Ekologiya fani va uning bo’limlari, ekologiyaning vazifalari. Umumiy ekologiya fani va uning bo’limlari


Ekologik havfsizlik va barqaror rivojlanish


Download 210.26 Kb.
bet22/32
Sana20.01.2023
Hajmi210.26 Kb.
#1104876
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Ekologiya fani va uning bo’limlari, ekologiyaning vazifalari.

Ekologik havfsizlik va barqaror rivojlanish.
Inson tomonidan yuritilgan xo‘jalik faoliyatining jadal rivojlanishi tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish konuniyatlarini xisobga olmay turib, “XXI asrga yul” Rim klubining ishlaridan birida ta’kidlaganidek, er yuzidagi barcha qarama-qarshiliklar tuprok eroziyasi, o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishi, baliqlarning ortiqcha ovlanishi, kislotadi yomg‘irlar yog‘ishi, atmosferaning ifloslanishi, ozon qatlamining buzilishi orol bo‘yi muammolari va xokazolarning yuzaga kelishiga olib keldi.
Adirli xudud (quruq mintaqa) sharoitlarida, aҳoli soni o‘sishi bilan antropogen ta’sir (suvga va xayot uchun zarur bo‘lgan boshqa vositalarga nisbatan extiyojning o‘sishi) ortadi. Bu respublikamiz axoli zich yashaydigan xududlarida qo‘shimcha ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammoni keltiradi.
O‘zbekiston xududida iqlimning global va mintaqaviy o‘zgarishining oqibatlarini baxolash 2030 yillarga kelib, shimoliy xududlarda o‘rtacha yillik xaroratning 2-3 darajaga va respublika janubiy qismida 1 darajaga o‘sishi kutilmoqda (tog‘li xududlarga kamroq ta’sir kursatilishi mumkin).
O‘zbekistonning barcha xududlarida yog‘ingarchiliklar miqdori ko‘payishi kutilmoqda: Fargona vodiysida 5-15 foizgacha, respublikamizning shimoliy qismida esa -15-20 foizgacha. Iqlimning o‘zgarishi suv yuzasidan bug‘lanish xisobiga 10-15 foizga va o‘simliklar transpiratsiyasi xisobiga 10-20 foizga suv yo‘qotilishi miqdorining ortishiga olib keladi. Bu esa suvdan foydalanishning o‘sishi bilan suv iste’mol qilinishini o‘rtacha 18 foizga o‘sishiga olib keladi. Samarali xarorat yig‘indisining 5-10 foizga o‘sishi va sovuq bo‘lmagan davrning davomiyligi 8-15 kunga ortishi sababli qishloq xo‘jalik ekinlariga ishlov berish agroiqlim sharoitlari o‘zgaradi.
SHu bilan birga, noqulay yozgi davr 1-3 un kunlikkacha ortib, bu paxta va yaylovlar maxsuldorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Biz 20-25 yil mobaynida jaxondagi eng yirik yopiq suv xavzalaridan birining yo‘qolib borishiga guvox, bo‘lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko‘z o‘ngida butun bir dengiz xalok bo‘lgan xol xali ro‘y bergan emas edi”.
So‘ngi 40-45 yil davomida dengiz satxi 22,0 metrdan ko‘proqqa pasaydi, akvatoriya maydoni 3,8 barobardan ortiq kamaydi, suv xajmi 1064 dan 115 kilometr kubgacha pasaydi, suvdagi tuz miqdori 72 g/l ga etdi. Orol dengizi deyarli “o‘lik” dengizga aylandi. Uning qurib qolgan qismining maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etdi va yaqin atrofga qumli tuzlar tarqatish manbai bo‘lib qoldi. CHang tarqalayotgan maydon uzunligi 400 kilometr va kengligi 40 kilometrga etmoqda. CHangli bo‘ronlar ta’sir doirasi 300 kilometrni qamrab olmoqda.
Xar yili bu erda atmosferaga 15 dan 75 million tonnagacha chang ko‘tariladi. Utgan asrning 80-yillaridan boshlab, bunday bo‘ronlar yiliga 90 kunlab kuzatiladi.
Ayni paytda Amudaryo va Sirdaryo deltalarida erlarning tabiiy xolati buzilib, cho‘lga aylanish sur’atlari o‘sib bormoqda.
Orol dengizining qurib borishi sababli kelib chiqishi va oqibatlari darajasi bo‘yicha xalqaro xususiyatdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar majmuasi yuzaga keldi.
“Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. Dengiz xavzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning ta’sirida qoldi”.
CHorvoq, Andijon (O‘zbekiston), Toktogul (Qirg‘iston) Qayrokum (Tojikiston), Kattako‘rg‘on, janubiy Surxon suv omborlari to‘g‘onlarining shikastlanish extimoli ayniqsa xavotirli vaziyatlarni yuzaga keltirishi va buning oqibatida respublika xududida suv bosish xududlari paydo bo‘lishi mumkin. Tojikiston tog‘larida Usoy uyumi natijasida yuzaga kelgan Sarez ko‘li aloxida xavfli xisoblanadi (xajmi -16,6 km2). Agar bu uyum to‘sig‘i yorib o‘tilsa Bartog, Panj va Amudaryo daryolar vodiylarida xalokatli toshqinlar yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent, Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari Respublikada eng xavfli er ko‘chish xududlari xisoblanadi.
Tog‘lar o‘ramidagi Farg‘ona vodiysida ko‘chkilar asosan adirlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq, Samarqand viloyatining ba’zi xududlarida xam ko‘chkilar kuzatildi.
O‘zbekiston Respublikasining tog‘ yon bag‘ri xududlarining deyari barchasi sel xavfi bor xududlar xisoblanadi. Fargona vodiysi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari sel xavfi kuchli xududlar xisoblanadi. Qorlar jadal eriy boshlaydigan, uzoq vaqt davom etadigan yomg‘irlar davri - aprel-iyun oylarida sellar yuzaga kelish faollashuvi kuzatiladi.
SHunga qaramay xozirgi vaqtda respublikada atigi 5 ta sel omborlari faoliyat yuritmoqda.
Markaziy Osiyoda XXI asrda suv manbalarining cheklanganligi sababli vaziyatning keskinlashishi mumkin. Suv manbalari bilan ta’minlanish borasida O‘zbekiston eng noqulay tabiiy sharoitlarda qolgan. Markaziy Osiyo gidrografik tarmog‘i suv manbalari ob’ektlarining notekis taqsimlanishiga ega. Sirdaryo daryosi o‘zani bo‘yicha ko‘p yillik o‘rtacha daryo oqimi yiliga 37,9 km3 tashkil etadi. SHu bilan birga ko‘p yillar davomida o‘rtacha Qirg‘izistonda yiliga 28,0 km(73,8%), O‘zbekistonda - 5,59 km3 (14,8%) va Qozog‘istonda - 4,08 km3 (10,8) daryo resurslari shakllanadi. Amudaryo basseyni bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik resurslar 78 km3 dan ortiqni tashkil etadi, ulardan 62,9 km3 (80% dan ortigi) Tojikiston xududida shakllanadi, O‘zbekistonda esa faqatgina 4,7 km3 (6%) qismi tarkib topadi.
Amudaryo suvlarini burish yo‘li bilan shimoliy Afg‘onistonning daryo bo‘yi xududlariga suv chiqarish loyixasini amalga oshirish qo‘shni mamlakatlar, birinchi navbatda O‘zbekiston va Turkmanistonning xo‘jalik manfaatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, cheklangan suv resurslaridan foydalanish uchun tortishuvlarda vaziyatni keskinlashtiradi.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda cho‘lga aylanish jarayonlari aloxida tashvishli xolatdir. Bu faqatgina cho‘l xududlarining kengayib borishidagina emas, balki biologik maxsuldorlik darajasining o‘zgarishida xam namoyon bo‘lmoqda. CHo‘lga aylanib borish er landshaftining biologik maxsuldorligini pasayishiga olib keladi va buning oqibati sifatida - axolining ekologik noqulayliklariga, o‘simlik va xayvonot dunyosi turlari tuzilmalarining qisqarishiga sabab bo‘ladi. Mana shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Markaziy Osiyoda yangi cho‘llar maydoni deyarli 100 ming km ga ortgan, ba’zi xududlarning maxsuldorligi esa 50% gacha kamaygan.

Download 210.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling