Rasmiy iqtisodiyot
– rasmiy qabul qilingan qoidalar va qonunlarga ko>ra amalga
oshirilayotgan iqtisodiy faoliyat (norasmiy yoki salbiy iqtisodiyotdan farqli ravishda).
Rivojlanayotgan mamlakatlar
– mustamlakachilik qaramog>idan ozod bo>lgan va
mustaqil rivojlanish yo>liga kirgan mamlakatlar. Odatda bu mamlakatlar past yoki o>rta
daromadga ega bo>lib, aholisi rivojlangan mamlakatlar aholisiga nisbatan mahsulotlar va
xizmatlarning kam miqdoriga ega bo>ladi. Hozirgi kunda jahonda umumiy 4,9 milliarddan
ziyod aholisi bo>lgan 125 ta rivojlanayotgan mamlakat bor. MDH davlatlari o>tish davri
iqtisodiyoti bilan rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi.
RRY
– (Rivojlanish maqsadidagi Rasmiy Yordam) – rivojlangan mamlakatlar tomonidan
rivojlanayotgan va qashshoq mamlakatlarga moliyaviy, moddiy va boshqa shaklda
ko>rsatiladigan yordam.
Sifatli ovqatlanish
– insonga yetarli quvvatni, vitaminlarni, oqsil moddalarni,
uglevodlarni, yog>-moylarini va mikroelementlarni bera oladigan ovqatlanish. Mutaxassis-
larning baholashlaricha, O>zbekistonda har bir kishi uchun zaruriy minimal kaloriya
iste=moli 2100 kaloriyani tashkil etadi.
Sil
– insondan insonga asosan havo-nafas yo>li bilan yuqadigan yuqumli kasallik. Infeksiya
qo>zg>atuvchi – sil tayoqchalaridir. O>pka sili eng zararli bo>lib, ushbu kasallikning eng
ko>p uchraydigan shaklidir.
“Ta=lim to>g>risida”
qonun – 1997-yil 28-avgustda O>zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan. U ta=lim, tarbiya, fuqarolarni kasbga tayyor-
lashning huquqiy asoslarini belgilab beradi va fuqarolarning ta=lim olishga bo>lgan
konstitutsiyaviy huquqlarini ta=minlaydi.
Texnik yordam
– ilmiy-texnik bilim va ishlab chiqarish tajribalarini oluvchi mamlakatga
ularni imtiyozli yoki beg>araz yetkazib berish.
UNAIDS
– BMTning OITSga qarshi kurash bo>yicha birlashgan dasturi. OIV/OITSga
qarshi kurashda BMT tizimidagi barcha tashkilotlarning kuch-g>ayratlarini milliy ko>lamda
birlashtiradi.
UNESCO
– BMTning ixtisoslashtirilgan agentligi – ta=lim, fan va madaniyat sohalarida
hamkorlikdagi ishlarni muvofiqlashtiradi va ilhomlantiradi.
UNICEF
– BMTning bolalar jamg>armasi. BMT tizimidagi faqat bolalar uchun faoliyat
ko>rsatadigan yagona tashkilotdir. UNICEF bolalar hayotini saqlab qolish, himoya qilish
va rivojlanishini ta=minlash masalalarini hal qiladi. Jamg>arma bo>limlari jahonning ko>p
mamlakatlari va mintaqalarida faoliyat ko>rsatadi.
UNFPA
– BMTning aholishunoslik jamg>armasi. Barcha xotin-qizlar, erkaklar va bolalarning
sog>lig>ini saqlash va teng huquqqa ega bo>lishi, rivojlanish masalalari bilan shug>ullana-
digan, BMT tizimidagi xalqaro tashkilot.
UNODC
– BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo>yicha boshqarmasi –
BMTning ixtisoslashtirilgan agentligi bo>yicha narkotiklar ustidan nazorat o>rnatish va
jinoyatchilikning oldini olish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va muvofiq-
lashtirish uchun tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |