Ekologik monitoringning tadqiqot tamoyillari va xususiyatlari


Ekologik monitoringning kimyoviy asoslari


Download 122.58 Kb.
bet2/18
Sana15.11.2023
Hajmi122.58 Kb.
#1775769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ekologik monitoringning tadqiqot tamoyillari va xususiyatlari-fayllar.org

Ekologik monitoringning kimyoviy asoslari
Dunyo aholisi sonining ko'payishi, uning ehtiyojini, ayniqsa, ehtiyojiga nisbatan xohishining ildarn o‘sishi Yer resurslaridan kengroq foydalanishga sabab boMmoqda. Bu esa yangi texnologiyalaming joriy etilishiga, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati va transport sohalarida ishlab chiqarishning o‘sishiga, yer yuzi ekosistemasini antropogen o‘zgartirishga va oqibatda, atrof tabiiy muhitga antropogen yukning ortishiga, o‘z navbatida, jamiyat va tabiat orasidagi o‘zaro ta’sirning kuchayishiga olib keldi. Hozirgi kunda insoniyat oldida shunday dalillar ko‘ndalang bo‘lib turibdiki, tabiatda qayta tiklab bolmaydigan jarayonlar, ya’ni moddalaming, energiyaning ko'chib yurishi va aylanishida yangi yollarning paydo boMishi shular jumlasidandir.
Keyingi davrda tabiatga yot boMgan, ayniqsa, organizm uchun zaharli bomgan moddalar ko'plab tashlanmoqda. Bulaming ko‘pchiligi tabiatdagi moddalaming aylanma harakatlariga qo‘shilmaydi va biosferada yigMladi, bular esa ekologik muvozanatning buzilishiga olib keladi. Tabiatga tashlangan har qanday zaharli moddalar atmosferaga, suv orqali uzoq masofalargacha tarqalishi mumkin. Moddalaming tabiatda tarqalishi hali toMiq o‘rganilgan emas. Tabiatni ifloslovchi moddalar biosferaning ayrim komponentlari, ya’ni atmosfera, gidrosfera, tuproq orqali, masalan, atmosferada havo orqali tarqaladi. Uning yo‘nalishi va tezligi meteorologik usullar yordamida aniqlanadi. Suvga tushgan aralashmalar suvda eriydi yoki osilgan zarrachalar shaklida adsorbatsiyalanadi. Ikkala holatda ham ifloslovchi moddalarning ko‘chishi suvning gidrologik xususiyatlariga bogMiq boMadi. Zaharli moddalaming tuproqdagi harakati, yuvilishi, yalpi ko‘chish jarayonlari orqali amalga oshadi. Bugungi kunda insoniyat ko‘plab ekologik fojialarga duch kelmoqda, chunki inson ixtiyorida radioaktiv moddalar, raketa va koinot texnikasi, avtomatika va elektronika, sintetik materiallar, mineral o‘gMtlar, zaharli kimyoviy moddalar, har xil mashinalar, bahaybat havo transportlari mavjud. Shular yordamida insonlar tabiatga ta’sir etib, unda asrlar davomida shakllangan ekologik muvozanatning izdan chiqishiga sabab bo‘lmoqdalar. Afsuski, aholi ushbu muammoga beparvolik va mas’uliyatsizlik bilan qarab kelmoqda. Ekologik xavfsizlik muammosi al'aqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda boMadi. Ana shu qonuniyatlarga e’tibor bermaslik va ulami buzish ko‘plab o‘nglab boMmaydigan ekologik fojialarning sodir bo’lishiga olib keladi.
Yuqorida qayd etilganlarni e’tiborga olgan holda, olimlar shuni alohida uqtiradilarki, ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda ham muhimligi tufayli, unga alohida e’tibor berish hozirgi kunning eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammolar nazariy va amaliy jihatdan hal etilsa, hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish bilan bogMiq tarmoqlarini ekologik jihatdan zararsiz texnologiya yordamida rivojlantirishni ta’minlashga erishiladi. Ekologik muhit tozaligini saqlash hozirgi kunning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlaming manfaatlariga mos boMib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal boMishiga bog‘liqdir. Atrof tabiiy muhitning antropogen ifloslanishi iqtisodiy munosabat shaklida umumiy ifloslanishning 90-97 % ni tashkil etadi.
Tabiiy moddalaming fizik va kimyoviy o‘zgarishlari shaharlarda asosan transport va sanoat hisobiga (80-85%) bo‘lsa, agrar tegralarda qishloq xo‘jaligini ( 7 0 - 8 5 kimyolashtirish, mexanizatsiyalash, meliorativ va irrigatsion inshootlar qurish, haddan tashqari chorva mollari, tuyoq sonining ma’lum bir maydonlarda oshib ketishi hisobiga amalga oshmoqda. Sanoat tegralarida ifloslanish metallurgiya va energiya tannoqlarida juda yuqori darajadadir. Ekologik muammo deganda, butun insoniyatga xavf soladigan, ilmiy asoslangan muammolami tushunish maqsadga muvofiq, «Kimyoviy ekologiya» fanini o'rganishda u bilan o‘zaro uzviy bog‘liq fanlarni ham o‘rganish, bu fanlar to'plagan bilimlardan xabardor bo‘lish kerak bo‘ladi. «Kimyoviy ekologiya» fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini quyidagicha ifodalash maqsadga muvofiqdir:
Ko‘rsatilgan fanlaming har bin ekologik muammolami hal qilishda alohida vazifa va o'ringa ega. Kimyo, fizika, biologiya va geografiya fanlari ekologik muammolami aniqlash, ularni oldini olish vazifalarini bajarish bo‘yicha yuqori o‘rinda tursa, falsafa, tarix ekologik muammolami falsafiy jihatda tahlil qiladi; pedagogika, psixologiya esa yosh avlodni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashda, ularda ekologik tarbiyani shakllantirish, singdirish va o‘stirishga xizmat qiladi. Fanlararo bog‘ianish ekologik muammolami yechishda, ulami bartaraf etishda va oldini olishda albatta, o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Kimyoviy elementlarning izotoplari juda ko‘p boMishiga qaramasdan, tirik organizmlar tarkibiga ularning faqat ayrim izotoplarigina o‘tadi. Masalan, vodorodning H’, H2 H3 izotoplaridan eng faoli H' gina tirik organizmlar tarkibiga kiradi. Organik moddalar tarkibiga C!2 izotopi, anorganik moddalar tarkibiga esa C13 izotopi kiradi. Kislorodning O'6, O17, O18 izotoplarining ichida O'6 izotopigina yuksak faollikka ega boMib, suv va karbonat angidrid tarkibiga kiradi. Kimyoviy elementlarning bir marta toMiq davriy aylanib chiqish vaqti biogeokimyoviy sikl deb ataladi. Masalan, atmosfera kislorodining hammasi 2000 yil, karbonat angidrid gazi 200-306 yil, biosferaga suv esa 2 million yil davomida tirik moddalar orqali o‘tadi. Tirik organizmlar o‘zida faqat muhitda eng ko‘p tarqalgan elementlamigina emas, balki juda kam miqdorda ucbraydigan elementlami ham to‘play olish xususiyatiga ega.


Kimyoviy elementlarning tirik organizmlaridagi konsentratsiyasi muhitdagiga nisbatan ancha yuqori boMishi mumkin. 0 ‘simliklarda uglerodmng konsentratsiyasi Yer po‘stidagiga nisbatan 200 marta, azotniki esa 30 marta yuqoridir. Har xil organizmlar turli xil elementlarni o‘zida ko‘proq to‘play olish xususiyatiga ega. Masalan, temir bakteriyalari - temirni, ildizoyoqli sodda hayvonlar - kalsiyni, bulutsimonlar, ba’zi suvo‘tlari - yodni juda ko‘p miqdorda o‘zlarida to‘playdi. Biogen migratsiya natijasida tirik organizmlar ta’sirida ayrim kimyoviy elementlar valentligi o‘zgaradi, yangi kimyoviy birikmalar hosil boMadi. Bizga ma’lum kimyoviy elementlardan 40 taga yaqini biogen migratsiyasida ishtirok etadi. Biogen migratsiyaning uch turi mavjud. Birinchi turini - mikroorganizmlar, ikkinchi turini - ko'p hujayrali organizmlar amalga oshiradi. Birinchi tur migratsiyasi ikkinchi turga qaraganda jadalroq kechadi. Hozirgi zamonda biogen migratsiyada insonlarning ahamiyati (uchinchi tur) tobora ortib bormoqda. Elementlar migratsiyasi biogen usuldan tashqari fizik va kimyoviy usulda ham kechadi. Lekin biogen migratsiya boshqa usuldagilarga qaraganda ustun turadi.
Sayyoramizda mavjud bo‘lgan tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti davomida katta o‘zgarishlarga uchradi. Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida 2 mlrd gektardan ortiq uiiumdor tuproqli yerlar yaroqsiz holga keldi. Hozirgi kunda sayyoramizda choMlanish, sho‘r bosish jarayoni tufayli yiliga 7 mln. gektarga yaqin unumdor yer yaroqsiz holga kelmoqda. Ayni paytda, dehqonchilikda foydalanib kelmayotgan yer 1,5 mlrd. gektarga yaqin bo‘lib, u jami quruqlikning 10% ini tashkil qiladi, o‘tloq va yaylovlar esa 2,6 mlrd. gektami yoki sayyoramizning 17% ini ishg‘ol etadi. Inson tuproq resurslaridan noto‘g‘ri foydalanishi oqibatida uning eroziyasi kuchaydi. Bu, ayniqsa, sug‘orish sistemasida qo'yilgan xatolikdir. Yer eroziyasi o‘rmon va to‘qayzorlaming yo‘qotilishi orqali sodir bo‘ldi. Aniqlanishicha, har kuni sayyoramiz bo‘yicha 3500 ga unumdor tuproq eroziyaga uchramoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasining tog‘li hududlarida, Mirzacho‘l, Zarafshon vodiysida va Amudaryoning quyi oqimidagi anchagina yer eroziyaga uchragan. Eroziyaga uchragan yerlarning hosildorligi 20-40% ga kamayishi ma’lum.



Download 122.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling