Ekologik monitoringning tadqiqot tamoyillari va xususiyatlari
Yer usti suvlari sifatini monitoring qilish usullari
Download 197.09 Kb.
|
Yer usti suvlari sifatini monitoring qilish usullari
Yer usti suvlari - Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Ye.o.s. umumiy suv resurslarinkt bir qismi boʻlib , suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Ye.o.s.ni gidrogeologiya fani oʻrganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Bogʻlanmagan suv bilan toʻyingan togʻ jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Ye.o.s. suv saqlovchi jinslarda tuplanish harakteriga koʻra gʻovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) — qattiq jinslarda va karst (gʻor) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Ye.o.s. tuproq suvi (qarang Tuproq suv rezkimi), mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saklovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga boʻlinadi. Kelib chiqishiga koʻra Ye.o.s. atmosfera yogʻinlari, daryo va sugʻorish suvlarining shimilishi natijasida hosil boʻluvchi infiltratsion; togʻ jinslari qatlamlarida suv bugʻlarining quyuqlashuvidan hosil boʻluvchi kondensatsion; choʻkindi togʻ jinslari paydo boʻlish jarayonida dengiz suvlarining koʻmilib qolishi natijasida hosil boʻlgan sedimentatsion va magma soviganda yoki Yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga boʻlinadi. Ye.o.s. ning yer yuziga tabiiy chiqishi bulok, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga boʻlinadi. E.o.s. tabiiy eritmalar boʻlib, tarkibida deyarli barcha maʼlum kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallashuvi (suvda erigan moddalarning umumiy miqdori, g/l) boʻyicha Ye.o.s. chuchuk (1,0 gacha), shoʻrtam (1,0—10,0), shoʻr (10,0—50,0) va namakob (50 dan koʻp) turlariga boʻlinadi. Harorati boʻyicha esa sovigan (4° gacha), sovuq (4—20°), iliq (20—37°), issiq (37-42°), qaynoq (42—100°) va oʻta qaynoq (100° dan yuqori) Ye.o.s. ga boʻlinadi. Infiltratsion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan taʼminlashda, yerlarni sugʻorishda, tibbiyotda (mineral suvlar), issiqlik bilan taʼminlashda (issiq suvlar), har xil tuz va kimyoviy elementlar (yod, bor, brom va b.) olishda Ye.o.s. dan foydalaniladi. Ye.o.s. yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishiga sabab boʻladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burgʻi quduqlari kavlanadi. Choʻllarda Ye.o.sdan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan Ye.o.s. bilan taʼminlangan. U rta Osiyo hududida 150 dan ortiq yirik Ye.o.s. konlari anikdangan. Ularning har yili tiklanib turadigan ekspluatatsion zaxirasi 1500 m3/s dan ortiq, chuchuk suvlar hissasi 1000 m3/s yaqin, qolgan qismi esa turli darajada (2—3 dan 15 g/l gacha) minerallashgan. Oʻrta Osiyoda 40 mingdan ortiq foydalaniladigan burgʻi quduqlari mavjud, ulardan 5 mingga yaqini suvi otilib chiqadigan artezian quduqlaridir; ularning koʻpchiligidan ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi (qarang Artezian suvlari). Yer osti suvlari - Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Ye.o.s. umumiy suv resurslarinkt bir qismi boʻlib , suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Ye.o.s.ni gidrogeologiya fani oʻrganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Bogʻlanmagan suv bilan toʻyingan togʻ jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Ye.o.s. suv saqlovchi jinslarda tuplanish harakteriga koʻra gʻovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) — qattiq jinslarda va karst (gʻor) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Ye.o.s. tuproq suvi (qarang Tuproq suv rezkimi), mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saklovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga boʻlinadi.Kelib chiqishiga koʻra Ye.o.s. atmosfera yogʻinlari, daryo va sugʻorish suvlarining shimilishi natijasida hosil boʻluvchi infiltratsion; togʻ jinslari qatlamlarida suv bugʻlarining quyuqlashuvidan hosil boʻluvchi kondensatsion; choʻkindi togʻ jinslari paydo boʻlish jarayonida dengiz suvlarining koʻmilib qolishi natijasida hosil boʻlgan sedimentatsion va magma soviganda yoki Yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga boʻlinadi. Ye.o.s. ning yer yuziga tabiiy chiqishi bulok, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga boʻlinadi. E.o.s. tabiiy eritmalar boʻlib, tarkibida deyarli barcha maʼlum kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallashuvi (suvda erigan moddalarning umumiy miqdori, g/l) boʻyicha Ye.o.s. chuchuk (1,0 gacha), shoʻrtam (1,0—10,0), shoʻr (10,0—50,0) va namakob (50 dan koʻp) turlariga boʻlinadi. Harorati boʻyicha esa sovigan (4° gacha), sovuq (4—20°), iliq (20—37°), issiq (37-42°), qaynoq (42—100°) va oʻta qaynoq (100° dan yuqori) Ye.o.s. ga boʻlinadi.Infiltratsion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan taʼminlashda, yerlarni sugʻorishda, tibbiyotda (mineral suvlar), issiqlik bilan taʼminlashda (issiq suvlar), har xil tuz va kimyoviy elementlar (yod, bor, brom va b.) olishda Ye.o.s. dan foydalaniladi. Ye.o.s. yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishiga sabab boʻladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burgʻi quduqlari kavlanadi. Choʻllarda Ye.o.sdan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan Ye.o.s. bilan taʼminlangan. U rta Osiyo hududida 150 dan ortiq yirik Ye.o.s. konlari anikdangan. Ularning har yili tiklanib turadigan ekspluatatsion zaxirasi 1500 m3/s dan ortiq, chuchuk suvlar hissasi 1000 m3/s yaqin, qolgan qismi esa turli darajada (2—3 dan 15 g/l gacha) minerallashgan. Oʻrta Osiyoda 40 mingdan ortiq foydalaniladigan burgʻi quduqlari mavjud, ulardan 5 mingga yaqini suvi otilib chiqadigan artezian quduqlaridir; ularning koʻpchiligidan ekinlarni sugʻorishda foydalaniladii.Yer osti suvlarining tasnifi.Yer osti suvlarini xillarga ajratishda ularning hosil bo'lishi, yer ostida yotish holati, tarkibi va boshqalarga e’tibor beriladi. Yer osti suvlari paydo bo'lish sharoitiga (yer qatlamlarida uchrashiga) qarab uch xil: Yuza suvlar (verxavodka), grunt (sizot) suvlar, bosimli yoki artezian suvlarga bo'linadi. Suv o'tkazmaydigan qatlamdan ancha yuqorida vujudga kelgan suvlar yuza suvlar deb ataladi. Ular suv shimiluvchi qatlamlar orasidagi gil yoki soz tuproq ustida qum, qumoq jinslarda to'planadi. Yuza suvlar to'planuvchi qatlamning qalinligi 2-3 m dan oshmaydi. O'zbekistonda Qashqadaryo, Buxoro viloyati cho'llarida, ayniqsa Qizilqumda ko'p uchraydi. Bunday yer osti suvlari ko'pincha chuchuk bo'ladi, dashtlarda va cho'llarda ulardan aholini suv bilan ta’minlash maqsadida foydalaniladi..Grunt suvlari. Yer yuzasi bilan suv o'tkazmaydigan qatlam orasidagi suvlardir. Bu suvlar, odatda g’ovakli jins (qum, shag’al, lyoss) orasida ko'proq uchraydi. Bundan tashqari, qatlamli va serdarz jinslar orasida ham uchrab turadi. Grunt suvlarini o'tkazmaydigan qatlam ustida yana suv o'tkazmaydigan qatlam bo'lmaganligi uchun bu suv joylashgan qatlam bilan uni suv bilan ta’minlovchi qatlam birdir. Grunt suvlarining sathi yer betidan har xil chuqurlikda yotadi. Yer osti suvlarining suv bilan to'yingan qatlam yuzasi yer osti suvlarining oynasi deyiladi. Suv bilan to'yingan qatlam suv saqlovchi qatlam deb ataladi. Grunt suvlarida bosim bo'lmaydi, chunki uning ustida suv o'tkazmaydigan qatlam bo'lmaydi. Grunt suvlari pastqam joylarda (soy, jar, ariq) yer betiga sizilib chiqib qoladi. Yer osti suvlari yer yuzasiga chiqmagan joylarda quduq qazilganda ham yer osti suvlaridan ko'tarilishi, ularning umumiy sathidan oshmaydi. Adabiyotlar ro`yxati: 1. Karimov I. A. «O`zbekiston XXI asr bo`saasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» Toshkent. O`zbekiston, 1997. 2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T.Oqituvchi, 1991. 3. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi. T.1998. 4. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. Nasaf, 2003. 5. To`xtayev A. Xamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish. T. O`qit. 1997. 6. To`xtayev A. Ekologiya. T. O`qituvchi,1996. 7. ulomov .N. Inson va tabiat. T.O`qituvchi, 1990. 8. Otaboyev Sh. Nabiyev M. Inson va biosfera. T. O`qituvchi, 1995. 9. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. O`qituvchi, 1994. 10. Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T. O`qituvchi, 1997. 11. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T. O`qituvchi, 2005. 12. Ergashev A. Umumiy ekologiya. T. O`zbekiston, 2003. 13. Tursunov X., Raximova T. Ekologiya. T. 2006. 14. Sultonov P. Ekologiya. Toshkent. 2007 y. www.nature.uz www.uznature.uz 3. www.econews.uznature.uz 4. www.ziyonet.uz Download 197.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling