Ekologik vaqt omili Tashqi (ekzogen) ritmlar O`simlik va xayvonlardagi sutkalik maromlar


O’simlik va hayvonlardagi mavsumiy uzgarishlar


Download 23.59 Kb.
bet4/6
Sana09.06.2023
Hajmi23.59 Kb.
#1470573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari

O’simlik va hayvonlardagi mavsumiy uzgarishlar
O’simlik va hayvonlarning o’sishi hamda rivojlanishida Fotodavriylikning roli. Muhit sharoitining davriy o’zgarishi natijasida o’simliklar va hayvonlarning fiziologik holatida yil bo’yicha katta o’zgarishlar ro’y beradi. Agar tirik organizmlar yil davrlariga moslashmasa, ular nobud bo’lishi mumkin. Masalan, tinim bosqichlari qishgacha shakllanib bo’lsa, individlar nobud bo’ladi.
Kishga tayyorgarlikdagi biologik jarayonlar yozda — havo va tuproqda harorat hali baland bo’lganida boshlanadi.
Tirik organizmlardagi mavsumiy tsikllarning boshqarilishida kun uzunligining o’zgarishi ham muhim ahamiyatga ega.Kun uzunligining jonli organizmlarga ko’rsatadigan tahsiri Fotodavriylik deyiladi. Uning hosil bo’lishi kuchli yorug’lik bilan tahminlanishiga emas, balki sutkada kunduzning kechasi bilan almashib turish ritmiga bog’liqdir.
Tirik organizmlarning fotodavriy ravishda tahsirlanishi ularning noqulay sharoitlar tahsiriga moslanishi katta ahamiyatga egadir. Sutka davomida sunhiy yoritilgan yoki kun uzunligi 15 soatdan oshgan joydagi qayin o’simligining urug’ ko’chatlari uzluksiz o’sadi va bargini to’kmaydi. Ammo sutkasiga 10—12 soat yoritilganda, bu ko’chatlarning o’sishi hatto yozda ham to’xtab qoladi va tez orada bargini ham to’kadi. Kuzning qisqa kuni tahsirida asta-sekin qishki tinim davriga o’tadi. Barg to’kadigan aksari daraxtlar: tol, oq akatsiya, eman va qoraqayin uzun kunda doimo yashil turadi.
Kunning uzunligi hayvonlarga ham tahsir etadi. Uzun kunlarda kanalar va hasharotlar qishki tinim davriga kiradilar. Masalan, karam kapalagi qurtlari uzun kun sharoitida (yorug’ kun 14—16 soatni tashkil qilganida) saqlansa, g’umbaklaridan kapalaklar chiqadi va bir necha avlodlari uzluksiz rivojlanadi. Ammo qurtlar 14 soatdan qisqa kunda saqlansa, bahor va yoz faslida harorat yetarlicha yuqori bo’lishiga qaramay, qishlaydigan g’umbaklari bir necha oy mobaynida rivojlanmay turadi.
Bahorda kun uzayishi bilan parrandalarda jinsiy bezlar rivojlanadi, ularda uya yasash instinkti hosil bo’ladi. Kuzda kun qisqarishi bilan qushlar tullab qishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar, yahni yog’ to’playdilar va uchib ketishga (mitratsiya) shoshiladilar.
O’simliklarda qishki tinim. davriga kirish va boshqa mavsumiy hodisalar ham kun uzunligiga bog’liq. Masalan, ko’pgina yovvoyi o’simliklar uzun kun o’simliklaridir. Madaniy o’simliklardan bug’doy va arpa navlari, javdar, suli, zig’ir uzun kun o’simliklariga kiradi. Ammo janubda o’sadigan bahzi o’simliklar, masalan, xrizantema, kartoshkagul, g’o’za va boshqalarning guli kunlar qisqa bo’lgan davrda gullaydi. SHuning uchun ham ular faqat yoz oxirida — kuzda (kun qisqargan vaqtda) gullaydi. Bu xil o’simliklarni qisqa kun o’simliklari deb ataladi.
Fotodavriylik turli organizmlardagi mavsumiy hodisalarni boshqaradigan umumiy moslanishdir. Fotodavriylik hodisasi barcha yirik muntazam gruppalarda uchraydi, ammo ularning hammasiga ham xos emas. SHunday turlar mavjudki, ular fotodavriylik hodisasi tahsiriga neytraldirlar, ularda rivojlanish tsikllaridagi fiziologik hayotni o’zgartirish kun uzunligiga bog’liq emas. Bunday turlarda hayotiy tsikllarni boshqarishning boshqa usullari rivojlangan bo’lishi ham mumkin. Masalan, fasllar bo’yicha kuchli farq bo’maydigan joylarda tarqalgan turlarda fotodavriylik hodisasi kuzatilmaydi. Bu urug’larning unib chiqishi, gullashi, meva qilishi, barglaning to’kilishi va boshqalar tropik o’rmonlarda o’sadigan o’simliklarda uzoq vaqt davom etadi. Bu yerda o’sadigan o’simliklar bir vaqtda gul ham, meva ham hosil qiladi. Mo’htadil iqlimli sharoitlarda o’sadigan turlar, qulay vaqtlarda barcha hayotiy tsikllarini to’la tahminlay oladigan, yilning noqulay fasllarida faol qayotiy faoliyatlarga ega bo’lmagan turlarda ham fotodavriylikning tahsiri bo’lmaydi. Masalan, ko’pgina efemer va efemeroid o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi yilning yog’ingarchilik ko’p bo’lgan davrida o’tadi. Jazirama issiqlar boshlanishi bilan, ularning urug’lari to’kiladi, tanasi qovjirab qoladi. Yetti-sakkiz oy davomida ularning urug’lari jazirama issiqlarga bardosh berib, tinim davrini o’taydi.
Efemer o’simliklarga qizg’aldoq, shotara, chitir, oq chitir va jag’-jag’ misol bo’la oladi. O’rta Osiyoda ularning 400 ga yaqin xili o’sadi
Efemeroidlarga esa rang’, qo’ng’irbosh, boychechak, lola va iloq kabi o’simlik turlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
SHu narsa mahlumki, yorug’ kunlarning uzunligi yil faslidan tashqari, joyning geografik o’rniga ham bog’liqdir. Qisqa kunli turlar asosan past kenglikda o’sadi va yashaydi, uzun kunli turlar esa mo’htadil va yuqori kenglikda o’sadi va rivojlanadi. Keng areallarga ega bo’lgan shimoliy individlar va fotodavriylik xili bilan janubiy individlardan farq qiladi, SHunday qilib, fotodavriylik xili bu turlarning muntazam xususiyati bo’lmay, balki ekologik xususiyatidir.
O’simlik va hayvonlardagi fotodavriylik irsiy jihatdan mustahkamlangan, genetik xususiyati jihatidan bog’langandir, SHunday bo’lishiga qaramay fotodavriylikning tahsiri muhit omillarining mahlum tahsiri ostida sodir bo’lishi mumkin. Masalan, mahlum harorat oralig’ida ayrim ekologik muhitlarning qo’shilishi tufayli, turlar tabiiy ravishda (fotodavriylikka qaramay) o’zlariga xos bo’lmagan kengliklarga tarqalishi mumkin. Tropik baland tog’larda o’suvchi uzun kun o’simliklari mo’htadil zonadan chiqqan deb hisoblanadi.
Yorug’ kunlarning uzunligi o’simliklar yopiq tuproqlarda parvarish qilinganida o’zgartiriladi. Yorug’likning uzunligini boshqarish bilan tovuqlarning tuxum qo’yishini ko’paytirish, mo’yna beradigan hayvonlarning ko’payishini boshqarish mumkin.
Organizmlarning o’rtacha yillik rivojlanishi shu joyning iqlim sharoitiga qarab aniqlanadi. Fotodavriylikning tasiri ham ana shunga moslashadi. Bu muddatdan chiqish ob - havo sharoitiga bog’liq bo’ladi. Ob-havo o’zgarishi bilan organizmlarda u yoki bu fazalarning o’tish vaqti ham o’zgarishi mumkin. Bu holat ayniqsa o’simliklarda va poykiterm hayvonlarda kuchli kuzatiladi. Agar o’simliklar foydali haroratni yig’ib ololmasalar, ular hatto fotodavr sharoitrida ham gullamaydilar.
G’o’za o’simligi davrlarning o’rtacha, uzunligi havo harorat va namlik darajasi noqulay kelganda va foydali harorat yetarli darajada bo’lmaganda cho’zilib ketishi mumkin (masalan, birinchi davr 5—7 kun o’rniga 12—16 kun davom etadi Umuman, go’zaning o’rtacha tolali navlarining o’suv davri 130—160 kun, ingichka tolali navlarniki 50—65 kun cho’ziladi.
Tabiatdagi davriy o’zgarishlarning qonuniyatlarini amaliy ekologiyaning maxsus sohasi — fenologiya o’rganadi.

Download 23.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling