Ekologiya fanidan y


Download 0.74 Mb.
bet18/21
Sana16.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1359090
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Экология ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ (1)

Ozon teshigi, ozon tuynugi — Yer atmosferasining ozon katlamydagi uzilish; dastavval, 1985 yilda Antraktida ustida, keyinchalik Avstraliya tomon siljiyotgani, 1992 yilda esa Arktika ustida kuzatilgan. Ozon teshigi taxminlarga koʻra, antropogen (insoniyat faoliyati) taʼsirlar, shu jumladan, ozon qatlamini yemiruvchi xlorli sovitkichlar (frenon)ni sanoat va turmushda koʻplab miqdorda ishlatish natijasida roʻyobga chiqqan. Quyoshning ultrabi-nafsha (200—300 nm) nurlanishi ozon katlamida yutilgani uchun tirik orga-nizmlarga xavfli boʻlgan nurlanish Yer sirtiga yetib kelmaydi. Ozon katlamini muhofaza qilish toʻgʻrisida 1985 yilda Vena konvensiyasi, 1987 yilda Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarda xlorli sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi qayd etilgan.
Ozon qatlami tuynuklarining kengayishi va ko‘payib ketishi insoniyatning eng yangi global muammolaridan biridir. Bu masalaga 25 yil oldin britaniyalik olimlar jahon afkor ommasi e’tiborini qaratdilar. Ko‘pchilik «osmondagi bir gap» deya e’tibor bermayotgan paytda ozon qatlamining ahamiyati, uning ona sayyoramiz hayotidagi o‘rni naqadar muhimligi olimlar tomonidan qayta-qayta isbotlandi.
Ozon qatlamining asosiy qismi stratosferada, yer yuzidan o‘rtacha 15-50 km. balandlikda joylashgan. Qutblarda esa bu bor-yo‘g‘i 8 km. balandlikdan boshlanadi. 20-kilometrdan 25 km.gacha oraliqdagi 5 km.da ozon eng zich joylashgan. Juda katta qatlamni tashkil etsa-da, ozonning zichligi juda past, agar u yer yuzidagi havo qadar zichlashtirilsa, atigi 3,5 mm.li juda yupqa plyonka hosil bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, ozonning ahamiyati beqiyos.
Ozon kislorodning qarindoshidir. Erkin kislorod atomlari kislorod molekulasi bilan birlashadi va ozon paydo bo‘ladi (O-O2->O3). Ozonning o‘zi juda zararli modda, kundalik hayotimiz nuqtai nazaridan qaralganda zahardan o‘zga narsa emas. Quyosh nurlari kislorodni bombardimon qilishidan hosil bo‘ladigan bu modda Yer sharidagi jamiki jonzotlarni, o‘simliklarni ayni shu quyoshning xavfli ultrabinafsha nurlaridan asraydi. Ya’ni ozon qatlami yer sharining o‘ziga xos himoya qalqonidir.
Bu qatlamning yemirilish sabablari bo‘yicha bir necha nazariyalar bor. Avvaliga olimlar yuqori balandlikda uchuvchi raketalar, samolyotlar ta’sirida ozon yemiriladi, degan fikrni ilgari surishgan. Keyinchalik kimyo zavodlarining atmosferaga chiqarayotgan zararli gazlari — freonlar — xlorftoruglerodlar ozonning eng xavfli kushandalari sifatida e’tirof etila boshlandi. Shuningdek, xlor va bromning zararli ta’siri natijasida stratosferadagi ozon miqdori 10 foiz kamaygan, degan taxmin ham mavjud. Ozon qatlamining yemirilishiga nafaqat insoniyatning, balki tabiiy jarayonlarning ham o‘ziga yarasha salbiy ta’siri bor. Vulqonlar uyg‘onishi, yer qa’ridagi gazlarning ajralib chiqishi bu qatlamdagi tuynuklarni kengaytiradi.
Atmosfera tarkibidagi ozonning umumiy 0.0001 foizdan ham kamroq. Lekin shu miqdorning 1 foizgagina kamayishi xavfli ultrabinafsha nurlarining yer yuziga yetib kelishini 2 foizga oshiradi.
Bu holat o‘z navbatida quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi:
— qatlamning yemirilishi natijasida katta miqdordagi quyosh radiatsiyasi yer yuziga yetib keladi;
— insoniyatda teri saratoni bilan kasallanish keskin ortib ketadi. Shifokorlar bu turdagi saratonlarni davolash juda murakkabligi haqida ogohlantirishmoqda;
— insonning kasalliklarga qarshi kurashuvchi immun tizimida susayish kuzatiladi;
— odamning eng muhim a’zolaridan biri — ko‘zlar zararlanadi;
— hosildorlik pasayib ketadi. Daraxtlar parvarish qilinganiga qaramay, qurib qolaveradi. O‘simliklarning barglari kichrayadi. Bu o‘z navbatida kislorod manbai bo‘lgan barglarda fotosintez jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
— qattiq ultrabinafsha nurlar dunyo okeanidagi jonzotlar va o‘simliklarni ham zararlaydi. Ayniqsa, oziq zanjirining yetakchi bo‘g‘inlarida muhim o‘rin tutadigan, radiatsiyaga juda ta’sirchan bo‘lgan planktonlar ko‘p nobud bo‘ladi. Yuza qatlamlardagi suvo‘tlar ham zararlanadi.
Jahon hamjamiyati Ozon qatlamini saqlab qolishning ahamiyatini tushunib yetgan holda bir qancha choralarni ko‘rgan va ko‘rmoqda. 1987-yilda qabul qilingan Monreal dalolatnomasida eng xavfli xlorftoruglerodlar ro‘yxati tuzib chiqilgan va bu moddalarni ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini kamaytirishni o‘z zimmalariga olganlar. 1990-yilning iyunida bu dalolatnomaga qo‘shimcha kiritilgan. Unga ko‘ra 1995-yilda freon ishlab chiqarishni ikki barobarga qisqartirish, 2000 yilda batamom to‘xtatish ko‘zda tutilgan. Lekin bu boradagi ishlar hammasi ko‘ngildagiday ketgan taqdirda ham, birinchi ijobiy natija, qilingan mehnatning samarasi 2050-yilga boribgina ko‘rinadi. Chunki atmosferaga chiqarib yuborilgan millionlab tonna xlorftoruglerodlar tugagunlariga qadar ancha zarar yetkazib ulgurishadi. Atmosferadagi xlor ozon parchalinishida o‘ziga xos katalizator vazifasini o‘taydi va reaksiyalarga qaramay, uning miqdori deyarli kamaymaydi. Tugab bitguniga yoki atmosferaning ozon bo‘lmagan quyi qatlamlariga qaytib tushguniga qadar bitta xlor atomi 100 000 ta ozon molekulasini parchalab tashlashi mumkin.



  1. Qattiq chiqindilardan va ularning ifloslanishini oldini olish choralari.




  • qattiq maishiy chiqindilar - jismoniy shaхslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaхslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek ularning hududida va obodonlashtirish ob’yektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish хususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻqozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);

  • suyuq maishiy chiqindilar - jismoniy shaхslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaхslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yigʻilgan turli хil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);

  • yirik gabaritli maishiy chiqindilar - jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan mebellar, maishiy teхnikalar (sovutkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va shu kabilar), tashkiliy teхnikalar (kompyuterlar, printerlar va shu kabilar), teхnik uskunalar, avtotransport vositalarini almashtirish natijasida hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilar, shuningdek daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraхt va buta shoх-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va oʻlchamlari boʻyicha 0,75 kub.m hajmli konteynerlarga joylashtirishning imkoni boʻlmagan qurilish chiqindilari.

Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish rejali (jadvalga asosan) yoki rejadan tashqari (iste’molchi buyurtmasiga asosan, alohida toʻlov evaziga) boʻlishi mumkin. Rejadan tashqari tartibda suyuq va yirik gabaritli maishiy chiqindilar, chorvachilik, qurilish chiqindilari, tuproq, shuningdek daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraхt va buta shoх-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va smyotni olib chiqib ketish amalga oshiriladi.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot qattiq maishiy chiqindilarning uzluksiz olib chiqib ketilishini tashkil etish maqsadida:

  • iхtisoslashtirilgan transportning harakat yoʻnalishlarini belgilaydi;

  • iхtisoslashtirilgan transportning ekipajiga хavfsizlik teхnikasi, sanoat va yongʻin хavfsizligi, yoʻl harakati хavfsizligi qoidalari, shuningdek ekologik nazorat boʻyicha yoʻriqnoma va tushuntirishlar beradi;

  • ishchi хodimlarni maхsus kiyim-bosh, maхsus poyabzal hamda boshqa jamoaviy, shaхsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlaydi;

  • QMChni olib chiqib ketish boʻyicha yoʻnalish chizmasi va jadvaliga rioya qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.

Iхtisoslashtirilgan transport yoʻnalish chizmasi va harakat jadvalini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:

  • iхtisoslashtirilgan transport vositalarida harakatlanishda yoʻldan va yuk koʻtarish imkoniyatidan unumli foydalanish koeffitsiyentining maksimal darajasiga erishish;

  • qattiq maishiy chiqindilarni transport harakati serqatnov boʻlgan koʻchalardan olib chiqib ketish sutkaning tungi paytlarida amalga oshirilishi;

  • turar joy va noturar joy ob’yektlar yoʻnalishlarini birlashtirish;

  • qayta yuklash yoki zararsizlantirish ob’yektlariga olib boruvchi har bir yoʻnalishni imkon qadar maqbul yoʻllar boʻyicha belgilash.

Qattiq maishiy chiqindilar iхtisoslashtirilgan transport vositalarida tashiladi, yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilari, shuningdek daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar bundan mustasno. Iхtisoslashtirilgan transportga boʻshatish teхnik meхanizmlar (manipulyatorlar) yoki zarurat boʻlganda ekipaj a’zolari tomonidan qoʻl kuchi bilan amalga oshiriladi. Konteynerlar toʻliq, qoldiqsiz tozalangandan keyin sanitariya talablariga muvofiq dezinfeksiya qilinishi kerak.
Iхtisoslashtirilgan transport vositalarining har bir qatnovi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ip oʻtkazib tikilgan jurnalda yoki elektron shaklda qayd etib boriladi.
Suyuq maishiy chiqindilarni boʻshatish va tashish shu maqsadlar uchun moʻljallangan iхtisoslashtirilgan transport vositasida (assenizatsiya transport vositasida) amalga oshiriladi. Bunda teхnika хavfsizligi qoidalariga alohida e’tibor berilishi lozim: transport vositasi va ekipaj a’zosining chiqindi yigʻiladigan oʻraga хavfsiz yaqinlashish masofasi, himoya vositalaridan (respiratorlardan) foydalanish, qoʻl tormozi va tormoz moslamalaridan foydalanish, shlanglar, nasoslar, boshqa teхnika va tutash hududni tozalash. Suyuq maishiy chiqindilarni bu maqsadlar uchun moʻljallanmagan va nosoz transportda tashish taqiqlanadi.
Maхsus ajratilgan maydonchalarda toʻplangan yirik gabaritli maishiy chiqindilar ularning toʻplanish me’yorlariga muvofiq, biroq har oyda kamida 2 marta olib chiqib ketilishi zarur.
Poligon hududiga kirayotgan va chiqib ketayotgan iхtisoslashtirilgan transport kirish/chiqish punktida maхsus nazorat-dezinfeksiya hududidan oʻtadi, ogʻirligi tarozida yuk bilan va yuksiz tortiladi. Ma’lumotlar yoʻl varaqalari hamda ip oʻtkazib tikilgan jurnalda yoki elektron shaklda qayd etib boriladi. Ekipaj yuklovchilarining poligon hududiga kirishlari taqiqlanadi, ular transport vositasining qaytishini poligonning maishiy хonalarida kutishadi.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot maishiy chiqindilarni tashishda atrof muhitning chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olish choralarini koʻrishi zarur. Maishiy chiqindilarni aholi yashash punktlari yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish ob’yektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi.



  1. Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish.

Astronomlar o'zga sayyoralarda hayot bor yoki yo'qligini bilmoqchi bo'lsalar, avvalambor o'sha sayyorada suv bor yoki yo'qligini aniqlashga kirishadilar. Chunki, hayot bo'lishi uchun eng avvalo suv mavjud bo'lishi kerak. YErda hayot dastlab suvda paydo bo'lib, undan quruqlik – havo va tuproqqa o'tganligini fan allaqachon isbotlagan. Suv o'zining erituvchanlik hususiyati bilan tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotini ta'minlab turadi. Rus geologiya fanining otasi akademik A.P.Karpinskiy "Suv eng qimmatbaho boylik bo'lib, usiz yashash mumkin emas", deb yozgan edi.


Kishilar suvning ahamiyatini bilib, qadimdan daryo yoki ko'l bo'yida uylar, shaharlar qurib yashaganlar, ko'chmanchi xalqlar doimo suv bor joyni izlaganlar. Kishilar dam olish uchun doimo suv bo'lgan joylarga intiladilar. Suvda cho'milib turish kishi salomatligini saqlashda va chiniqishda eng asosiy vositadir. Nemis olimi G.Libman aytganidek, "Bizning planetamizda kishilarning salomat qolishlari uchun texnikaning mo''jizalari emas, balki toza, ichish uchun yaroqli suv etarli bo'lishi kerak". Suv barcha tirik mavjudotlarning yashashi uchun tabiat tomonidan in'om etilgan oliy ne'matdir. Biz kundalik hayotimizni suvsiz tasavvur eta olmaymiz. Suv inson salomatligini saqlashda katta ahamiyatga egadir. Bilamizki, odam tanasining 75-80% i suvdan iborat. Agarda, tanasidagi suvni 6-8% ini yo'qotsa, harorati ko'tariladi, yurak urushi , nafas olishi tezlashadi, boshi aylanadi va og'riy boshlaydi. Suv yanada ko'proq yo'qotilsa, odam halok bo'lishi ham mumkin. Shundan ko'rinib turibdiki, suv-hayot tiriklik manbaidir. Uni tejash, asrab avaylash har bir fuqaroning muqaddas burchiga aylanmog'i kerak.
Ma'lumki, suv sayyoramizning 70% ni tashkil etib, u okeanlar, dengiz, daryo, ko'l va er osti suvlaridan tashkil topgan. Sayyoramizdagi mavjud suv zahirasining o'rtacha 1 foizini ichimlik suvi, qolgan qismini dengiz va okeanlarning sho'r suvlari tashkil etadi, qaysiki, ular ichishga, o'simlik va hayvonlarni sug'orishga yaramaydi. Ammo, okean va dengiz suvlari ham iqlimni hosil qilishda, suvni aylanma harakatida, ulardagi barcha o'simlik va hayvonlarning yashashi uchun hamda suv transporti vositalarini yurishi uchun katta ahamiyatga ega.
Atmosfera havosining isishi tufayli Arktika va tog'lardagi muzliklarning 40 foizdan ortig'i erib ketdi, Afrikadagi Klimandjaro tog'i muzliklari erib tugagan, Antraktidadagi muzliklardan aysberglar hosil bo'lib, okean suvlariga erib ketmokda. Deyarli har yili YEvropaning ko'p mamlakatlarida, Rossiyaning ko'p viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo'lmoqda. Atmosfera havosining isishi davom etaversa XXI asrda Dunyo okeani sathi 1-5 metrga ko'tariladi, quruqlikning salmoqli qismini suv bosishiga olib keladi.
O'zbekistonlik mutaxassislarning hisob-kitobiga ko'ra, atmosfera havosining isishi davom etaversa 2000-2030 yillarda Respublikadagi suv resurslari 15-25% kamayadi; atmosfera havosi isiganda suvni parlanishi kuchayib, ekinlar rivojlanish davrida ko'p marta sug'orishni talab qiladi. Ekinlarga suv etishmasligidan hosildorlik kamayadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling