Ekologik va nafosat tarbiyasi
Ta’lim-tarbiyaning ilmiy bo’lish qoidasi
Download 116.5 Kb.
|
03.Boshlang’ich sinf o’quvchilariga Nafosat tarbiyasini berishda pedagogic etika
Ta’lim-tarbiyaning ilmiy bo’lish qoidasiMaktab ta’limiga qo’yiladigan ilmiylik talabi xalq ta’limi to’g’risidagi barcha qonunlar, «Umumiy ta’lim maktab kontseptsiyasi» hamda «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasi»da ifodalangan etakchi talabdir. Sababi tevarak atrofimizni o’rab turgan olamning ilmiy bo’lish qoidasi haqida pedagog olimlarimizdan A.Q. Munavvarov shunday fikr bildiradi: «Ta’limning ilmiyligi qoidasi o’quvchining o’quv materialidagi qonuniyatlarini aks ettirishi, tushunishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir». (16) Yana bir guruh pedagog olimlarimiz R. Mavlonova va fikrdoshlari o’zlarining «Pedagogika» kitobida esa ilmiylik printsipiga quyidagicha munosabat bildiradi: «Ilmiylik printsipi maktab ta’limi mazmuniga fanda aniq rasmiylashgan o’quv materiallarini kiritishni o’quvchilarni o’z yoshlariga mos ilmiy tushunchalar bilan qurollantirishni talab qiladi. Dasturlar va darsliklarda esa anna shunday tushunchalarni o’zlashtirishning tartibi ifodalanadi. (17) Men yuqorida keltirilgan ta’rifga qo’shimcha fikr bildirgan holda quyidagi mulohazani keltiraman. Ma’lumki boshlang’ich ta’lim judayam murakkab jarayondir. Bu davrda me’yor tushunchasiga juda katta e’tibor qaratiladi. Kichik yoshdagi o’quvchilarga ilmiy tushunchalar ham soddalashtirilgan holda beriladi. Boshlang’ich sinf darsliklarida ilmiy bilimlarni ma’lum jihatlari tilga olinadi. O’qituvchi shu qisqa ilmiy bilimlarini o’quvchilarga tushuntirish orqali ularning nafosatga o’rgatish mumkin. 4 sinf tabiatshunoslik darsligida «Kun va tun» mavzusi bor. Unda kun va tun almashishi, ularning o’zaro aloqadorligi haqida ilmiy tushunchani keltiradi. (38) Ushbu tushunchani o’quvchilarga izohlab berayotgan ularga kunning ham, tunning ham afzalliklarini, ularning o’zgacha hislatlari, o’zgacha go’zalliklarga ega ekanliklarini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Shuningdek, «Qora tun» o’rniga «Sokin tun» atamasini ishlatish, sokin tunning go’zal manzarasini ifodalash, tungi osmonda gumbazdagi sadaf yulduzlarining jilvalari, oyning go’zalligi, tabiatning sokin tundagi go’zal, insonlarni oromlantiruvchi manzarasini o’quvchilarga so’zlab berish, «Kun» atamasini o’rniga «Munavvar tong otishi», «Quyoshning zarrin nurlari» kabi atamalarni ishlatish, Tongi go’zalliklar, tabiatning uyg’onishi, qushlarning sayrashi, jonlanish kabi kunduzi amalga oshiriladigan go’zal xarakatlar, hislatlar haqida o’quvchilarga so’zlab berish kerak. Bunda o’qituvchining so’zlashuv odobi, bolalarga bo’lgan muomila munosabati yuqori darajada bo’lishi kerak. Bu orqali ularni hayotini sevishga, doimo shunday go’zalliklarni avaylab asrashga, o’zlari ham go’zallik yaratish harakatiga tushib qolishiga bir turtki bo’ladi. Bu o’quvchilarni ilmiylik printsipi orqali nafosatga o’rgatishning bir ko’rinishidir. Ta’lim-tarbiyaning tizimli va izchil bo’lish qoidasi Ijtimoiy taraqqiyot keskin tus olayotgan bir davrda maktab ta’limini rivojlantirish uchun uni bir tizimsiz bajarib bo’lmasligi kunday ravshan bo’lib qoldi. O’quv materiallarini tushuntirish tizimi o’quv materiali aniq bayon etilgan g’oyalarga, o’qituvchi-pedagoglar tomonidan bu g’oyalardan o’quvchilar yoshiga mos kelishini, ularning bola shaxsini rivojlantirishda qanchalik ahamiyati, o’qituvchilarning pedagogik mahoratini, darsdagi muhit bilan mavzusining mosligini tartibga soladi. Ta’lim tarbiya jarayonida oddiydan murakkab tamon borishga imkoniyat yaratadi. Tizimli ta’lim haqida olimlarimiz shunday fikr bildiradi: Ta’limning tizimli bo’lish qoidasi bayon qilinayotgan o’quv materiallarini mustaxkamla va ilgari o’tilgan materiallarni to’ldirishga xizmat qilishini, o’quvchilarning uzluksiz va izimli suratda mustaqil ish olib borishlarini, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim va hosil bo’lgan ko’nikma, malakalarini hisobga olib borishini o’z ichiga oladi. (16) Bilimlarni tizimini bayon qilish ularning yangisini ilgari o’tilgani bilan bog’lash, shu orqali o’quvchilarning tushuncha va tasavvurlari doirasini kengaytirish hamda chuqurlashtirish, materialini qismlari bo’yicha o’rganish, ularning asosiy jihatlarini, umumiy g’oyasini alohida ifodalash bilan o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini yo’nalishga solish va rivojlantirish, ularga mustaqil holda tahlil qilishni, o’zlashtirilgan faktlarni tizimga solish va umumlashtirish – o’rgatishdir. (17) Ta’limning tizimli bo’lishi uchun izchil bilan bog’liqdir. Tizimlilik va izchillik o’quvchilarda har bir fanning bir-biri bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatishda ham muhim ahamiyatga ega. Tizimlilik va izchillik qoidalari o’zoro bog’liq bo’lgan alohida fanlarini hamda kundalik o’quv materiallarini mantiqiy jihatdan bir-biriga mustahkam bog’liq holda va muayyan tartibda o’qitish hamda ta’lim jarayonida o’quvchilarni tizimli ilmiy bilim ko’nikma va shakllarini o’zlashtirib olishlarini ta’minlaydi. Agar ta’limda tizimlilik va shunga asoslangan holda izchillik bo’lsa taraqqiyot ham bo’ladi. Bu tizimlilik va izchilliklarni nafosat dunyosi tariqasida oladigan bo’lsak fan kabi nafosat ham tizimli va izchil bo’ladi. O’quvchilarni nafosat ruhida tarbiyalashda tizimlilik va izchillikdan foydalansak yaxshi natija beradi. Avvallari estetik tarbiya o’ta tor va bir tomonlama taqin qilinar, ba’zan estetik tarbiyaga odamlarda yuksak estetik did-farosatni shakllantirish sifatida qoralar edi. Bugungi kunga kelib nafosat tarbiyasining tizimlari ko’payib bormoqda va bu tizimlar uzviy izchillashtirilmoqda. (34) Endilikda nafosat tarbiyasi did-farosatni shakllantirishgina emas, balki mukammal idrok, go’zallik, oliy fazilatlar ham nafosat tizimiga kirib ketmoqda. Nafosat tarbiyasining tizimliligini kichik yoshdan boshlab takomillashtirib borish kerak. Bola maktabga kelgandan boshlab uni nafosat bilan hamohang tarbiyalab borish kerak. Nafosat ruhida tarbiyalashda oddiylikdan murakkab tizimga qarab yo’naltirilishi kerak. Xulosa Yuksak milliy ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining bosh omillaridan biridir. Xalq, davlat, millat manfaatlarini bir butunlikda to’laligicha tasavvur etuvchi, milliy g’ururi baland, o’z yurtining chinakam fidoyisi bo’lgan komil inson shaxsini tarbiyalash masalasini hal etmasdan turib, mamlakatimizning iqtisodiy, ma’naviy, madaniy jihatlardagi intellektual qudratimizning barqaror etishimiz mumkin emas. Shu tufayli hozirgi kunda mamlakatimizda sog’lom, barkamol avlodni tarbiyalashga e’tibor berilmoqda. Republikamizning ko’zga ko’ringan bir qancha pedagog-olimlari bu masalani bartaraf etish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqdalar. Jumladan, pedagog olimlarimiz bu dolzarb muammoni kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalash orqali hal etish mumkin, degan fikrni ilgari surdilar. Biz «Boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik tarbiyalashning asosiy vosita va usullari» muammosining nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilib quyidagi xulosalarga keldik. 1. O’quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviyat va «estetik boy dunyoqarashni» ni shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalasi, ijtimoiy-pedagogik zaruratdir. 2. Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi – o’quvchilarda hayot va san’atga nisbatan estetik munosabatni shakllantirish, ularda go’zallikni idrok etish, his etish, to’g’ri tushunib etish va hayotga qayta go’zalliklarni olib kira olish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. 3. Kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalash uchun avvalo ularning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish. 4. Kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashda ta’lim-tarbiyaning asosiy qoidalari, vosita va usullardan foydalanish zarur. 5. O’quvchilarni estetik tarbiyalashda san’at va badiiy asarlar muhim ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. 6. Badiiy asar qahramonlari, obrazlari orqali o’quvchilarning his-tuyg’ulari, tasavvur va tushunchalariga ta’sir ko’rsatish yuksak samara beradi. 7. Badiiy asar qahramonlarini, ularning ijobiy fazilatlarini o’quvchilarga namuna qilib ko’rsatish, ularga taqlid qilishga o’rgatish zarur. 8. Badiiy asardagi salbiy qahramonlarga nisbatan tanqidiy munosabatga o’rgatish, ulardan nafratlanish va to’g’ri xulosa chiqarish his-tuyg’ularini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. 9. Kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashda milliy musiqa madaniyatimiz, ohangrabo qo’shiqlar o’quvchilarni ezgulikka, go’zalliklar yaratishga undaydi. 10. Dars jarayonida har bir mavzuga mos ravishda, mavzudan kelib chiqqan holda o’quvchilarni nafosatga o’rgatib borish kerak va bundan o’qituvchi mavzuga mos estetik tarbiyani tanlay bilishi va o’quvchilarga tushunarli tarzda etkazib berishi lozim. 11. Kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalash jarayonida muammoli ta’limdan foydalanib borishni yo’lga qo’yish samarali natijalar beradi. 12. Kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalash nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqari sharoitlardan ham mukammal foydalanib borish lozim. Tajrib-sinov ishlari tahlili asosida kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalash omillari asoslab berildi. Ushbu xulosa va metodik tavsiyalarimizdan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan pedagog o’qituvchilar hamda shu soha bo’yicha ta’lim olayotgan, yangi etishib kelayotgan pedagog kadrlar ish faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling