Ekologik boshqaruv tushunchasi


Download 55.81 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi55.81 Kb.
#1553004
  1   2   3
Bog'liq
EKOLOGIK BOSHQARUV TUSHUNCHASI


EKOLOGIK BOSHQARUV TUSHUNCHASI


1. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi,

xususiyatlari va tizimi

2. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari tizimi

3. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolatlari


1. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi,

xususiyatlari va tizimi
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tashkil qilishda namoyon bo`ladi va jamiyatda ijtimoiy boshqaruvning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini shakllantirish orqali davlat o`zining ekologik vakolatini va ekologik siyosatini amalga oshiradi. Ushbu boshqarishni tashkil etish asosida inson atrof-muhitni yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadlari turadi.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi orqali davlat tabiiy resurslar-ning mulkdori sifatida tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etish maqsadida ularni tassarruf etish huquqini amalga oshiradi.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat organ-larining tabiiy resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo`yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.
Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroiya hokimiyatiga taalluqliligidan kelib chiqib, qonun va vakillik organlarining qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish beri-shi ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy ko`rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu majburiy ko`rsatmalar ko`p marotaba qo`llanadigan, ya'ni ular tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlarda belgilanadi, yoki bir marotaba qo`llanadigan, ya'ni ma'lum bir yoki bir necha subyektga taalluqli, masalan, huquqbuzarlikni to`xtatish bo`yicha ko`rsatmalardan iborat bo`ladi.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijroiya etish va farmoyish berish faoliyati tabiiy resurslar to`grisidagi qonun hujjatlarining bajarilishini ta'minlashga qaratilgan.Ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan:
- boshqarishning qonuniylikka asoslanishi, ya'ni davlat boshqaruv organlarining ekologik munosabatlarni tartibga solishda faqat qonun hujjatlarida belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlari asosida faoliyat yuritishi;
- tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirishga, ya'ni ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, ham har bir tabiiy resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishning ta'minlanishiga qaratiladi. Bun-dan tashqari, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlari ham hududiy ham tarmoq bo`ysunishda shakllantiriladi, masalan, ushbu organlarning hududiy bo`linmalari respublika tarmoq organlari (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi)ga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga bo`ysunadilar;
- ekologiya masalalarini hal qilishda har tomonlama yondoshishga, ya'ni tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanish-ning oqilonaligi va atrof tabiiy muhitni muhofaza etishda respublika xalq xo`jaligi va aholini tabiiy resurslarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlash;
- ekologiya sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda tabiiy resurslardan foydalanish va nazorat qilishni ajratish, ya'ni ekologiya soha-sida tabiiy resurslardan bevosita foydalanuvchilar nazorat qilish vakolatiga ega bo`lmasligida, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarini shakllantirish hamda ularni faoliyatlarini tashkil qilishda foydalanish va nazorat qilish vakolatlarini tartibga solishda ifodalanadi. Masalan, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzurida O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi o`rmondan foydalanishni tashkil qiluvchi davlat organidir va uning kor-xona, tashkilotlari, o`rmon xo`jaliklari o`rmondan asosiy foydalanuvchilar bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun ushbu organ o`rmondan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib borish vakolatiga ega emas.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi ma'lum bir shakllarda va uslublarda amalga oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo`lib, huquq ijod qilish, ijroiya va huquqni muhofaza qilish faoliyati hisoblanadi. Ijroiya organlari huquq ijod qilish yo`li bilan qabul qilgan me'yoriy hujjatlarida qonunlarda belgilangan qoidalarni yanada rivojlantirib, ijtimoiy munosa-batlarni batafsil tartibga soluvchi me'yorlarni belgilaydilar. Masalan, Yer kodeksining va «Davlat yer kadastri to`grisida»gi qonunning qoidalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasining 1998-yil 31-dekabr-dagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish to`grisida”gi Nizom va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 27-mayda 736-son bilan davlat ro`yxatiga olingan “Yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga olish tartibi to`grisida”gi Yiriqnoma bilan tartibga solinadi.
Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati qonun hujjatlarini amalga oshirish bo`yicha amaliy faoliyati hisoblanadi. Masalan, yer uchastkalarini joyida ajratib berish, yer uchastkasiga bo`lgan huquqni davlat ro`yxatiga olish, tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish qoidalariga rioya etishni nazorat qilish va hokazo.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari huquqni muhofaza qilish faoliyati orqali tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari buzilgan taqdirda aybdor shaxslarni jinoiy, ma'muriy va imto`zomiy javobgarlikka tortish masalasi huquqni muhofaza qilish organlari yoki u ishlaydigan tashkilotning ma'muriyati oldiga qiyiladi, agar ekologik nazorat organlari ma'muriy javobgarlikka tortish huquqiga ega bo`lsalar, ushbu masalani hal qiladilar, sud organlarida atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni undirish bo`yicha davo aro`zalarini qo`zgatadilar, tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat boshqaruv organlari boshqarish uslublarini, ya'ni ijtimoiy munosabatlar subyektlariga davlat ta'sir ko`rsatish usullarini qo`llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, man qilish, rozilik berish, majburiy ko`rsatmalar berish kiradi.
Davlat boshqaruvining ruxsat berish uslubi asosan tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda qo`llaniladi. Tabiiy resurslardan maxsus foydalanish faqat vakolatli davlat organlarining ruxsati asosida vujudga keladi.
Rozilik berish (sanksiyalash) uslubi deb davlat organlarining foy-dalanuvchilar tomonidan tayyorlagan me'yorlarni hamda foydalanishga oid boshqa qoida va tartiblarni tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi. Masa-lan, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash bo`yicha yo`l qo`yi-ladigan doiradagi normativlari tabiatni muhofaza qilish organlari tomoni-dan tasdiqlangandan so`ng, mazkur zararli moddalarni atmosferaga chi-qarib tashlash mumkin (“Atmosfera havosini muhofaza qilish to`grisida”gi qonunning 8-moddasi), yoki qishloq xo`jalik korxonalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan ichki yer tuzilish sxemalariga muvofiq yerdan foydalanishni amalga oshiradilar (Yer kodeksining 13-moddasi).
Ekologiya sohasida boshqaruvni taqiqlash uslubi atrof muhitni muhofaza qilishni tashkil etishda keng qo`llaniladi va tabiiy resursdan foydalanish yoki tabiiy hududlarda ma'lum bir faoliyatni amalga oshirishni taqiqlash orqali man etishda ifodalanadi. Masalan, suvdan umumiy foyda-lanishning turi bo`lgan cho`milish aholini xavfsizligini ta'minlash maqsa-dida ma'lum suv obyektlarida man etilishi mumkin yoki suv muhofaza zonalarida daraxt va butazorlarni kesish, yoqilgi va moy quyish shaxob-chalarini joylashtirish va ishlatish, zaxarli ximikatlarni qo`llash, chorva-chilik fermalarini joylashtirish va boshqalar taqiqlanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari ekologik munosabatlar subyektlariga nisbatan majburiy hisoblanadi. Ammo majburiy ko`rsatmalar berish uslubi ushbu davlat organlarining faoliyatida asosan ekologik nazoratni amalga oshirish jarayonida qo`llaniladi. Masalan, ekologik nazoratni amalga oshiruvchi organlar ekologik huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga ushbu huquqbu-zarlik oqibatlarini, ularni sodir etish sabablarini va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo`yicha majburiy ko`rsatmalar berishga haqlidirlar.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari qonun hujjatlariga muvofiq, ma'lum vakolatlarni amalga oshiradilar. Ushbu vakolatlar quyi-dagilardan iborat: tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha me'yoriy hujjatlarni qabul qilish; atrof tabiiy muhitni muhofazasini ta'minlovchi me'yorlarni belgilash, ekologik standartlash; ekologik sertifikatsiyalash; tabiiy resurslarning davlat hisobini va davlat kadastrlarini yuritish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalashtirish; tabiiy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash; tabiiy resurlarni hududiy joylashtirish; ekologik nazoratni amalga oshirish; nizolarni hal qilish. Bundan tashqari alohida tabiiy resurs-lardan foydalanish va ularni muhofaza etish bo`yicha davlat boshqaruv organlarining maxsus vakolatlari, (masalan, suvlar zararli ta'so`rining oldini olish, o`rmonlarni qayta ko`paytirish, yerlarning melioratsiyasini tashkil etish va hokazolar) mavjud.



Download 55.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling