Ekologiya va atrof -muhit muhofazasi


Davlat reyestriga kiritilgan kuzgi bug’doy navlari tavsifi


Download 279.65 Kb.
bet6/16
Sana20.11.2023
Hajmi279.65 Kb.
#1787209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
hayitali 1 (3) so\'ngiiiSIi

1.4. Davlat reyestriga kiritilgan kuzgi bug’doy navlari tavsifi
O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti (“Don” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi) ning seleksion navi.
Mualliflar: Kovalev A. I, G’aybullayev S. G’, Xaytboyev A, Kovalev Yu. A, Eshmirzayev K. E, Udachin R. A, Shaxmedov I.Sh 1996 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Grekum turiga mansub. Biologik kuzgi. Boshog’i prizmasimon, o’rtacha uzunlikda va zichlikda. Qiltig’i tarqoq, oq dag’al. Doni o’rtacha kattalikda oq, dumaloq silindrsimon, sayoz ariqchali. 1000 ta donining vazni 42,5 g.
Vegetasiya davri o’rtacha 228 kun, qishga chidamli. Donlarning to’kilishiga va yotib qolishga bardoshli. Qishloq xo’jalik kasalliklari va hashoratlari bilan avvalgi sinov yillari kuchsiz darajada zararlandi, lekin qorakuya bilan kuchli darajada zararlanishga moyil. Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining malumotiga ko’ra, navning non yopish va texnologik sifati yomon emas 3,0 ball. Oqsil miqdori (protein) 11,2-13,7 %, kleykovinasi-24,0-31,0% IDK 85-95yed.
Tezpishar. O’zbekiston "Don" IIChB da Bezostaya-1 x Grekum 646 navlarini chatishtirish va duragaylarni tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Katkova R.O, Beknazarov N.B, Mamirov N.M, Amanov M.A, Pokrovskiy N.V. 1980 yildan Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarining lalmikor yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Eritrospermum turiga mansub. Duvarak (biologik kuzgi). Boshog’i qiltiqli, oq, to’qsiz, shakli silindrsimon, uzunligi 8-10 sm, tig’iz, qiltig’i dag’al, tarqoq. Qo’ng’ir zang va chang qorakuya kasalliklariga chidamli, sariq zang va qattiq qorakuya kasalligiga o’rtacha chidamli. Doni qizil, 1000 don vazni 36,3-40,7 g, naturasi – 815 g/l. Sovuqqa chidamli. Tezpishar, vegetasiya davri erta bahorda o’nib chiqqanda143 dan 177kungacha. Yotib qolish va to’kilishga bardoshli. Qishga va qurg’oqchilikka chidamli 5,0 ball.
Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining malumotiga ko’ra, navning non yopish va texnologik o’rtacha 2,0ball. Oqsil miqdori (protein) 9,1 %, kleykovinasi-27,0%, IDK-100-110yed.

Download 279.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling