Ekologiya va atrof -muhit muhofazasi


Download 279.65 Kb.
bet9/16
Sana20.11.2023
Hajmi279.65 Kb.
#1787209
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
hayitali 1 (3) so\'ngiiiSIi

Unumli bug’doy. Sobiq Butun ittifoq o’simlikshunoslik institutining O’rta Osiyo tajrtba stansiyasida (O’simlikshunoslik ilmiy tekshirish instituti) (K- 45930) namunasidan yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Udachin R.A, Shaxmedov I.Sh, Tarakanov S.G, Xusishvili G.A, Dorofeyev V.F.
1983 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Eritroleukon turiga mansub. Biologik bahorgi. Boshog’i silindrsimon shaklda yirik, zich emas.
Boshoq qiltig’i lansetsimon, aniq tomirlangan. Doni yirik, bochkasimon, sayoz ariqchali. 1000 ta donining vazni 40,6-43,4 ggacha.
Nav ertapishar. Vegetasiya davri 204-225 kungacha, respublikaning janubida 165 kunda pishadi. Donlarning to’kilishiga va yotib qolishga bardoshli, qurg’oqchilikka chidamliligi 5,0 ball.
Navning non yopish va texnologik sifati qoniqarli 3,0 ball. Oqsil miqdori (protein) 11,3%, kleykovinasi-26,0%, IDK 100-110yed.
Surxak-5688. Tojikiston qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish instituti seleksion navi. Tojikistonning Kulob tumanidagi mahalliy Surxak navidan yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Muallif: Suxobrus I.G. 1942 yildan Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarining lalmikor yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Eritrospermum turiga mansub. Duvarak (biologik bahori). Boshog’i qiltiqli, oq, tuksiz.
Doni yirik, qizil, tuxumsimon.1000 ta donining vazni 37,2-43,5 ggacha. Vegetasiya davri kuzda ekilganda 174- 180kun. Bahorda ekilganda 80 kun.
Yotib qolishga chidamliligi 4,3 ball, to’kilishga bardoshli. Qurg’oqchilikka chidamli 5,0 ball.
Navning texnologik va non yopish sifati o’rtacha 3,0 ball. Oqsil miqdori (protein) 8,5-11,3%, kleykovinasi-22,5-26,0%, IDK-105yed.
Oq bug’doy (Grekum 40). O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti ("Don" IIChB) da Qizil Sharq x Verld Sidz 1877 duragay kombinasiyasidan yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Beknazarov N.B, Mamirov N.M, Katkova R.O, Axmedjanova D.A, Amanov A.A, Yusupov B.1993 yildan Jizzax, Samarqand viloyatlarining lalmikor yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Grekum turiga mansub. Duvarak. Biologik bahori. Boshog’i urchuqsimon, oq rangli, o’rtacha uzunlikda va uzunlikda. Doni dumaloq-chuzunchoq, oq, ariqchasi sayoz.1000 ta donining vazni 38,5-45,0 ggacha.
Nav o’rtapishar, vegetasiya davri o’rtacha 190-200 kungacha. Yotib qolish va to’kilishga chidamliligi 5,0 ball. Qishga va qurg’oqchilikka chidamli 5,0 ball.
Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining malumotiga ko’ra, navning non yopish va texnologik sifati yomon emas 3,0-4,0 ball.
Oqsil miqdori (protein) -9,8 %, kleykovinasi-25,0%, IDK-90-100yed.

Download 279.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling