’li qaychilar ishlatiladi (27-rasm, v). Qirqish paytida qaychi o’ng qo’l bilan ushlanadi (27- rasm, g). Bosh barmoq yuqori dasta ustida turadi, uch o’rta barmoq bilan pastki dasta ushlanadi, ko’rsatkich yoki kichik barmoq dasta,tar orasida turib, dastalarni ochib turadi. Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yurishi kerak. Qirqiladigan metall qaychilarning jag’i orasiga qanchalik ichkari kirsa, shuncha kam kuch bilan qirqiladi. Lekin tig’lar katta ochilganda kirqish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi kattalashadi va metall qirqilmasdan itariladi, qaychi jag’lar orasidan chiqishga harakat qiladi (27-rasm, d). Tig’lar taxminan 30° ochilganda ishqalanish kuchi va ishchi chap qo’lining kuchi itaruvchi kuchga qarshi tura oladi. Ana shu burchakni qo’l qaychilyar bilan metall kirqishda eng qulay burchak deyish mumkin. Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yuritiladi, chap qo’l bilan qirqib olinayotgan qism bukib turiladi. Bunda metallni keskin bukib yubormaslik kerak. Qaychini oldinga yurgizyb qirqqan sari uni qirkiladigan joyga taqab borish kerak. Aks holda g’adir-budurliklar paydo bo’ladi. Qaychi qirqilayotgan metallga tik ushlanishi lozim. Qiyshaytirilsa, qirkmasdan metallni ezadi. Yupqa plastmassa listlarini oddiy qo’l qaychilar bilan qirqsa ham bo’ladi. Lekin bunda tig’lar orasidagi zazor juda kichik (0,1-0,2mm) bo’lishi kerak. Qirqish paytida listni stolga zich taqab turish kerak. Mo’rt plastmassalar: polistirol, organik shisha va boshqalarni qaychi bilan qirqish kerak emas, ular arra bilan qirqiladi. Diametri 3mm gacha bo’lgan sim ombur bilan qirqiladi. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling