Ekologiya nazorati va ekologik ekspertizasining huquqiy holati
Kuzatish - atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni o`rganish va ma'lumotlarni to`plash; Umumlashtirish
Download 69 Kb.
|
EKOLOGIYA NAZORATI VA O`ZIGA XOS XUSUSIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ogohlantirish, cheklash va to`xtatish
Kuzatish - atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni o`rganish va ma'lumotlarni to`plash;
Umumlashtirish - atrof tabiiy muhit holatiga zararli va xavfli ta'sirlarni aniqlash, tahlil qilish asosida ma'lumotlarni tasniflash. Baholash - antropogen faoliyat ishlarining zararli, xavfli va noqonuniyligini aniqlash. Ruxsatnoma berish - yuridik va jismoniy shaxslarga yer, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosidan foydalanish uchun litsenziya berish; Ogohlantirish, cheklash va to`xtatish - ekologik xavfli va zararli xo`jalik va boshqa faoliyatni cheklash, vaqtincha to`xtatib qo`yish va bekor qilish; Javobgarlikka tortish - ekologik qoida-talablarni buzgan, yuridik va jismoniy shaxalarga nisbatan ma'muriy-huququqiy javobgarlik choralarini qo`llash. 2 . Ekologiya nazoratining tizimi.O`zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi qonunining 29-moddasiga asosan ekologiya nazorati tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: Atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish davlat xizmati; Davlat ekologiya nazorati; Idoraviy ekologiya nazorati; Ishlab chiqarish ekologiya nazorati; Jamoatchilik ekologiya nazorati.1 Ekologiya nazorati tizimida Atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish davlat xizmati muhim ahamiyatga ega bo`lib, tabiatda bo`ladigan fizikaviy, kimyoviy biologik, gidrologik, seysmologik va boshqa o`zgarishlarni kuzatish, ma'lumot to`plash, yer, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosi hamda aholi hayoti va sog`lig`iga xavfli va zararli ta'sir etuvchi omillarni o`rganish, atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni davlat organlari va keng aholi qatlamlariga yetkazish kabi faoliyatini o`z ichiga oladi. Atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish davlat xizmatining asosiy yo`nalishlarini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya hizmati markazi amalga oshiradi. Atrof muhitda ro`y berayotgan tabiiy-ekologik jarayonlarni kuzatib borish bilan bir qatorda har bir tabiiy resurslarning holatiga ta'sir etuvchi tabiiy va antropogen omillarning hisobini yuritish, xalq xo`jaligining turli sohalarida yer, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi va yer osti boyliklaridan oqilona foydalanishni ta'minlashda tabiiy resurslar kadastrini yuritish ham ushbu xizmatning asosiy yo`nalishlaridan biri sifatida qarashimiz mumkin. Bundan tashqari, har bir tabiiy resurs bo`yicha alohida kadastr xizmati tegishli maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirib, tabiiy resurslarning holati va ularda bo`ladigan o`zgarishlar haqidagi ma'lumotlarni to`plab, iqtisodiyotning barcha jabhalarida tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta'minlashga xizmat qiladi. Ekologik nazorati tizimida davlat ekologiya nazorati markaziy o`rinni egallaydi. Davlat ekologiya nazorati – atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo`mitalari, idoralar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi yuzasidan maxsus vakolatli organlarning tekshirish va choralarni ko`rish bilan bog`liq faoliyatini o`z ichiga oladi. O`zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi qonunning 31-moddasida: “Tabiatni muhofaza qilish sohasida” gi davlat nazorati, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, maxsus vakolatli davlat tabiatni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Quyidagilar: O`zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi; O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi; Yer resurslar, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi; O`zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi; O`zbekiston Respublikasining sanoatda, konchilikda va kommunal - maishiy sektorda ishlarni behatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiysi maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi.2 Ekologiya nazoratining navbatdagi turi - ekologiya sohasida idoraviy nazorat hisoblanadi. Ekologiya sohasida idoraviy nazorat respublikamizdagi faoliyati tabiiy resurslardan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq barcha vazirlik, davlat qo`mitalari, idoralari tizimi doirasida olib boriladi. Barcha vazirlik, davlat qo`mita va idoralarda ushbu faoliyat bilan maxsus shug`ullanuvchi ekologiya xizmati tuzilmalari mavjud bo`lib, tegishli vazirlik ichki tizimi doirasida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish jarayonining ekologik qoida-talablariga mosligini kuzatish, tekshirish, chora-tadbirlarni belgilashdan iboratdir. Ekologiya sohasida ishlab chiqarish nazorati ham idoraviy nazorat bilan chambarchas bog`liq bo`lib, ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini olib borayotgan korxona, muassasa, tashkilotlarda olib boriladi. O`zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi qonunning 32-moddasiga asosan, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ekologiya xizmati amalga oshiradi va tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tiklash, atrof tabiiy muhitni sog`lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarning talablar bajarilishi yuzasidan dasturlar hmda ayrim tadbirlar ijrosini, tekshirish maqsadini ko`zlaydi.3 Ekologiya sohasidagi jamoat nazorati jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari, siyosiy partiyalar, turli uyushma va jamiyatlar, fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi. Jamoat tashkilotlari tomonidan olib borilgan tekshirish natijalari tavsiya ahamiyatiga ega bo`lib, davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilishi mumkin. Demak, Ekologiya nazorati murakkab tizimdan iborat bo`lib, ekologik qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ekologik xavfsizlikni ta'minlshga xizmat qiladi. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling