2. Yevropa modeli. Birinchi Yevropa milliy parki 1909-yilda Shvetsiyada tashkil topgan. Bu modelning o‘ziga xos afzalliklari Buyuk Britaniyada ishlab chiqildi. Bu modelda ishlash g‘arbiy Yevropa va Yaponiyada tashkil qilindi va tobora rivojlanib bormoqda. Bu modelning asosiy xususiyatlari milliy parklarning hududlari kichikligi va aholining ekologik bilim va madaniyat yuqori darajadaligi bilan farqlanadi. Bu modelni moliyalashtirish davlat tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham transport, yo‘l kommunikatsiyalari va ekoturizm infratuzilmalari juda yuqori darajalarda tashkil qilingan.