Gender tengsizligi
– jinsiy farqga ko>ra erkak va ayollarga teng bo>lmagan imkoniyat-
larning berilishi.
Grant
– muayyan loyihani bajarish uchun tanlov asosida yuridik yoki jismoniy shaxs
tomonidan olingan mablag.
Maqbul turmush darajasi
– quyidagi asosiy narsalar: ovqat, ichimlik suv, ish, turar joy,
ta=lim, sog>liqni saqlash, xavfsizlik singarilarga ega bo>lish.
Jahon Banki
– kapitali shu tashkilotning 184 ta a=zo mamlakatiga tegishli bo>lgan
xalqaro moliyaviy tashkilot. Jahon bankining vazifasi – butun dunyoda qashshoqlikka
qarshi kurashdir.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
– bu ta=limning 1997-yilda qabul qilingan yangi
modeli bo>lib, belgilangan vazifalar miqyosiga ko>ra MDH mavlakatlari orasida tengi yo>q.
Uzluksiz ta=limning barcha turlarini bosqichma-bosqich isloh qilish va kadrlarning yangi
avlodini tayyorlash uning muhim jihatini tashkil etadi.
Kamsitish
– gender masalalari ma=nosida “kamsitish”, insonlarni jinsiy tafovut negizida
tahqirlash yoki ularga hurmatsiz munosabatni nazarda tutadi.
Mablag> ajratish
– davlat budjeti va boshqa manbalardan ma=lum bir ehtiyojlar,
maqsadlar yoki ma=lum bir tashkilotlar, shaxslarga ajratilgan pul mablag>i. Masalan,
maktablar qurilishiga davlat budjeti tomonidan mablag> ajratilishi.
Mikromoliyalashtirish
– yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug>ullanayot-
ganlarni qamrab olgan holda aholining kam ta=minlangan qatlamlariga moliyaviy xizmat
ko>rsatish.
Mingyillik Deklaratsiyasi
– 2000-yilda Mingyillik Sammitida qabul qilingan hujjat.
Bu hujjat 191 mamlakatlar tomonidan imzolangan bo>lib, xalqaro hamjamiyatning
XXI asrdagi harakati rejasi borasidagi umumiy tasavvur hamda roziligini ifodalaydi. U
rivojlanishning 8ta muhim maqsadini o>z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |