Ehm larning rivojlanish tarixi va avlodlari


EHMlarning ikkinchi avlodi


Download 314.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana02.01.2022
Hajmi314.62 Kb.
#193221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Avlod

EHMlarning ikkinchi avlodi(1950-1965 yillar) tranzistorlar (yarim o‘tkazgich va 

magnitli elementlar) tuzilgan bo‘lib, bu avlodga mansub mashinalarning o‘ziga xos 

xususiyatlaridan biri, ular qo‘llanish sohasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgandir. Ikkinchi avlod 

EHMlarida oldingilariga qaraganda ma’lumotlarni ko‘proq, tezroq va ishonchli qayta 

ishlash imkoniyati yaratildi. EHMning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalar kiradi: 

Minsk-2, Razdan-3, M-220, BESM-6, Mir, Nayiri, Minsk-22, Minsk-32, Ural-14 va 

boshqalar. Bu mashinalarda qo‘yilgan masalalarni tez yechish imkoniyatini yaratidigan 

programmadan, ya’ni masalani yechishda EHM bajarishi lozim bo‘lgan amallar ketma-

ketligidan foydalanish mumkin . Bunday EHMlarning o‘rtacha tezligi 100000 amal-

sekund, xotirasiga 10000 tagacha so‘z sig‘adi. 




Elektron hisoblash mashinalarining keyingi mukammallashuvi turli vazifalarni bajaruvchi 

moslamalarning yaratilishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida, element va sxemalarning 

o‘lchamlarini kichraytirishni va ularning ishlashdagi ishonchligini oshirishni, xotira 

sig‘imini kattalashtirishni, ishlash tezligini yana ham tezlatishni talab etdi. Shunga 

asosan, mikroelektronikada tez orada 1 kub.sm hajmli kristallida eng kamida 5 dona 

elektronika elementini birlashtirgan elektron qurilma, ya’ni mitti integral sxemalar 

paydo bo‘la boshladi. Bunday sxemalar ikkinchi avlod mashinalarida mavjud bo‘lgan 

barcha kamchiliklarning ancha qismini bartaraf etishga va yangi hisoblash 

mashinalarining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Integral sxema, avvalo yasalayotgan 

moslamalarni juda ham kichiklashishiga olib keldi. 




Download 314.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling