Ekologiya seminar 7 228-guruh Asadbek Tursunboyev Aqliy hujum savollari
O'zbekistonfa atrof muhitga anttopogen, tabiiy va texnogen ta'sirlarni oldini
Download 182.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Asadbek Turunboyev seminar 7
O'zbekistonfa atrof muhitga anttopogen, tabiiy va texnogen ta'sirlarni oldini
oloshga qaratilgan chora -tadbirlar: 1. O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab atrof tabiiy muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan yangi ishga tushiriladigan xo‘jalik subyektlarining atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlari) majburiy tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari hisobidan o‘rnatiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi sohasida barcha vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi: Idoraviy tahlil laboratoriyalarining moddiy-texnik jihozlanishini tubdan yaxshilash, shuningdek, ularni atrof tabiiy muhit davlat monitoringini amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan kimyoviy reaktivlar, sinov gazlari, prekursorlar va boshqa sarflash materiallari bilan markazlashtirilgan tartibda ta’minlash bo‘yicha kelishilgan takliflarni uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar; O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda respublika va viloyat darajasidagi barcha idoraviy tahlil laboratoriyalari akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: atrof tabiiy muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan mavjud xo‘jalik subyektlarini atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlari) bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari hisobidan bosqichma- bosqich jihozlash bo‘yicha takliflarni 2020-yil 1-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini; Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi 2021-yil 1-yanvarda to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar va donor mamlakatlar mablag‘larini jalb etish hisobidan 2021-yil 1- dekabrida respublikada atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilishini ta’minlasin. 7. Vazirlar Mahkamasining “2016 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 23- avgustdagi 273-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Download 182.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling