Ta’limiy maqsad - o’quv materiallarining mazmunini bilish, ya’ni, ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o’zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olish. (18)
Ta’limiy maqsada o’quvchilarga go’zallik haqida ilmiy bilimlar berish, ulug’ mutafakkirlarimizning go’zallik, nafosat haqida aytgan ibratli fikrlari bilan tanishtirgan holda nafosat bo’yicha ta’lim berish ko’zda tutiladi.
Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o’zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g’oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o’zining shaxsiy sifatlarini, iymon-e’tiqotlarini shakllantirish.(18)
Bu maqsadda fan asoslaridan kelib chiqqan holda ularni odob-ahloqli, mehnatkash bo’lishga undash orqali nafosat ruhiyatini keltirib chiqarish va ularni ham shunday bo’lishga, go’zalliklar yaratishga undash lozim.
Rivojlantiruvchi maqsad – ta’lim-tarbiya jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolatini, bilish qobiliyatining o’qishga, mehnatga bo’lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat.(18)
Muammoli ta’lim xususiyati haqida Ilgizar Mannanova shunday fikr bildiradi: «O’qituvchining fikrlash faoliyatida mantiqiy to’g’ri, ilmiy xulosalarni izlash va o’zlashtirishga rag’barlantiradigan muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, ular ongida izlanishlarga o’xshash, bilish vazifalari va muammolarni paydo bo’ladigan qilib o’rgatish, muammoli ta’lim berishning asosiy hususiyatlaridandir».(18)
I. Minanova fikriga qo’shimcha qilgan holda shuni ta’kidlash mumkinki, kichik yoshdagi o’quvchilarni nafosat ruhida tarbiyalashda ular oldiga «Nima uchun hayotimizda nafosatning o’rni katta?», «Qanday qilib go’zalliklar yaratish mumkin?» tarzidagi savollarni qo’ygan holda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish orqali o’quvchilarni izlanishga undash yaxshi samara beradi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganilarimizning barchasi boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafosat tarbiyasining maqsad va vazifalari, ularni tarkib toptirish, shakllantirib borish hislatlarini amalga oshiradi, nazorat qilib boradi.
Boshlang’ich sinflarda nafosat tarbiyasining asosiy qoida,
Do'stlaringiz bilan baham: |