Ekologik omillar. Reja: Abiotik omillar 2


Download 21.2 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi21.2 Kb.
#249789
Bog'liq
ASOSIY EKOLOGIK OMILLAR VA ULARNING


EKOLOGIK OMILLAR .

REJA:


1. Abiotik omillar
2. Edafik-tuproq omillari
3. Orografik- relef omillar
4. Biotik omillar
5. Antropogen omillar
6. Tarixiy omillar

Muhit deganda - tirik organizmlarni o’rab olgan barcha biotik va abiotik omillarning yig’indisini tushunamiz. Muhit quruqlik, havo, suv va yer ostidan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, yashash sharoiti degan tushuncha ham mavjud bo’lib, bularga tirik organizm uchun zarur bo’lgan yorug’lik, issiqlik, namlik, havo, suv kiradi. Muhit ko’plab elementlardan tashkil topgan bo’lib, o’simliklar olamiga turlicha ta’sir ko’rsatgani uchun ham ekologik omillar deb yuritiladi. Ekologik omillarni quyidagi turlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi


A b i o t i k o m i l l a r

Abiotik omillarga iqlim, yorug’lik, issiqlik, namlik, havo oqimi, shamol, suv, edafik-tuproq, orografik-relef omillari kiradi.


Yorug’lik. Quyoshdan taralayotgan yorug’lik nuri barcha organizmlar uchun u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham yorug’lik eng muhim hayotiy omillardan biri hisoblanadi.

Quyosh nuri, ya’ni yorug’lik omili o’simliklarda bo’ladigan fotosintez jarayonida, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun zarur organik moddalar hosil bo’lishida qatnashadi. Fotosintez jarayoni natijasida yutilgan yorug’lik energiyasi bog’langan ximiyaviy energiyaga aylanadi. Yorug’lik boshqa omillarga (suv, issiqlik) nisbatan yer yuziga bir xil taqsimlangan. Buni esa yer sharining yorug’lik tanqisligi tufayli mutlaqo o’simlik o’smaydigan joy yo’qligidan ham bilish mumkin. Tun uzoq bo’ladigan qutb viloyatlarida o’simliklarning sekin va kam o’sishiga yorug’lik emas, balki harorat sharoitining noqulayligi

sabab bo’ladi.

Ma’lumki, o’simlik yorug’likni tabiiy holda faqat quyoshdan oladi. O’simlik faqat tik tushgan yorug’likni emas, tarqoq holda tushgan yorug’likdan ham foydalanadi. Tik tushgan yorutlik o’simlikning xlorofil donachalari va tsitoplazmasini o’ldirib, o’simlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tarqoq tushgan yorug’lik foydali bo’lib, o’simlik bunday yorug’likni to’liq o’zlashtiradi. Sababi tarqoq, tushgan yorug’lik sariq-qizil nurlardan iborat bo’ladi.


Yer sharining har bir mintaqasida yorug’lik sharoiti o’ziga xos bo’ladi. Cho’l, dasht, baland tog’ mintaqalari yorug’lik bilan kuchli ta’minlangan bo’lsa, aksincha g’orlar yorug’lik bilan kam ta’minlanadi. Shuning uchun ham har bir hududning yorug’likka nisbatan moslashgan o’ziga xos o’simlik turlari mavjud bo’ladi.

Yorug’likka bo’lgan talabiga ko’ra o’simliklarni 3 ta guruhga bo’lish mumkin:


a) yorug’ sevar o’simliklar –g ye l i o f i t l a r guruhi. Bular yorug’lik yetarli bo’lgan sharoitda normal o’sib rivojlanadi.

Ushbu turlarning yorug’lik bilan taminlanishi 100 % ni tashkil etadi.

Bunday o’simliklar cho’l, dasht, o’tloq o’simliklari bo’lib bularga O’zbekiston florasidagi efemerlar, efemeroidlar, ko’p yillik yozgi o’tlar — yantoq (Alhagi sparsifolia Shap), isiriq (Peganum harmala L-), oqquray (Psoralea drupacea Bge.), qo’ziquloq (Phlomis thafsoilts Bge), butalardan shilvilar (uchqat) (Lonicera tatarika L.), qizilcha-efedra (Epedra equisetina Bge.), saksovul (Haloxylon aphyllum), daraxtlardan jiyda (Elaeagnus orientalis L.), chinor (Plantanus orientalis L.), archa (Juniperus zeravschanika Kom.), boshoqdoshlardan ajriq (Cynodon dactulon (L) Pers), mastak (Lolium mulitflorum Lam), yaltirbosh (Vgomus tectorum L) misol bo’la oladi.

Bular soyali sharoitda ancha yomon o’sadi va yomon rivojlanadi .Ularning soyada o’sishi tezlashadi, nomutonasib shakllar paydo bo’ladi.


b) soya sevar o’simliklar – s ts i o f i t l a r guruhi.

Bu guruhga mansub o’simliklar yorug’lik bilan kam ta’minlangan muhit o’simliklaridir. Bular yorug’likni ko’p xohlamaydigan turlar bo’lib, o’simliklar qoplamining pastki pog’onalarida yaxshi o’sib rivojlanadi. Bunday turlarga xona va oranjeriya, issiq xona o’simliklari, moxlar, poporotniklar, yong’oqzorlarda o’suvchi xina (Impatiens balsamina K), tog’binafsha (Viola isopetala Juz.), marvaridgul (Covalaria) kabi turlarni kiritish mumkin.



Soyada o’sadigan o’simliklar yorug’likda o’sadigan o’simliklardan morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan keskin farq qiladi;


v) oraliq o’simliklar- (soyaga chidamli o’simliklar) yuqoridagi ikki guruppa oralig’ida uchraydigan o’simlik turlari bo’lib, bular ham yorug’likka, ham soyaga ancha bardoshlidir. Bular odatda quyosh nuri bevosita tushadigan yerlarda yoki shunga yaqin joylashgan yerlarda ham yaxshi o’sib rivojlanadi. Shu bilan birga quyosh kam tushadigan yerlarga ham tez moslashadi.
Download 21.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling