Ekologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 0.84 Mb.
|
Ekologiya fanining predmeti va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Ekologiya fanining vazifalari uning ma'nosi singari keng bo`lib, Yer yuzidagi tiriklik jarayonlarining qanday kechayotganligini o`rganib borish, fan va texnika rivojlangan hozirgi sharoitda industrial jamiyat kishisining tabiatga ta'sirini o`rganish va uni boshqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun ekologik meyorlashtirish tizimini yaratish zarur. Ekologik meyorlashtirish-bu atrof muhitga antropogen ta'sirning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lib meyorini belgilashdir. Mazkur nazariyani rus olimi S. Shvarts ishlab chiqib, qo`llash uchun taklif qilgan. Ekologik meyorlashtirilishning yo`lga qo`yilishi yashash muhitidagi tabiiy muvozanatni saqlab qolib, inson uchun noqulay ekologik vaziyat vujudga kelishining oldini oladi.Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi Ekologiya garchi biologiya fanidan kelib chiqqan bo`lsada, u nafaqat biologik fanlar bilan balkim juda ko`p nobiologik fanlar bilan ham uzviy bog`liq. Bunday fanlar qatoriga falsafa, tibbiyot, matematika, tarix, fizika, iqtisodiyot, geografiya, iqlimshunoslik, kimyo, xuquqshunoslik, konchilik va hokazolarni kiritish mumkin. Buni quyidagi bir necha aniq misollarda ko`rish mumkin: 1. falsafa fanlari bilan aloqasi – tabiatdagi barcha borliqning o`zaro dialektik bog`liqligi, bir-biriga ta'siri asosida tabiiy muvozanatning saqlanishini o`rganish; 2. matematika bilan aloqasi – ekologiyani matematik modellashtirish asosida «yirtqich-o`lja» hamda «parazit-xo`jayin» munosabatlarini o`rganish; 3. fizika bilan aloqasi – quyosh energiyasi, elektromagnit va tovush to`lqinlari, radioaktiv nurlanish, issiqlik rejimi va boshqalarning organizmlarga ta'sirini o`rganish; 4. iqtisodiyot bilan aloqasi – tabiiy resurslardan va unumli foydalanish asosida iktisodiy foyda ko`rish va ayni vaqtda muhitning ekologik vaziyatini qulay holda saqlashni o`rganish; 5. kimyo fani bilan aloqasi – organiq va mineral moddalarning tabiatda aylanishini o`rganish;Tabiat biz tasavvur etgandan ko`ra ancha murakkabdir. Shunga ko`ra ekologiyaning birinchi qonunini quyidagicha ifodalash mumkin: «Tabiatda inson nimaiki ish qilmasin, ularning barchasi unda ko`pincha oldinda bilib bo`lmaydigan u yoki bu oqibatlarni keltirib chiqaradi». Kelib chiqadigan oqibatlar zararli bo`lmasligi uchun u o`z faoliyatini ekologik tahlil qila olishi zarur. Buning uchun esa turli fanlar bilimidan foydalanishi zarur bo`ladi. Shunday qilib, ekologiyani tabiiy resurslardan foydalanishning nazariy asosi deyish mumkin.Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling