Ekologik boshqaruv tushunchasi
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari tizimi
Download 55.81 Kb.
|
EKOLOGIK BOSHQARUV TUSHUNCHASI
2. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari tizimi
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organ-larning doirasi kengdir. O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlar umumiy va maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlariga bo`linadi. Maxsus vakolatga ega bo`lgan organlar o`z navbatida tarmoq-lararo va bir tarmoqqa oid turlarga bo`linadi. Umumiy vakolatga ega bo`lgan organlar qatoriga O`zbekiston Res-publikasi Vazirlar Mashkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari kiradi. Ular iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir vaqtda ekologiyaga oid ba'zi bir masalalarni hal qiladilar. Shuning uchun ham, ular umumiy vakolatga ega bo`lgan organlar deb nomlanadilar. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvida Vazirlar Mashkamasining vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (98-moddasi), O`zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-may (2003-yil 29-avgustagi onun taxriridagi) “Vazirlar Mashkamasi to`grisida”gi qonunini 9, 10, 11, 12, 20-moddalarida, O`zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabr “Tabiatni muhofaza qilish to`grisida”gi qonunini 9-moddasida hamda tabiiy resurslar to`grisidagi qonunlarning tegishli moddalarida belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasi: tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo`yicha normativ hujjatlar (qaror, no`zom, qoida va tartiblar) qabul qiladi; tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi; tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar va to`lovlar miqdorini belgilaydi; atrof tabiiy muhit monitoringi, tabiiy resurslar davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etadi; maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; davlat ekologik nazoratini tashkil etadi; yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, shu jumladan ijaraga beradi, yer uchastkalariga bo`lgan huquqni bekor qiladi; yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beradi va uni bekor qiladi, yer osti boyliklaridan foydalanishning litsenziyalash tizimini tashkil etadi; umumtarqalgan foydali qazilmalar ro`yxatini belgilaydi; ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuza-sidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi; tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; ekologiya sohasida xalqaro aloqalarni o`rnatadi hamda rivojlantiradi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvida mahalliy davlat hokimiyat organlarining vakolatlari Konstitutsiyada (100-modda), O`zbekiston Res-publikasining 1993-yil 3-sentyabr “Mahalliy davlat hokimiyat organla-ri to`grisida”gi qonunda (10, 24, 25-moddalari), “Tabiatni muhofaza qilish to`grisida”gi qonunda (10-modda) va tabiiy resurslar to`grisidagi qonun-larning tegishli moddalarida belgilangan. Masalan, mahalliy davlat hokimiyat organlari yer munosabatlarini tartibga solishda muhim o`rin egallaydilar va bu masalaga Yer kodeksining 5-7-moddalari bag`ishlangan. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o`z hududlarida ekologiya sohasida davlat boshqaruvining quyidagi vakolatlarini amalga oshiradilar: mintaqada (hududda) tabiatni muhofaza qilishning asosiy yinalishlarini belgilaydilar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning hududiy dasturlarini tasdiqlaydilar; atrof tabiiy muhitga zarar yetkazayotgan obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to`xtatish va qayta ixtisoslashtirish to`grisida qarorlar qabul qiladilar; foydalanishni tashkil qilish maqsadida tabiiy resurslarni taqsimlaydilar (yer uchastkalari-ni - egalikka, foydalanishga yoki ijaraga, suv obyektini tanho foydala-nishga, o`simlik dunyosidan pichan o`rish yoki mol boqish uchun, aholi punktlarida daraxtlar kesish maqsadida foydalanish huquqini beradilar) va shunday foydalanish huquqlarini bekor qiladilar; atrof tabiiy muhit monitoringi, tabiiy resurslar davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etadilar; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar. Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya sohasida davlat bosh-qaruvini amalga oshiruvchi vazirliklar, davlat qimitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyati asosan ekologik munosabatlarni tartibga solish bilan bog`liq bo`lganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb nomlanadilar. Ular tarmoqlararo, ya'ni bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, ya'ni ma'lum bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga bo`linadi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organlari ichida markaziy o`rinni O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi egallaydi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan No`zomiga (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-yil 5-6 son, 70-modda) muvofiq tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi hamda muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organdir. O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mi-tasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo`ysunadi va unga hisob-dordir. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi quyidagi asosiy vakolat-larni amalga oshiradi: - atrof muhitni muhofaza qilishda iqtisodiy usullarni keng qo`llash, resurslarni tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz texnologiyalarni barcha joylarda qo`llanilishini ragbatlantirish, ekologiya sohasidagi fan-texnika yutuqlarini joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqaradi; - tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish yuzasi-dan respublika ekologik normativlar, qoida va standartlarni tasdiqlaydi; - atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash (oqi-zish) normativlarini belgilaydi hamda tabiatdan foydalanuvchilar e'tiboriga yetkazadi; - davlat ekologik ekspertizasini o`tkazadi; - atrof muhit ifloslanishining ahvoli va unga boshqacha zararli ta'sirlar, tabiiy resurslardan foydalanish to`grisidagi ma'lumotlarning res-publika yagona ekologik axborot bankini tashkil etadi va yuritadi; - respublikada qo`riqxonalarga doir ishlarga rahbarlik qiladi, muho-faza etiladigan tabiiy hududlar hamda hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritishda qatnashadi; - ekologik tashviqotni amalga oshiradi, ekologik ta'lim va tarbiyani tashkil etish hamda yuritishda qatnashadi; - ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash va oqo`zish, chiqindilarni joylashtirish va ko`mish, suvdan maxsus foydala-nishga, ov qilish va baliq tutishga ruhsatnomalar beradi, yovvoyi dori-darmon giyohlari, ozuqa o`simliklari va manzarali o`simliklarni, texnika-viy xom ashyo va boshqa tabiiy hosilalarni (shu jumladan mumiyoni) yig`ish (tayyorlash), ularni respublika hududidan olib chiqish va respub-likaga olib kirish huquqini beradi; - tabiatni ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanma-ganlik natijasida unga yetkazilgan ziyonni qoplash to`grisida yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan da'vo qo`zgatadi; - bank muassasalariga ekologik qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish yoki kengaytirish ishlarini mablag` bilan ta'minlashni to`xtatish to`grisida taqdimnoma kiritadi; - ekolgik qoidalarga amal qilmay ish olib borilayotgan sanoat va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish yoki kengaytirishni taqiqlaydi, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishini tixtatib qiyadi; - ekologik talablarga rioya etmagan shaxslarni ma'muriy javobgarlik-ka tortadi, zarurat bo`lganda huquqbuzarlik to`grisidagi materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etadi; - tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish ustidan belgilan-gan hollarda va tartibda davlat nazoratini olib boradi va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi 2003-yil 9dekabrdagi O`zbekiston Respub-likasi Prezidenti Farmoni bilan tashkil etilgan va uning Nizomi Vazirlar Mashkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori bilan tasdiqlan-gan. Ushbu organ yer monitoringi, davlat yer kadastrini yuritadi; yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga oladi, yer resurslarini davlat hisobini olib boradi, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza etilishi ustidan davlat nazoratini olib boradi; yer tuzish ishlarini tashkil etadi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi shaharlarda yerlarni foydalanishga ajratib berishda va yerlardan foyda-lanishni rejalashtirishda qatnashadi. O`zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo`mitasi Vazirlar Mashkamasining 2004-yil 25-martdagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq, konlarni geologik izlanish, mineral resursdan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi; hududlarni geologik jihatdan o`rganilganligini tahlil qiladi; mineral xom ashyo baza-sini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi; geologik o`rganish bo`yicha normativ hujjatlarni tasdiqlaydi; konlar to`grisidagi geologik ma'lumotlar davlat jamgarmasini, foydali qazilmalar davlat kadastrini, davlat suv kadastrining yer osti suvlar qismini yuritadi; geologik qidiruv ishlarining davlat hisobini yuritadi va ro`yxatini olib boradi; qazilma boyliklar joy-lashgan hududlarni qazilma boyliklardan foydalanish bilan bog`liq bo`lma-gan maqsadlarda qurilish uchun yer ajratish masalasi bo`yicha xulosa beradi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 9-iyuldagi Farmoniga muvofiq, foydali qazilmalarni qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog`liq bo`lmagan yer inshootlari-ning qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish hujjatlarini beradi; yer osti boyliklaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi. O`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi va uning organlari, Vazirlar Mashkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq, davlat suv hisobini va davlat suv kadastrini yer osti suvlarining iste'mol qilish qismida yuritadi, suvdan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi, suvdan limitli foydalanish bo`yi-cha shartnomalar tuzadi; sun'iy suv havzalaridan va kanallardan suvdan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi. O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekistor Respublikasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlan-gan Nizomiga muvofiq ichimlik suvlarning ifloslanishi ustidan sanitar nazoratini, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta'sir kirsatilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati avtotransportlar tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasi huzuridagi Gidrome-teorologiya xizmati markazi Vazirlar Mashkamasining 2004-yil 14-aprel 183-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq, davlat suv hisobini va davlat suv kadastrini yuritishda ishtirok etadi, suv va atmosfera monitoringini (kuzatuvini) amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzurida O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2000-yil 7-fevraldagi Farmoniga muvofiq o`rmon xo`jaligini yuritish-ning davlat boshqaruvini amalga oshiradi, o`rmonlarning muhofazasini, himoyasini, qayta ko`paytirilishini tashkil etadi, o`rmon resurslaridan foydalanish huquqini beradi; o`rmonlarning davlat hisobini va davlat kadastrini yuritadi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Download 55.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling