Ekologiya seminar 7 228-guruh Asadbek Tursunboyev Aqliy hujum savollari
Download 182.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Asadbek Turunboyev seminar 7
3.Kimyoviy omillar.
Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli ifloslanmoqda. Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi neft pardasi bilan qoplanganganligini korsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul qilib olishiga tosqinlik qiladi, suvning buglanishini va kislorod bilan toyinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng kop iflos ifloslangan. Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yonginlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO2) salmogining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritondan: "Dahshatli termoyadro qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yo`q qilib yuborish xavfini tugdirmaydimi?” – deb soraganlarida, u: "Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro qurollari emas, balki "issiqxona samarasi” katta xavf tugdiradi, yani iqlimning global miqyosda isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talafot xavfini keltiradi”, - deb javob bergandi. Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, qorgoshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. Oz navbatida, bu iqlimning ozgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland toglardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin. Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qoymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora kop chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, songgi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi. Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat ortasidagi munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bogliq.
Demak, insoniyat oldida tabiatga "Siz” deb munosabatda bolish vazifasi turadi. Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yollarini izlash va bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi. Atrof-muhitni himoya qilishning qator samarali yollari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi – atrof-muhitni ifloslaydigan korxonalarda bunga yol bermaslik choralarini korishdir. Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilgilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yollardan foydalanish lozim. Ikkinchi yol – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir. Uchinchi yol – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng kop ifloslaydigan sanoat tarmoqlari qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza-qogoz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. Songgi davrlarda dunyoning kopchilik yetakchi induatrial mamlakatlarida bunday "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam ozlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylashtirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik yillarida Ozbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi. Songgi yillarda bunyod etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qongirot soda va Shortan gaz-kimyo sanoat markazlari keng yaydoq chol hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi.
Download 182.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling