Avstraliya modeli.
6. Bavariya o‘rmonlari milliy parki (Yevropa-2 modeli).
Bavariya o‘rmonlari milliy parkini ko‘pincha ekoturizmni rivojlantirishning xalqaro Yevropa-2 modeli deb ham nomlashadi. Bu milliy parkning tashkil qilinish tizimi ham ekoturizmni rivojlantirishda butunlay yangicha usullarni qo‘llashdan boshlandi. Bavariya o‘rmonlari milliy parkini asosiy xususiyati shundaki, uni mahalliy hukumat tashkil qildi va asosiy shior tabiat va uning resurslarini muhofaza qilishda davlatga yordam berish
dan iborat.
Yaqin vaqtlargacha milliy parklar bir-biridan ajralgan holda, axborotsiz yoki o‘zaro hamkorliksiz ishlar edi. Lekin ekologik muammolarning sayyoraviy chegaralarda kuchayishi, muammolarning yechimini topish qiyinlashib borayotganligi, moliyalashtirishning og‘irlashib borayotganligi dunyodagi milliy parklarni yagona tarmoqqa birlashtirishni talab qildi. 1993-yilda landshaft bioxilma-xilligi va turlarni saqlash bo‘yicha «PanYevropa strategiyasi» jahonda birinchi ekologik tarmoq – EKONETning tuzilganligini e’lon qildi.
6. Bavariya o‘rmonlari milliy parki (Yevropa-2 modeli).
Do'stlaringiz bilan baham: |