Ekologiya” fanidan


O’zbekiston tuproqlarining holati


Download 25.63 Kb.
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi25.63 Kb.
#1253921
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zoirov Q

O’zbekiston tuproqlarining holati.
O’zbekistonda yer resurslarining 95% qishloq xo’jaligi maqsadlaridan foydalaniladi.
Sug’oriladigan yerlar mavjud yerlarning 15 % tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda O’zbekistondagi
sug’oriladigan yerlarning 50% i sho’rlangan. Kuchli sho’rlangan yerlar ko’proq
Qoraqalpog'iston, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida uchraydi. Bu joylarda gumus miqdori 30-
50%ga kamaygan. Respublikada 2 mln gektardan ko’proq maydonlar eroziya natijasida juda
yomon holatda maydonlar ko’proq Farg’ona, Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlarida
uchraydi. O’zbekiston tuproqlarining pestisidlar bilan ifloslanish darajasi yuqori. Buning asosiy
sabablari uzoq vaqt monokulturaning yana bir xil ekinning eqilishidir. Lekin keyingi yillarda
tuproqlarning holatini bir oz yaxshilashga kuzga tashlanmoqda. Paxta maydonlari qisqarib
almashlab ekish keng qo’llanilmoqda. Mineral ugitlarda foydalanish tartibga solmoqda.
Tuproqlardan oqilona foydalanish maqsadida 1990-yilda “ Yer to’g’risida” gi qonun qabul
qilingan.
Mustaqillikka erishilgandan keyin tuproqlarning holatini qaytatdan qurib chiqish yerdan
olinadigan soliqlarni tartibga solish maqsadida tuproqlarni baxolash ishlari olib borilmoqda. Bu
ishlarda tuproqshunoslik va ekologiya fakultetining ham muhim xissasi qo’shilmoqda.
O’zbekiston suv iste’moli holati

O'zbekistonda aholining faqatgina 40%ga yaqini toza uchimlik suvini iste'mol qilish imkoniyatiga ega. Bular asosаn ba'zi yirik shaharlardagi va baland tog' qishloqlaridagi aholidir. Toza ichimlik suvi yetishmovchiligidan Qaraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy vilioyatlari aholisi eng ko'p jabr ko'rmoqda.. . . O'zbekistondagi qishloq xo'jalik yerlarining 50%dan ortig'i shamol ta'siridagi eroziyaga uchragan. 800 000 gektarga yaqin qishloq xo'jalik maydonlari suv ta'siridagi eroziyaga uchragan. Eroziya natijasida 1 gektar maydondan 80 tonnagacha unumdor tuproq qatlami yo'qotiladi .1,5 mln gektardan ortiq maydonlar ikkilamchi sho'rlanishga uchragan . . .


Toshkent shahri - O'zbekiston Respublikasininng poytaxti, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy markazi hamda Markaziy Osiyodagi eng katta megapolisdir. Toshkent shahrining maydoni 326 kvadrat kilometrni tashkil qiladi; aholisi esa 2,5 million kishidan ortiqdir.


Har qanday megapolisga o'xshab, Toshkent shahridagi asosiy muammolardan biri - chiqindilar muammosidir. Toshkent shahrida yiliga 700 ming tonna atrofida maishiy chiqindilar hosil bo'ladi.

1998-2001 yillarda Toshkent shahrida yiliga 7 ming tonna atrofida sanoat chiqindilari hosil bo'lgan. 2002 yildan boshlab sanoat chiqindilari miqdori keskin ortdi. Bu bir tomondan, korxonalarning iqtisodiy faolligini ortishi bilan, ikkinchi tomondan esa, sanoat chiqindilarini hosil bo'lishi, to'planishi, saqlash va utilizatsiyalashni hisobga olishning yaxshilanishi bilan bog'liq.


20-asrning oxirlariga kelib, Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni yig'ish va tashib ketish bilan bog'liq juda og'ir vaziyat yuzaga keldi. Avvaldan mavjud tartibga ko'ra, bu vazifani o'rta va kichik (1,5-3 tonnali) yuk mashinalari bilan amalga oshirilar, bu esa juda samarasiz edi. Kommunal tizim xodimlarining sa'yi-harakatlariga qaramasdan, qattiq maishiy chiqindilarni yig'ish va tashib ketish muammosi dolzarbligicha qolaverdi. Bu muammo chiqindilarni yig'ish va tashish uchun zarur maxsus mashinalarni yetishmasligiga ham bog'liq edi. Mashinalarning eskiligi va butlovchi qismlarni yetishmasligi sababli hosil bo'layotgan maishiy chiqindilar o'z vaqtida olib ketilmas edi. Shuningdek, chiqindilarni tarkibiga ko'ra ajratib yig'ish va qayta ishlash ham tashkil etilmagan edi. Shaharda hosil bo'lgan chiqindilar Ohangaron, Hasanboy va Zangiota yo'lidagi axlatxonalarga tashlanar edi. Hasanboy va Zangiota yo'lidagi axlatxonalar turar joylarga yaqinligi sababli aholining noroziligiga sabab bo'layotgan edi.



Download 25.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling