Egovlash usullari. Egovlashda kuchni taqsimlanishi Reja


Download 95.66 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1526187
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hamdamova ttp

28-rasm. Stul qaychi va richagli qaychi
Stul qaychilar (28- rasm, a) qo’l qaychilardan yuqori dastasining uzunligi (400-800mm), pastki dastasi to’g’ri burchak ostida egilib, uchi o’tkirlanganligi bilan farq qiladi. Shu o’tkir uchi taxtaga yoki dastgohga qoqib qo’yiladi.
Dastasining uzunligi tufayli qirqishda barmoqlargina emas, balki butun qo’l qatnashadi. Bu esa qirqish bosimini ancha oshiradi. Stul qaychilar bilan 2—3 mm gacha qalinlikdagi metallarni qirqish mumkin.
Richagli qaychilar (28- rasm, b) 2-3mm gacha qalinlikdagi metall listlarni qirqishga imkon beradi. Ular ikkita cho’yan stoyak va stol (2) dan iborat. Stolga yon tomondan qo’zg’almas pichoq (7) (90° burchak ostida charxlangan) biriktirilgan. Richag (4) ga mahkamlangan ustki pichoq (5) egri chiziqli shaklga ega. Bu esa richag tushirilganda bosim burchagi doimo birday bo’lishini ta`minlaydi (taxminan 15°). Richag staninaga mahkamla-nadi. Uchida posongi 6 bo’lgani uchunu o’z-o’zidan tushib ketmaydi. Qirqiladigan list planka 3 yordamida richakka qisiladi. 37 tipidagi qaychilar pichog’ining uzunligi 1050 mm bo’lib, ular 2,5mm gacha qalinlikdagi metallni qirqishga imkon beradi.
Richagli qaychilarning tig’lari oralig`i kichik bo’lishiga va richagning puxta mahkamlanishiga e`tibor berish kerak. Ularda zagotovkani qisib turadigan bostirma bo’lishi lozim, chunki qirqish paytida buyumni to’ntarishga intiluvchi kuch momenti paydo bo’ladi va ishchi uni ushlab turishga kuchi yetmaydi.
Metallni qirqish uchun richag keskin tushiriladi, so’ngra kuch bilan bosib metall oxirigacha qirqiladi.
Richagli qaychilarning boshqa konstruktsiyalari ham bor: tishlari bor reykali va pereborli (3 mm gacha bo’lgan po’lat listni, ingichka chiviqlarni qirqish uchun), sortli qaychilar (sortli metallni qirqish uchun) va h. k.
Qaychilar bilan qirqishda juda ehtiyot bo’lish kerak, aks holda detalning o’tkir uchlari va qirralari bilan qo’lni kesib olish mumkin. Qo’lqop kiyib ishlash tavsiya qilinadi.

Slesarlik uquv ustaxonalarida metallarga ishlov berishda qirqiladigan metallning turi, o`lchami va ulardan qirqib olinadigan zagotovkaning shakliga qarab turli xil metall qirqish asboblari ishlatiladi.


Slesarlik qaychilari dastaki va richagli (mexanikaviy) qaychilarga bulinadi. Uquv ustaxonalarida, kupincha, dastaki qaychilar ishlatiladi. Dastaki qaychilar (228-rasm) dasta va tig‘ (ish qism) lardan iborat bulib, U7, U8 markali uglerodli asbobsozlik pulatidan tayyorlanadi.

Dastaki qaychilar yordamida qalinligi 1 mm gacha bo`lgan temir tunukalar va qalinligi 2 mm gacha bulgan rangli metall listlarni qiyish mumkin. Dastaki qaychilar unaqay va chapaqay buladi. Unaqay qaychining pastki tig‘io`n to monda, chapaqay qaychiniki esa chap tomonda joylashgan bo`ladi. O`naqay qaychi bilan soat etrelkasi yo‘nalishida, chapaqay qaychilar bilan soat strelkasiga teskari yo‘nalishda qiyiladi.
Qaychi tig‘lari qiyiladigan metallarning turiga qarab: rangli metallar uchun 60—65°, temir tunukalar uchun 70—75° burchak ostida charxlanadi.
Qaychi tig‘larini urnatganda ular orasida 0,2 mm zazor qoldiriladi. Tig‘lar orasidagi zazor ortib ketsa, qiyish qiyinlashadi, qiyish vaqtida tunukaning cheti buklanib qoladi. SHuning uchun ish vaqtida qaychining gaykasi bushab ketsa, uni qotirib olish kerak.
Dastaki qaychilar yordamida qiyish vaqtida qiyiladigan metalning qalinligiga qarab qaychini qo`lda tutib yoki tiskiga urnatib olib qiyish mumkin. Bir qator afzalliklariga kura qaychini tiskiga urnatib olib qiyish qulaydir. Bu usul bilan qiyishda ortiqcha kuch sarflamasdan oson va tug‘ri qiyiladi.
Utkir jag‘li ombir bilan qirqish mumkin bo`lmagan qattiq va yo‘g‘on simlarni zubilo bilan qirqiladi yoki egovning qirrasi bilan egovlab iz hosil qilinadi va sindirib olinadi.
Tabiatda hozir ma’lum bo‘lgan elementlarning taxminan ¾ qismi metallardir. Metallar yaltiroqligiga ega bo‘lgan plastik moddalardir. Metallar (yunon, metalleio-qaziyman, erdan qazib olaman) ma’nosini beradi, oddiy sharoitda yuqori elektr o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanlik temperatura koeffisientining manfiyligi, elektr magnit to‘lqinlarining yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan oddiy moddalar.
Turmushda insonning ehtiyojiga ko‘ra metallardan yasalgan uy-ro‘zg‘or anjomlarini engillashtirish, madaniy dam olishga xizmat qilish, transport uchun ulov xizmat qilishda ishlatiladi.
Metallardan yasalgan buyum va moslamalar insonning o‘z shaxsiy tomorqa uchastkasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun metallardan yasalgan buyumlar insonning yashashi uchun, hatto bevosita ovqatlanishi uchun taomlar tayyorlashida oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, qaynatish, qovurish, pishirish va saqlash jarayonlarida bevosita muhim rol o‘ynaydi.
Metallardan yasalgan elektro montaj, radio va televideniya buyumlari hamda madaniy dam olishda ishlatiladigan buyum jihozlar insonning ma’naviy hayot turmush tarzini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etib, inson ma’naviy ozuqasini ularsiz ta’minlash mumkin emas.
Turmushda metallardan oddiy temirchi tomonidan tayyorlangan buyumlardan tartib bilan murakkab metalldan yasalgan asbob jihozlar qadimdan hozirgacha yashash tarzi uchun muhim bo‘lib kelmoqda.
Sanoatda metallardan avvalo xomashyo sifatida, xom ashyoga ishlov beruvchi mashina, stanok, moslama, inshoot, tayyor mahsulot, sanoatni barcha jabhalarida ish bajaruvchi sifatida foydalaniladi. Masalan, er ostidan qazib olinadigan temir va metallarni rudasi xomashyo sifatida zavodlarda mahsulot tayyorlash uchun qayta ishlovchi jarayonlarida rudani tozalab zagotovkaga aylantirishda, zagotovkaga ishlov berib, uni yig‘ib mahsulotga aylantirishda bevosita metallardan foydalanib ish bajariladi.
Kesish deb kesuvchi asboblar (zubilo, kreysmeysel) va zarb beruvchi chilangarlik bolg‘asi bilan zagotovka sirtidagi ortiqcha qatlamni kesib tashlash yoki zagotovkani qismlarga bo‘lish jarayoniga aytiladi.
Ishlab chiqarishda dastgoh bilan bajarib bo‘lmaydigan va yuqori aniqlik talab qilinmaydigan ishlarda kesish bajariladi.
Yirik detallar
Maxsus taxtalarda, haddan tashqari katta o‘lchamli detallar esa o‘z o‘rnida kesiladi. Ishlov beriladigan detalning ko‘llanishiga ko‘ra, kesish toza yoki dag‘al bo‘lishi mumkin. Birinchi bo‘lib zubiloning bir sidra harakatida metalldan 0,5 dan 1 mm. gacha, ikkinchi holda esa 1,5 dan 2 mm. Gacha qalinlikdagi qatlam kesib olib tashlanadi. Aniq ishlovga 0,4—1 mm. gacha kesish natijasida erishish mumkin.
CHilangarlik ishlaridagi egovlash, parmalash, shaberlash, kesish usullarida detalning ortiqcha qismi qirindi, payraxa shaklida kesib olib tashlanadi. Bundan tashqari, listlar va metall chiziqlarning ma’lum bir qismini qirqib tashlash ham kesish ishlariga kiradi.
Har qanday kesuvchi asbobning (zubilo, keskich) kesuvchi (tig‘) qismi pona shaklida bo‘ladi. Masalan, metchik, plashka, metall keskich va egovlarning kesuvchi qismi bir va bir necha ponasimon elementlardan tashkil topgan. Zubiloning kesuvchi qismi ham pona shaklidan iborat.
Kesuvchi tig‘ning o‘tkirligi, uni kesiladigan sirtga qanday burchak ostida o‘rnatilishi va kuchning qanday yo‘naltirilishiga bog‘liq holda kesish jarayoni ko‘p yoki kam jismoniy kuch talab qiladi. Kesuvchi tig‘ qanchalik o‘tkir bo‘lsa, ponasining burchagi shunchalik kichik bo‘ladi. Binobarin, detal sirtini tarashlash uchun kamroq kuch sarflanadi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling