Onalar o>
limi
– ayollarning homiladorlik vaqtida yoki homiladorlik tugagach, 42 kun
davomida, homiladorlik bilan bog>liq har qanday sababga ko>ra vafot etishi.
Osiyo Rivojlanish Banki (ORB)
– Osiyo va Tinch okean orollaridagi rivojlanayotgan a=zo
mamlakatlarga iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish uchun ko>maklashuvchi
davlatlararo
mintaqaviy bank. 1965-yilda tashkil topgan. Kapitali ushbu tashkilotning 56 a=zo
mamlakatiga tegishli.
OITS (Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)
– insonda immunal tanqislik virusi
keltirib chiqargan yuqumli kasallikning keyingi bosqichi.
OIV (Odam immunotanqislik virusi)
–
immunal tizim, ya=ni inson organizmining
kasallikka qarshi tabiiy kurashini yo>qotadigan virus. Bu
virus immunal tizimni yemirib,
inson organizmi kasallik qo>zg>atuvchi mikroorganizmlardan himoya qilish qobiliyatini
yo>qotgani sababli boshqa yuqumli kasalliklarning rivojlanishiga imkon yaratadi.
Oziqa ratsioni
– inson organizmining ehtiyojlarini hisobga olgan holda muayyan
tarkibdagi ovqatlarning sutkalik miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: