3. Park rezervat modeli.
Mose Ingo. Sanft er Tourismusim Nationalpark Hohe Tauern. Vechtaer Arbeitenzu rGeographie und Regional wissenschaft , Band 6. Vechta, 1988. P. 267.
Yevropaliklarning Park rezervat modelini qabul qilishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
- Birinchidan -yevropaliklar “o‘z uyingni o‘zing pokiza tut” shiorini ommaviy ravishda qabul qilganlar
- Ikkinchidan-Yevropada yashayotgan xalqlar hayotning har qanday muammolarini birgalashmasdan hal qilib bo‘lmasligini ham juda yaxshi bilishadi.
- Uchinchidan, park rezervat tizimini tashkil qilish yo‘li bilangina zamonaviy sanoati kuchli rivojlangan Yevropaning hozirgi tabiatini saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish mumkinligini ular ancha erta angladilar.
- To‘rtinchidan, tabiat va uning resurslarini saqlab qolish va muhofaza qilishning yo‘llarini birinchilardan bo‘lib tadqiq qilganlar ham yevropaliklar hisoblanadi. Shu o‘rinda qayd qilish lozimki, yevropaliklar oilasida ekologik madaniyatni o‘qish-o‘rgatish maktabgacha tarbiya ta’limiga kiritilgan.
- Beshinchidan, Yevropa davlatlaridagi maktablarda boshlang‘ich ta’limda “O‘lkashunoslik”, “Tabiatshunoslik”, “Tabiatga ekskursiya” fanlarini o‘qitish o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab juda kuchaytirilgan. Yevropaliklar tabiatga mehr va uni asrash-avaylash his-tuyg‘ularini bolalikdan o‘rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |